«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

2. Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli
Boshqarishning bu usuli yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va
ma’muriyatga asoslanadi.
Bozor iqtisodig‘ti qonunlari, huquqiy hujjat tamoyillarining bajarilishini
hisobga oluvchi va boshqaruv ob’ektiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan uslublar tizimi
tashkiliy-taqsimlovchi usullardir.
Tashkiliy-ma’muriy ta’sir ko‘rsatish boshqariluvning aniq boshqarilag‘tgan
ob’ektiga g‘ki shaxslarga qaratilgan majburiy tavsifidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy
ko‘rsatmalardir. Boshqacha aytganda, korxonaning rahbari o‘ziga bo‘ysunuvchi
kasaba uyushmasi rahbariga, kasaba uyushmasi rahbarlari shu kasaba uyushmasidagi


ishlab chiqarish bo‘limlarining ustalariga bevosita bajarilish zarur bo‘lgan
ko‘rsatmalarni berishi mumkin va ko‘rsatmalar bajarilishi lozim.
Bunday ko‘rsatmalar jumlasiga mahsulot turlarini rejaga asosan bir me’g‘rda
ishlab chiqarishni yuqori darajada tashkil qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat
me’g‘rlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqa
tez hal qilinadigan masalalar to‘g‘risida ko‘rsatmalar kiradi.
Nima sababdan boshqaruvning ma’muriy-farmoyish usullari ma’muriy shakllar
bilan qo‘shib olib boriladi. Bu ko‘p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquqni
qo‘llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin,
«boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy boshqaruv usuli»
tushunchasidan bir qadar kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvning
turli darajalariga turli ko‘lamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni o‘rganish
masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni
ta’minlaydilar, tashkiliy tizim, boshqaruvning har bir bo‘g‘ini vazifalarini belgilab
beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi va joy-
joyiga qo‘yadi va h.k. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari ularning ishlab
chiqaruvchilarga ta’sir etish manbalari va yo‘nalishalri bo‘yicha turlarga ajratiladi.
Bunga bog‘liq holda ta’sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruhga
bo‘linadi: tashkiliy barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom.
Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maqsadi
hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni vazifa, majburiyat,
javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o‘rnatish va h.k. Ma’muriy ta’sirning
tashkiliy shakllarining ikki: tashkiliy reglamentlash va tashkiliy me’g‘rlash turlari
mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladiga
tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv
chegaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib
lavozimlar haqida Nizomni ko‘rsatish mumkin. Tashkiliy me’g‘rlash hujjatlari
vositasida xom-ashg‘, materiallar sarfini me’g‘rlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga


mehnat sarfi, ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, texnikaviy va texnologik
me’g‘rlar(standartlar, me’g‘rlar, qayta ishlov berish usuli, tartibi va o‘.k.) ishlab
chiqarishini tashkil etish me’g‘rlari.
Ta’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko‘zda tutilmagan
mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida
qo‘llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq
harakati, boshqaruvning barcha bo‘linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab
berishdan iborat. Ta’sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, ko‘rsatma va
boshqa me’riy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling