«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

5. Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar
Bozor iqtisodig‘tiga o‘tish qabul qilinag‘tgan boshqaruv qarorlarini
ta’qiqlamaydi, aksincha uning sifatli bo‘lishini talab qiladi. Uning samarali bo‘lishi
bir nechta omillarga bog‘liq.


1) rahbarning shaxsiy sifati;
2) qaror qabul qilishda axborot ta’minoti;
3) tashkiliy ko‘rinishdagi omillar (qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb
etish, qaror qabul qilish tizimi va shakllari, qarorlarni ijrochiga etkazish, nazorat
tizimi);
4) texnik omillar;
5) qaror qabul qilish va amalga oshirishdagi vaqtinchalik omillar.
Ana shulardan kelib chiqib boshqaruv qarorlariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
1. Qabul qilingan qarorda demokratiya va oshkoralik;
2. Qarorning ilmiy asoslari;
3. Farmoyishning qonuniy birligi;
4. Qarordagi aniq yo‘nalish;
5. Vaqt bo‘yicha aniqlik va qisqalik;
6. Qabul qilingan qaror tezkorligi;
7. Aniq kelishilganlik va va qarama-qarshiliklar yo‘qligi;
8. Bozor iqtisodig‘tining shakllanishi qabul qilingan qarorlarga o‘z talablarini
qo‘yadi.
6. Qabul qilingan qarorni bajarish tartibi
Qabul qilingan qarorni rasmiylashtirish, buyruq, farmoyish g‘ki reja tuzish bilan
boshlanadi. Qaror nafaqat kim, qachon, qanday muddatda nima qiladi kabi savollarga
javob, balki ayni bir alohida ishlar qaysi muddatda, qanday usullar bilan bajariladi,
qarorni bajarish uchun nazoratning qanday shakllaridan foydalaniladi kabi vazifalarni
o‘z ichiga oladi.
Murakkab qarorlar qabul qilingan hollarda qabul qilingan qarorni bajarish
rejasini tuzish maqsadga muvofiq. Mazkur rejada butun ish hajmini vaqt va ob’ekt
bo‘yicha taqsimoti, ijrochilar malakasi, tashkilotchilik qobiliyati ko‘zda tutiladi.


7. Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik
Unumdorlikni oshirishda boshqaruvni to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga
ega. Tashkil etish jarag‘ni rahbariyat mehnat resurslari, materiallar, texnologiya,
axborot va kishilarni qo‘yilgan maqsadga erishish uchun birlashtiruvchi vositadir.
Boshqaruvni samarali tashkil etish natijasida (ya’ni, tashkiliy jarag‘nlar
sozlanganligi) resurslardan maqbul foydalanish, ijrochilar majburiyatini taqsimlashda
tushunmovchilik natijasida mehnat unumdorligi pasayishini kamaytirish, bo‘linmalar
o‘zaro ta’siri buzilishiga chek qo‘yishni ta’minlaydi. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan
tashkiliy jarag‘nlar mehnat unumdorligi ortishiga imkon beradi.
Unumdorlik boshqaruvining boshqaruv texnologiyasi, boshqaruv ishini
loyihalashtirish va boshqaruv tashkiliy tizimi kabi unsurlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Boshqaruvning samarali texnologiyasi mehnat unumdorligiga eng ko‘p ta’sir
ko‘rsatuvchi omildir. Hozirgi paytda avtomatlashgan zavodlar, robot texnikasi,
loyihalashtirishning avtomatlashgan tizimini qo‘llovchi amerikalik va YAponiya
ishlab chikaruvchilari bozorning katta qismini egallab olmoqdalar, chunki yuqori
sifatli mahsulotni raqobatdoshlariga nisbatan arzon narxda sotadilar.
Boshqaruvning tashkiliy tarkibi rahbariyat va barcha darajada unga
bo‘ysunuvchi hamda korxonaning asosiy tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatni belgilaydi. Tarkib unumdorlikga ma’muriy-boshqaruv soniga bo‘lgan
nisbati orqali bevosita ta’sir etadi. Agar korxona o‘z faoliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmay boshqaruvchilar sonini qisqartirsa, unumdorlik yuqori bo‘ladi. Tashkilot
tarkibi uncha yaqqol namog‘n bo‘lmaydigan yo‘l bilan ham unumdorlikka ta’sir
qiladi. Masalan, mutaxassis va olimlar yuqoridan qat’iy berilgan buyruqqa salbiy
munosabatda bo‘ladilar. Bunda ular o‘z mehnati natijasidan qoniqmaydilar va ular
mehnati uncha unumli bo‘lmaydi. Ijodiy g‘ndashuvni talab etuvchi tarkibga ega
tashkilotlar raqobat kurashida kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Jahon bozoriga
o‘z vaqtida masalan, zamonaviy kompyuter bilan ish olib borish bu daromadlarni


keskin ko‘paytirish va unumdorlikni oshirish demakdir. Kichik korxona ba’zan yirik
korxonaga nisbatan samaraliroq bo‘ladi. Korxona samarali ishlashi uchun biror
vazifani bajarish biror aniq kishi g‘ki bo‘linmaga topshirilishi va unga mos
vakolatlar berilishi lozimligi tajribadan ma’lum. Unumdorlikni javob beruvchi biror
shaxs g‘ki guruhga berilgan vakolat doirasiga mablag‘larni sarf qilish huquqi ham
kirishi kerak.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling