«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. Iqtisodiy boshqaruv usullarining qanday yutuq va kamchiliklarini Siz tasavvur
etasiz?
2. Boshqarishning iqtisodiy usulining afzalliklari nimalardan iborat?
3. Tashkiliy-farmoyish(ma’muriy) usullarning mohiyati nima?
4. Tashkiliy-farmoyish usulining dastaklari nimalardan iborat?
5. Boshqarishning ijtimoiy-psixologik usuli qaysi hollarda qo‘llaniladi?
6. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va uning turlanishi?
7. Boshqaruv qarorlariga talablar qanday?
8. Qabul qilingan qarorlarni bajarish tartibi qanday?
9. Boshqaruv samaradorligi deganda nima tushuniladi?
10.Boshqaruv samaradorligining qanday turlari Sizga ma’lum?
11.Iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik nima?
12. Boshqaruvning tashkiliy strukturasi nima?
13. Boshqaruv bo‘g‘ini va bosqichlari to‘g‘risida so‘zlang.
14. Korxonada samarali boshqaruv deganda nimani tushunasiz?
15. Chiziqli (pog‘onali) tuzilmaning mohiyati nimada?
16 .Chiziqli-shtabli tuzilma nima?
17. Funksional tuzilmaning o‘ziga xos xususiyati nimada?
18. Dasturli-maqsadli tuzilmaning mohiyati nimada?
19. Matritsali tuzilma nima?


20. Boshqaruv tuzilmalarining o‘zaro farqi nimada?
21. Rahbarning boshqaruv uslubi deganda nimani tushunasiz?
22. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda rahbarlikning qanday boshqaruv
uslublaridan foydalaniladi?
6-MAVZU. PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARINI TASHKIL ETISH
ASOSLARI.
1-ma’ruza mashg‘uloti
O‘zbekistonda engil sanoatiqtisodiyotining muhim tarmohi hisoblanib, uning
bozorida o‘ziga xos marketing muhiti shakllangan. Respublikada to‘qimachilik, ip
yigirish,ttikuvchilik, trikataj poyabzal va ipakchilik sohalarida 10 mingga yaqin yirik
va kichik korxonalar, shuningdek, 400dan ortiq qo‘shima korxonalar samarali
faoliyat yuritmoqda. Tarmoqda 150 ming kishi ish bilan band. Biroq O‘zbekistonning
jaxon to‘qimachilik va kiyim eksportidagi ulushi esa atigi 0,3 foizni tashkil etmoqda.
Engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning barqaror ustunlik
qilishi, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jaxon
bozorlarida munosib raqobatlasha oladigan milliy brendlarni shakllantirish etarli
darajada emasligi korxonalar raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermiyobdi.
Ushbu holatlar tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalar raqobatbardoshligini
marketing strotegiyalavri asosida oshirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. 2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha harakatlar strotegiyasida “prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya
turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichkii va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning
raqobatbardoshligini ta’minlash” bo‘yicha muhimvazifalar belgilab berilgan. Mazkur
vazifalarning samarali boshqarilishi engil sanoati korxonalari raqobatbardoshligini
marketing strotegiyalari asosida oshirish borasidagi ishlarni jadallashtirishni talab
etadi.


Jahon amaliyotida engil sanoat korxonalari raqobotbardoshligini marketing
strotegiyalari asosida oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar jumladan, korxonalarda
innovatsion marketing tizimini joriy etish, bozor tadqiqotlarini samarali tashkil tetish,
to‘qimvchilik va moda kompaniyalari uchun sasarali marketing strotegiyalarini ishlab
chiqarish. Engil sanoat klasterlarini shakllantirish, elektron savdo tizimini halqaro
darajaja yo‘lga qo‘yish, milliy brendlarning jaxondagi nufuzini oshirishning ilmiy-
uslubiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqish
bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strotegiyalari asosida
oshirishga qaratilgan uslubiy yondashuv o‘zaro munosabatlarga asoslangan klaster
usulidan foydalanish vositasida takomillashtirilgan. ”Namangan tekstil klasteri”
shaklida engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish modeli ishlab chiqildi.
Engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida
oshirishga qaratilgan o‘zaro munosabatlarga asoslangan klaster usulidan foydalanish
vositasida takomillashtirilgan uslubiy yondashuv “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik
jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekengilsanoat” AJning 2017 yil 4 dekabrdagi
DM-160-son ma’lumotnomasi). “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining
2017-2019 yillarga mщljallangan biznes maqsadlarini belgilash va viloyatlarda
paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi xukumat
qarori loyihalarini tayyorlashda muayyan darajada hizmat qilgan.
Engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini baholashning korxonaning
integral ko‘rsatkichlari( ishlab chiqarish. Marketing, moliyaviy, boshqaruv, logistik
va innovatsion faoliyatlari samaradorligi) va bozor muhitiga moslashishiga ko‘ra
takomillashtirilgan usuli “O‘zbekengilsanoat” AJning faoliyatiga qo‘llanilgan
(“O‘zbekengilsanoat” AJning 2017 yil 4 dekabrdagi DM-160-son ma’lumotnomasi).
Mazkur ilmiy ish Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan “YUksalish” va”Saodat
sanoat servis” ma’suliyati cheklangan jamiyatlar amaliyotida foydalanib, mazkur
korxonalarning 2017 yildagi rentabellik ko‘rsatkichlarini 2016 yilga nisbatan


oshirilishiga hamda 48 ming AQSHdollari miqdorida qo‘shimcha mahsulot eksport
qilinishiga erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasida Namangan viloyati engil sanoati eng rivojlangan
hududlardan biri hisoblanadi. Viloyatda engil sanoatni klaster modeli asosida
rivojlantirish imkoniyatlarini ushbu xududda shakllangan raqobat muhiti va ularga
korxonalarning moslashuvchanlik holatiga ko‘ra aniqlash maqsadga muvofiq. Bu
jarayonda raqobat muhitining shakllantiruvchi omillar tizimini shakllantirish va
ularning ichki bog‘lanishi, tarkibiy elementlarning o‘zora ta’siri va munosabati
aniqlanadi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling