«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda biznes


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

2.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda biznes
rejaning ahamiyati va asosiy bo‘limlari tavsifi
Biznes-rejaning mazmuni. Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda
biznes-reja muhim rol o‘ynaydi. Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan
chegaralanmagan. Bizning fikrimizcha, yetti bo‘limdan iborat biznes-reja eng
maqbuldir.
Ushbu biznes-rejani batafsil ko‘rib chiqamiz:
Birinchi bo‘lim. Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari»
markaziy o‘rinni egallaydi.
Tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan
bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag‘ ishlatishni va shu mablag‘ qancha foyda
keltirishini hisob-kitob qilib chiqish lozim. Bunda va umuman, biznes-reja tuzishda vaqt
omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga


qarab qanday taqsimlanadi va inflyatsiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday
bo‘lishligini hisob-kitob qilib chiqish lozim.
Ikkinchi bo‘lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametrlari va
ko‘rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, biznes-rejaning asosiy g‘oya va
mazmunining qisqacha ko‘rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib,
aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
Umumlashtiruvchi bo‘limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maqsadning loyihasi
(bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining qisqacha tavsifi
va ularning bir-biridan farqi; qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘llari va usullari; loyihani
amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar;
kutilayotgan samara va natija; olingan foydani ishlatish sohasi.
Uchinchi bo‘lim. «Tadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar
va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor
ishlab chiqargan mahsulotning ko‘rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, modeli, surati
va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u qoniqtirmoqchi
bo‘lgan iste’mollar (haridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar
sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; tovarlarni ma’lum vaqt
doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga bo‘lgan talabga ta’sir etuvchi
omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat qilish.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling