«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing
tadqiqotlaridan foydalanish
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish
va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, xamda uning maqsadi
nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga karatilgandir. U ishlab
chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan
xolda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga
erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni xal etmog’i lozim:
· xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o‘rganish;
· tovarlarga bo‘lgan ichki va tashki talablarni o‘rganish;
· korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
· talab va taklif to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish;
· tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga
qiziqishini oshirish;
· tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish
uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish;
· tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar
olish;
· to’ldiruvchi tovarlar va urnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborotlar
yig‘ish;
tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan
iboratdir.
 G.L.Bagiev va boshqalar “Zamonaviy marketing tadqiqotlari, tadbirkorlik tizimidagi
axborot topish, to‘plash, qayta ishlash va joriy hamda strategik qarorlar qabul qilish
jarayoni”
6[5]
- deb ta’rif berganlar.
6[5]
Г.Л.Багиев и др. Маркетинг. Маркетинг. Учебник. –СПб.: Питер, 2008, с83.


 Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini
ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning makbul darajasini belgilash
mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig‘ida hisoblab
chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama xam muhimdir. Reklamaning
vazifasi – mavjud bozor segmentini mustaxkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish,
yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati –
o’zluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar
va firma markasiga boglanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib bu – tadqiqot
rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
va axborotlarni to‘plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o‘tkazish tartiboti va
rejalari to’ziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumotlar va manbalardan bir necha
marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin.
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so‘rov, guruhli baxs eng ko‘p
qo’llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli bosqichlarida
samarali axborot to‘plash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan samarali
foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli va bort-
kompyuterli avtomobilga bo‘lgan boshlag‘ich talabni baholash tadqiqotini olib
ko‘raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil
bozoridagi munosabatlari, ko‘nikmalarini baholash mumkin. So‘rov uslubida esa aniq
bir xaridorning «yangi jihozlarga» bo‘lgan qiziqishlari, ularga qo‘yadigan talab va
istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida avtomobillarning
kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish mumkin.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o‘zaro bog‘liqlik, aniqlik,
takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja malakaviy
jihatdan quyidagi savollarga javob berishlari lozim.
1.
Qanday ma’lumotlar to‘planishi kerak?
2.
Ma’lumotlarni kim to‘playdi?


3.
Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?
4.
Ma’lumotlarni to‘plashda qanday uslublar qo‘llaniladi?
5.
Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?
6.
Ma’lumotlarni to‘plash qachon va qaerda amalga oshiriladi.
7.
Ma’lumotlarni to‘plash uchun qanday harajatlar ko‘zda tutiladi?
Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi, mazmunan
va mantiqan bog‘liqligi ta’minlanadi. Bu o‘z navbatida tadqiqotning keyingi
bosqichlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar va xatoliklarning vujudga
kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ma’lumotlarni to‘plash bosqichi tasdiqlangan reja asosida
amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ularni qayta ishlash,
tayinli artibga solish vazifasini ham bajaradi. Chunki jamlanadigan ma’lumotlar
qayerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirishga katta e’tibor beriladi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling