YO'L JIHOZLARNI JORIY VA MUKMAL TAMIRLASH
REJA:
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash
Asfaltobeton qopplamalarini joriy ta’mirlashda asosiy ishlar
Joriy tamirlash
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash - avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida, avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining mayda shikastlanishlari oldini olish va tuzatish yo‘li bilan ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni saqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari majmui;
Joriy tamirlash ishlari, yo‘llarning kilometr o‘lchov birligida rejalashtiriladi.
Joriy tamirlashning vazifasi yo‘l qoplamasidagi, yo‘l ko‘tarmasidagi, suv qochirish tizimidagi, sun’iy inshootlardagi, mustahkamlovchi, himoyalovchi inshootlardagi, paromda o‘tish joylaridagi, yo‘l xo‘jalik korxonalari va infratuzilmalar imoratlaridagi, yo‘l jihozlaridagi, dam olish joylari va tarixiy obidalarga borish yo‘llaridagi, tutashmalar va o‘tish joylaridagi doimiy yuzaga keluvchi kichik buzilishlarni bartaraf qilishdan, yo‘l konstruktiv elementlarini va sun’iy inshootlar qarovini amalga oshirish va ularni toshqinlar, muz ko‘chishlari va boshqa tabiiy ofatlardan saqlash bo‘yicha ehtiyot choralari hisobga olingan holda ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar bajariladi:
sementbeton qoplamalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang choklarni to‘ldirish;
barcha turdagi qoplamalarda g‘ildirak izini, o‘ymalarni, yoriqlarni, chuqurlarni ta’mirlash, cho‘kkan joylarni, qoplama chetini, bordyurlarni to‘g‘rilash, qora qoplamalar yuzasidagi tishlashish qatlamini tiklash;
chaqiq toshli va shag‘alli qoplamalarga, shuningdek bitum va qatron bilan ishlangan qoplamalarga mayda shag‘al va qum sepish;
kalsiyli xlor, qatron, bitum va boshqa mahsulotlar bilan yo‘llarni changsizlashtirish;
ayrim shag‘al va tuproqli yo‘llar nishabliklarini qo‘shimcha mahsulot ishlatmasdan to‘g‘rilash;
yo‘l belgilari va inshootlarni bo‘yash, yo‘l yoqasidagi va yo‘l mintaqasidagi o‘tlarni o‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |