Joriy tamirlash Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash


Yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar bajariladi


Download 1.23 Mb.
bet3/6
Sana01.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1315996
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YO\'L JIHOZLARNI JORIY VA MUKMAL TAMIRLASH

Yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar bajariladi:

  • sementbeton qoplamalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang choklarni to‘ldirish;

  • barcha turdagi qoplamalarda g‘ildirak izini, o‘ymalarni, yoriqlarni, chuqurlarni ta’mirlash, cho‘kkan joylarni, qoplama chetini, bordyurlarni to‘g‘rilash, qora qoplamalar yuzasidagi tishlashish qatlamini tiklash;

  • chaqiq toshli va shag‘alli qoplamalarga, shuningdek bitum va qatron bilan ishlangan qoplamalarga mayda shag‘al va qum sepish;

  • kalsiyli xlor, qatron, bitum va boshqa mahsulotlar bilan yo‘llarni changsizlashtirish;

  • ayrim shag‘al va tuproqli yo‘llar nishabliklarini qo‘shimcha mahsulot ishlatmasdan to‘g‘rilash;

  • Yo‘l belgilari va inshootlarni bo‘yash, yo‘l yoqasidagi va yo‘l mintaqasidagi o‘tlarni o‘rish.

Qoplamalarni joriy ta’mirlash boshqa muhandislik inshootlari kabi, belgilangan xizmat muddatiga mo‘ljallangan bo‘lib, u har xil turdagi va o‘lchamdagi transport va ob-havo sharoitidagi omillarning ta’sir etishiga bog‘liq. Eng birinchi va eng ko‘p himoya qilinmagan ta’sirlarni boshdan kechiradigan element, asfaltbeton va qora qoplamalar hisoblanadi.
Natijada, yuzlab va minglab yuklanishlar, qoplamaning emirilishi va eskirishi, gohida ularning boshlang‘ich sifati unchalik yuqori emasligi yoki alohida yo‘l-qurilish operatsiyalarining to‘la-to‘kis bo‘lmasligi va noto‘g‘ri bajarilishi, asosan zichlash, vaqt o‘tishi bilan unda nuqsonlar, deformatsiyalar va buzilishlar (g‘adir-budirliklar, uvalanish, notekisliklar, darzlar, sinish, chuqurliklar, sirpanchiqlar va hokazo) sodir bo‘ladi.
Butun dunyoda yo‘l xizmatchilari, xar yili mavsumiy paydo bo‘lgan nuqson va buzilishlarni bartaraf etish buyicha, ulkan xajmdagi ishlarni bajaradilar.
Amaliyotdan ma’lumki, har yili yo‘lning qoplama yuzasi yoki uchastkalarning umumiy maydoni 2-3 % gacha bo‘lgan qoplama qismi mahalliy ta’mirlanishlarga muhtoj bo‘lishi mumkin.
SHunga o‘xshash, yo‘l qoplamasini «tuzatish» ishlari har xil uslublar, vosita va ashyolar, sifatni aniqlaydigan asboblar, xizmat muddati va bahosi, ya’ni ta’mirlash ishlarining samaradorligi bilan belgilanib, amalga oshiriladi.
Bu ishlardan asosiy maqsad foydalaniladigan yo‘llarda avtomobil transporti oqimi harakatini belgilangan tezlikda uzluksiz xavfsiz harakatlanishini ta’minlab berishdir.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling