Joriy tamirlash Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash


Asfaltobeton qopplamalarini joriy ta’mirlashda asosiy ishlarga


Download 1.23 Mb.
bet2/6
Sana01.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1315996
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YO\'L JIHOZLARNI JORIY VA MUKMAL TAMIRLASH

Asfaltobeton qopplamalarini joriy ta’mirlashda asosiy ishlarga yoriqlar, o‘yiqlar, do‘ngliklar va organik bog‘lovchilar erib oqqan joylarni, g‘ildirak izini, qoplama chetining sinig‘i va notekisliklarini bartaraf qilish kiradi. Bu ishlarga bahor mavsumida iliq kunlar va barqaror ob-havo boshlanganda kirishiladi. Ishlar shunday tashkil etilishi kerakki, barcha nuqsonlar iloji boricha qisqa muddatda bartaraf etilishi lozim. Issiq kunlarda paydo bo‘lgan shikastlar, aniqlangan zahoti tuzatilishi kerak.
YOriqlar erta bahor va kuzda yopib yuboriladi; yozda esa ertalabki salqinda tuzatiladi; bu paytda yoriqlar kengroq ochilgan va quruq bo‘ladi. YOriq yanada keng bo‘lsa, chuqurligining 2/3 qismigacha mastika quyib, ustiga sovuq asfaltbeton tashlanadi.
Bitum va mastika yoriq ichini yaxshi to‘ldirishi va devorlarga yaxshi yopishishi kerak, shunda qoplama ichiga suv o‘tmaydi.
Sementobeton qoplamalardagi deformatsiya choklarini ta’mirlashda, katta yoriqlarni ta’mirlagandagidek texnologiya qo‘llanadi. Bunda kompressor, pnevmo asboblar, bitum quygichlar ishlatiladi (11.3-rasm). Ba’zi mamlakatlarda yoriqlarni epoksid smolali qum aralashma bilan yopiladi. G‘ovaklar, mayda o‘yiqlar, plitalarning sho‘ralash joylari, sement va polimerbeton qorishma, suyuq shisha asosidagi qorishmalar bilan tuzatiladi. Beton etarli darajada qotgunicha uchastkada transport qatnovini to‘xtatish mumkin bo‘lganda, sementbeton qorishma qo‘llanadi. Ba’zi hollarda asfaltbeton qorishma ham ishlatish mumkin.


Sementbeton qoplamalari deformatsiya choklarini ta’mirlash


Ishni tashkil qilish prinsiplari. Yo‘llarni saqlash va ularni ta’mirlash ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud: xilma-xillik (saqlashdagi oddiy ishlardan tortib to ta’mirdagi eng murakkab ishlargacha); yo‘ldan foydalanish tashkilot (TYXPTFDK) lari (keyingi o‘rinlarda korxona deb ataladi) xizmat ko‘rsatadigan yo‘l tarmoqlarining turkumlari va ish hajmlari bir xil emasligi; ob’ektlarni o‘zaro uzoqligi; grunt, gidrotexnik, gidrogeologik va iqlim sharoitlariga bog‘liqligi; ishlarning mavsumiyligi; korxona bo‘g‘inlarining har xil moddiy-texnik ta’minlanganligi; resurslarning cheklanganligi va x.k dan iborat.


Joriy tamirlash – yil davomida yo‘llarning butun uzunligi bo‘yicha, yo‘l va yo‘l inshootlaridagi konstruktiv elementlarning kichik hajmdagi buzilishlarini tuzatish va ularni paydo bo‘lmaslik choralarini ko‘rish ishlarini bajarishdan iborat.
Joriy tamirlash ishlari, yo‘llarning kilometr o‘lchov birligida rejalashtiriladi. Joriy tamirlashning vazifasi yo‘l qoplamasidagi, yo‘l ko‘tarmasidagi, suv qochirish tizimidagi, sun’iy inshootlardagi, mustahkamlovchi, himoyalovchi inshootlardagi, paromda o‘tish joylaridagi, yo‘l xo‘jalik korxonalari va infratuzilmalar imoratlaridagi, yo‘l jihozlaridagi, dam olish joylari va tarixiy obidalarga borish yo‘llaridagi, tutashmalar va o‘tish joylaridagi doimiy yuzaga keluvchi kichik buzilishlarni bartaraf qilishdan, yo‘l konstruktiv elementlarini va sun’iy inshootlar qarovini amalga oshirish va ularni toshqinlar, muz ko‘chishlari va boshqa tabiiy ofatlardan saqlash bo‘yicha ehtiyot choralari hisobga olingan holda ishlarni amalga oshirishdan iborat.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling