Joriy tamirlash Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash
Avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash
Download 1.23 Mb.
|
YO\'L JIHOZLARNI JORIY VA MUKMAL TAMIRLASH
Avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash - avtomobil yo‘llarining ishonchliligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida tiklashga oid ta’mirlash-qurilish ishlari majmui. Bunda yo‘l to‘shamasi va qoplamasi, yo‘l poyi va yo‘l inshootlarining ish qobiliyatini tiklash va oshirish ishlari bajariladi, eskirgan konstruksiyalar va detallar almashtiriladi yoki ular mustaxkamroq, chidamli va tejamli konstruksiyalar va detallar bilan almashtiriladi, zarur hollarda ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘li uchun belgilangan toifaga to‘g‘ri keladigan normalar doirasidagi harakat jadalligi va avtomobillar o‘qiga tushadigan og‘irliklar o‘sib borishini hisobga olgan holda yo‘lning asosiy uzunligidagi yo‘l poyini kengaytirmasdan avtomobil yo‘lining geometrik parametrlari (rejasi, bo‘ylama kesimi va shu kabilar) oshiriladi;
avtomobil yo‘llarini saqlash - avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha bajariladigan, yo‘l, yo‘l inshootlari va yo‘lga ajratilgan mintaqaga qarash, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bajariladigan ishlar majmui; Saqlash ishlari xarakteri va tashkil etilishi bilan bir-biridan farqlanadi. Ularning mehnat talabi va material hajmi katta, mexanizatsiyasi esa kam bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda, saqlashga bog‘liq shunday ishlar borki, har qanday iqlim yoki boshqa sharoitlardan qat’iy nazar zudlik bilan bajarish lozim. Ixtisoslashish - har bir ishchi bajarishi lozim bo‘lgan ish turlarini qisqartirish, ishlarni bajarishda ko‘nikma bo‘ladigan usullarni qo‘llash, mehnat unumini oshirish, sifatni yaxshilash imkonini beradi. Ma’lum ish turlari yig‘ilib qolsa, mavsumiy ixtisoslashtirilgan brigadalar tuziladi, masalan, chuqurchali ta’mir, qor uyumlarini yo‘qotish kabi ishlar bo‘yicha. Ba’zi hollarda (tog‘ dovonlarida) yo‘l uchastkalarini muayyan ta’mirlovchi ishchiga biriktirib qo‘yish tajribasi ham bor. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling