«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kd = 1 / 1 + K*T ;
4.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati samaradorligi tahlili Pullarning yoki sarflangan mablag‘larning bugungi va kechagi qiymatlari o‘rtasidagi farqni hisobga olish uchun investitsiyalarning qoplanishi hisob-kitob qilinayotganda kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffitsientlariga ko‘paytiriladi. Diskont koeffitsientlari quyidagi formula orqali hisoblanadi: Kd = 1 / 1 + K*T ; (2) bu yerda, Kd – diskont koeffitsienti yoki pul qiymatining o‘zgarish sur’ati (odatda, bank kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz darajasida qo‘llaniladi); K – foiz stavkasi, %; T – investitsiya ajratilgandan boshlab o‘tgan vaqt, yil; Masalan, bank stavkasi 10% ga teng bo‘lsa, uchinchi yil uchun diskontlash koeffitsenti: K = 1/ 1 + 0,1*3 = 0,769 ni tashkil etadi. Bundan foydalanib, yuqorida ko‘rib chiqqan misolimiz uchun investitsiyaning qoplanish muddatini aniqlaymiz. Buning uchun (1) formuladan foydalanib, investitsiyaning qoplanishi kerak bo‘lgan davrda pul qiymatining farqini aniqlab olamiz. Diskontlanish koeffitsenti: Diskontlanish daromadari: 1-yilda 1/ 1+0,1*1 = 0,9091; 25000 x 0,9091=22728 so‘mni 2-yilda 1/ 1+0,1*2 = 0,8333; 35000 x 0,8333=29166 so‘mni 3-yilda 1/ 1+0,1*3 = 0,7692; 48000 x 0,7692=36922 so‘mni Shunday qilib, bank stavkasi 10% bo‘lgan holda, tashkil etadi. Jami bo‘lib, uch yilda diskontlangan, ya’ni so‘mning bugungi kundagi harid qilish qobiliyatida ifodalangan daromadlar hajmi 88816 so‘m (22728+29166+36922) ni tashkil etadi. Demak, firma bo‘yicha investitsiyaning to‘liq so’mmasini qoplash uchun firmaga 31184 (120000-88816) so‘m yetishmayapti. Mana endi, to‘rtinchi yilda investitsiya umumiy hajmining yetishmayotgan qismini yanada aniqroq qilib hisoblab chiqishimiz mumkin. Demak, to‘rtinchi yilda diskontlangan daromadlar: 1 / (1+0,1*4) = 0,7142; 54000x0,7142 = 38567 so‘mni tashkil etadi. Endi firma uchun investitsiyaning yetishmayotgan so’mmasini (31184 so‘m) hisoblab chiqilgan to‘rtinchi yildagi investitsiya so’mmasi (38567 so‘m) ga bo‘lib 0,81 ga ega bo‘lamiz. Shunday qilib, firma investitsiyalarining qoplanish muddati 4 yilni emas, balki 3,81 yilni tashkil etar ekan. Vaholanki, firma investitsiya xarajatlarining ma’lum vaqt o‘tishi bilan qiymati (tannarxi) ning o‘zgarib borishini hisobga olmasdan amalga oshirgan oldingi hisob-kitoblarimizdagi muddat 3,22 ni tashkil etgan edi. Ammo, belgilangan davrlardagi muddatlar ichida barcha omillarni hisobga olib, yanada aniqroq hisoblab chiqqan investitsiyalarni qoplanish ko‘rsatkichi ishlab chiqilayotgan loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning 4 yil muddatga zo‘rg‘a yetishini ko‘rsatdi. Agar, bank kreditlarining foizlari ham inflyatsiya darajasini hisobga olib borsa, unda ushbu loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun, investitsiyalashtirilayotgan loyihalarni ishlab chiqish davomida ko‘zda tutilayotgan (iqtisodiy) omillardan tashqari, ko‘zda tutilmagan (tabiiy, ijtimoiy, siyosiy) omillarni e’tiborga olgan holda bir necha variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Bunday holatlarda mavjud barcha investitsiyalash variantlarini investitsiyalarning foydalilik darajalarini aniqlash orqali o‘rganib chiqish tavsiya etiladi. Foydalilik ko‘rsatkichi sifatida foydalilik koeffitsienti deb ataluvchi kattalikdan foydalanish mumkin. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi: Foydalilik koeffitsenti = Ko‘zda tutilgan daromadlar so’mmasi (3) Ko‘zda tutilmagan xarajatlar so’mmasi Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling