«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Ko‘zda tutilgan daromadlar so’mmasi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

Ko‘zda tutilgan daromadlar so’mmasi bu investitsiyalashtirilayotgan mazkur
loyihani amalga oshirish evaziga kelgusida olinadigan foyda hajmidir. Lekin u kelgusida
kutilayotgan absolyut miqdorlarda emas, balki yuqorida ta’kidlanganidek, diskontlash
koeffitsientlari bilan to‘g‘rilangan holda yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda,
formulaning suratida so‘mning bugungi qiymatida ifodalangan daromadlar so’mmasi
aks etadi.
Ko‘rib chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan
barcha xarajatlar hajmi ham xuddi shunday hisoblanadi. Bu hisob-kitoblar bir necha
yildagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgandir, agar
investitsiyalashtirish qisqa muddatlarga (3 oy, 6 oy yoki 1 yilga) mo‘ljallangan bo‘lsa,
bunday holda xarajatlar va daromadlarni diskontlashning hojati yo‘q.
Foydalilik koeffitsientiga asoslanib, agar koeffitsient 1,00 dan yuqori yoki unga
teng bo‘lgan taqdirdagina investitsiyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish
maqsadga muvofiq.
Ammo bu hisob-kitob ham yetarli emas. Chunki, mablag‘ bilan ta’minlash
taqchilligi yuqori bo‘lgan sharoitlarda foydalilik koeffitsientlari yuqoriroq bo‘lgan
loyihalarni qo‘llash afzaldir. Buni quyidagi misolda ko‘rib chiqaylik. Deylik, ikkita
investitsion loyiha taqdim qilingan bo‘lsin.
Birinchi loyiha bo‘yicha xarajatlar hajmi 200 ming so‘mni tashkil etib va bu jami 1
mln. so‘m miqdorda diskontlangan daromad keltirishi ko‘zda tutilgan. Bunda sof
daromad 800 ming so‘mni tashkil etadi.
Ikkinchi loyiha bo‘yicha esa jami xarajatlar hajmi 50 ming so‘mni talab etgan holda,
diskontlangan daromadlar hajmi esa 450 ming so‘mni tashkil etadi. Bunda sof daromad
400 ming so‘mga tengdir, ya’ni birinchi loyihadan 2 marta kamdir.


Sizdagi mavjud mablag‘ esa 200 ming so‘mni tashkil etib, birinchi loyihani
investitsiyalashtirish imkoniyatiga egasiz. Xo‘sh, bu maqsadga muvofiqmi?
Albatta, yo‘q. Chunki, birinchi loyiha uchun foydalilik koeffitsienti 5 ga (1 mln.
so‘m : 200 ming so‘m), ikkinchi loyiha uchun esa 9 ga (450 ming so‘m: 50 ming so‘m)
teng ekanligini hisoblab chiqish unchalik qiyin emas. Demak, agar 200 ming so‘m
mablag‘ingizni foydalilik koeffitsienti 9 ga yaqin bo‘lgan bir nechta kichik
loyihalarga sarf qilsangiz, natijada siz 1,6 mln. so‘mga yaqin sof daromadga ega bo‘lasiz.
Bu esa birinchi loyiha daromadiga nisbatan 2 martaga ko‘pdir.
Biroq hayotda foydalilik koeffitsientlari bir xil bo‘lgan bir nechta loyihalar bir
vaqtning o‘zida kamdan-kam xollardagina uchraydi. Bu koeffitsientlar ko‘pincha bir-
biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun qaysi loyihani tanlash masalasi hal
qilinayotganda, avvalo, ularning foydalilik koeffitsientlari kattaliklari bo‘yicha, ya’ni
ushbu koeffitsientlar miqdorining kamayib borish tartibini ko‘rsatuvchi sxema tuzib,
kuzatib borish maqsadga muvofiqdir. Buni xarajatlar va daromadlar miqdoriga qarab
quyidagi jadval tarzida ham ifodalash mumkin (8.2.1-jadval).
Ushbu jadvaldan ko‘rinadiki, agar kichik korxona 2,5 mln. so‘mlik loyihalarni
investitsiyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bu mablag‘larni A, B, V va G loyihalar
uchun sarflash maqsadga muvofiq bo‘lib, juda katta daromad keltirish imkoniyati
bo‘lsada, D loyihadan voz kechmoq zarurdir.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling