«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
Intizomiy ta’sir usullari tashkilish barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida
ta’sir etish usullarini to‘ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. 3. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usuli Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usulida ishlovchilarga ruhshunoslik va ijtimoiy bilimlar asosida ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy ruhshunoslikka oid ilmlarni bilmagan rahbar odamlarni boshqara olmaydi. Korxona yutug‘ining 15 % i boshqaruvchining bilimiga bog‘liq bo‘lsa, 85 % i odamlar bilan ishlay olish qobiliyatiga bog‘liq. Ijtimoiy (sotsiologiya) ishlab chiqarish sharoitida asosiy mehnat omillari, turli ijtimoiy hodisalar va ular orasidagi bog‘liqliklarni o‘rganadi. Ruhshunoslik (psixologiya) fan sifatida kishi ruhini o‘rganadi. Ruhiyat deganda, fikr, intilish, xohish kabilar tushuniladi. Bozor munosabatlari, mulkchilikning turli shakllari odamlarning ijtimoiy va axloqiy xususiyatlarini yuksak darajada namog‘n etishga imkon beradi. Amaldagi qonunlar bilan ijtimoiy va huquqiy me’g‘rlar, ilg‘or axloq shakllari amalga oshiriladi. Umuminsoniy axloq etikasi va huquqlari etika me’g‘rlari tizimida o‘z aksini topadi va uni bajarish hamma uchun majburiydir. Moddiy rag‘batlantirish bilan bir qatorda ma’naviy rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llash yaxshi natija beradi. Ma’naviy rag‘batlantirishga quyidagilar kiradi: faxriy g‘rliqlar berish, orden va medallar bilan mukofotlash, rahmatnoma va boshqalar kiradi. Boshqarishning ruhiy usullari odamlar o‘rtasida sog‘lom muhitni hosil qiladi, shaxsning ruhiy xususiyatlarini ochadi. SHaxsning ruhiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: odamlar qiziqishi va qobiliyati, g‘ayrati. Boshqarishda rahbar insonning hamma qirralarini o‘rganishi lozim. Boshqaruvning ijtimiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (o‘zaro munosabatlar, ijtimoiy ehtig‘jlar) qo‘llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo‘li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg‘unlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar Nizomlari, shartnomalar, o‘zaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtig‘jlarni qondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo‘li bilan kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik guruh va jamoalarni tashkil etish, mehnatni rag‘batlantirish, malakali kadrlar tanlash va ularni o‘qitish va h.k.lar kiradi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling