«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

5-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK
FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
5.4-ma’ruza mashg‘uloti
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini boshqarish usullari va
qarorlar qabul qilish jarayoni
1. Boshqaruvning iqtisodiy usuli.
2. Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli.
3. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usuli.
4. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularning tasnifi.
5. Boshqaruv qarorlariga kuyiladigan talablar.
6. Boshqaruv qarorlarini tayg‘rlash jarag‘ni va qabul qilish
7. Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik
1. Boshqaruvning iqtisodiy usuli
Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida
yuqori sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan quriladigan chora-
tadbirlarni va ta’sirchan usullarni qo‘llanilishini bildiradi.
Boshqaruv usullari o‘zining tavsifiga ko‘ra iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va
ijtimoiy ruhiy bo‘lishi mumkin.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy mafaatlar orqali ta’sir
ko‘rsatadi va iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslangan.
Bu usul xodimlar va mehnat jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan
bo‘lib, davlat jamoat va har bir xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy
bog‘lanishga imkon yaratadi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig‘indisidan (tannarx, narx, foyda,
rentabellik, moddiy rag‘batlantirish, kredit, biznes-reja, soliqlar, ish haqi), ya’ni
xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo‘jalik bo‘g‘ini bilan uzviy


aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir. Iqtisodiy boshqaruv
usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga
sarflanadigan harajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik
mexanizmlarining yangi usullari vujudga keltirish va undan samarali foydalanishdir.
Xo‘jalik faoliyati negizini uchta asosiy masala: ishlab chiqarishni boshqarish,
rejalashtirish va rag‘batlantirish tashkil etadi.
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes-reja va bozorning uzviy
bog‘liq bo‘lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to‘g‘ri nisbatini
ta’minlashdir.
Bozor – bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor
munosabatlari sharoitida rejali iqtisodig‘tga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi
o‘rnatiladi. Bozor tamoyillari xo‘jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona
faoliyati masalalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik,
tavakkalchilikni talab etadi.
Bozor iqtisodig‘ti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim
bo‘lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish, eng avvalo ijtimoiy
maqsadda amalga oshiriladi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling