«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
Vazifaviy tizimlar negizi ixtisoslashtirish g‘oyasiga tayanadi. Bunda har bir
bo‘g‘inga muayyan masalalar birkitib qo‘yiladi. Masalan, bir idora hisob-kitob, ikkinchisi texnologiya, uchinchisi marketing bilan shug‘illanadi. Huquqiy doiralarning cheklanganligi tufayli ixtisoslashtirilgan idora tamoyildan qabul qilinayotgan qarorlar sifatini yaxshilash imkoniyatiga ega. Lekin bitta bo‘ysunuvchi idorada bir qancha vazifaviy rahbarlarning mavjudligi o‘ziga xos murakkablikni keltirib chiqaradi. Muntazam va vazifaviy qiyinchiliklarga xos qiyinchiliklardan xolos bo‘lishda aralash (kombinatsiyalash) tizimlar – muntazam (shtabli) va cheklangan vazifali aralash tizimlarning ahamiyati kattadir. Dasturli – maqsadli tizim aralash tizimlarning alohida turi hisoblanadi. Boshqaruvning aniq tizimini shakllantirish ijodiy jarayondir. Biroq tizimning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan namunaviy shakllari qo‘llanilsa bu ishlarni yanada osonlashtirish imkonini beradi. SHu mazmunda boshqaruv idoraning barcha tizimli bo‘linmalari asosiy beshta guruhni birlashtiradi. Birinchisi – boshqaruv ob’ektlarini idora qiladigan tizimli bo‘linmalardir. Bunda asosiy masala birinchidan idora qilinish ko‘lamini oshirib yubormaslik bo‘lsa, ikkinchi tomondan uncha ko‘p bo‘lmagan ob’ektlarni rahbarlik qilish uchun juda kichkina bo‘linmalar tashkil etolmaslikdan iboratdir. Ikkinchisi – asosiy vazifaviy tizimli (rejali, hisob va nazorat bo‘yicha) bo‘linmalar. Uchinchisi – marketing vazifalari (ta’minot, sotish, fan-texnika taraqqiyoti, moliya). To‘rtinchisi – yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar (idora, devonxona, arxiv va boshqalar). Beshinchisi – idora rahbarligi, uning o‘rinbosarlari, assotsiatsiya, kengash va boshqalar. Tizimni takomillashtirish–boshqaruvni yuqori bosqichga ko‘tarishning muhim imkonidir. Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog‘liqlikka ega va qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi. Chiziqli Funksional Chiziqli shtabli Chiziqli funksional SHartli belgilar: R - rahbar, B - boshliq, U - usta, F - funksional rahbar, SH - shtab, 1,1; 1,2;1,3 - funksional bo‘limlar. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling