«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

E. Hisob va nazorat - bu boshqariluvchi tizim holatining nazorat va hisobga
olish, ishni bir me’g‘rda ta’minlashni boshqarish. Boshqarishning funksiyalari
quyidagicha:
1) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
2) g‘rdamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
3) mahsulot sifatini boshqarish;
4) mehnat va ish haqini boshqarish.


5-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK
FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
2-ma’ruza mashg‘uloti
5.2.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining
tashkiliy tuzilmalari
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va
vazifalari
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy
tuzilmalari
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy
tuzilmasining turlari
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish
tadbirkor hal etishi kerak bo‘lgan muhim vazifalardan biridir.
Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga
oshiruvchi va funksiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv
organlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi.
Boshqaruv tarkibi ishlab chiqarish tarkibi deb ham yuritiladi. Bunda
boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni
hisoblanadi. U o‘zaro bog‘langan asosiy, yordamchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi
jarayonlardan iborat bo‘lib, bu jarayonlar bo‘limlar va xodimlar o‘rtasida mehnat
taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo‘limlari va ularga xos
bo‘lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo‘linmalar yig‘indisi, ularninng tarkibi va
o‘zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish tarkibini tashkil etadi.


Boshqaruv bo‘g‘ini – bu boshqaruvning ayrim yoki qator funksiyalarini
bajaruvchi mustaqil bo‘limlardir. Bu bo‘limlar o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqalar
gorizontal xarakterga ega bo‘ladi.
Boshqaruv bosqichi – bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan
bo‘g‘indir. Masalan:
Vazirlik → birlashma → korxona → sex → uchastka
Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo‘g‘inining ikkinchisiga, odatda, quyi
bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘iniga izchillik bilan bo‘ysuni-shini ko‘rsatadi. Bu vertikal
bo‘yicha bo‘linishdir.
Barcha bo‘g‘in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o‘zaro bo‘ysunish
tartibi, har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inining huquq hamda burchlari, ular
o‘rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil qiladi.
Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo‘lish mumkin: butun tarmoqni
boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxona-larni boshqarish; korxonalar
ichidagi bo‘limlarni boshqarish va h.k.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling