«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi
Maqsad-boshqaruv kategoriyasi sifatida
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsad turlari
2. Maqsad-boshqaruv kategoriyasi sifatida
Boshqaruv maqsadi – korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish uchun belgilangan maqsad. Maqsadga qo‘yiladigan talablar: 1. Maqsadning bir ma’noga ega bo‘lishi; 2. Maqsadni amalga oshirish mumkin bo‘lishi kerak; 3. Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak; 4. Maqsad bajaruvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak; 5. Maqsad detallashtirilgan bo‘lishi kerak; 6. Maqsad ko‘p qirrali bo‘lishi kerak. Joriy maqsadlar deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan kamroq muddat ichida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona bo‘limlari oldida bir yil mobaynida amalga oshirilishi mo‘ljallangan quyidagi funksional maqsadlar bo‘lishi mumkin: 1. Ishlab chiqarish bo‘limlari – korxonada x nomli yangi mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. 2. Texnologiya bo‘limi – x mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi texnologiyani joriy qilishni yakunlash. 3. Tadqiqot bo‘limi – x kilovatdan quvvatga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish. Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak. Miqdoran o‘lchovga ega bo‘lmagan maqsad bu sarobdir. Maqsad uni bajarish prinsiplari natijasi bajaruvchilariga tushunarli bo‘lishi va ularga g‘zma ravishda sodda tilda etkazilishi kerak. Maqsad bo‘limlar va mas’ullar bo‘yicha detallashtirilgan bo‘lishi kerak. Maqsad har bir faoliyat turi, har mas’ul shaxs bo‘yicha mayda chuydagacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo‘lishi lozim. SHundagina bu maqsadning ijrosi darajasini aniq nazorat qilish mumkin bo‘ladi. Bu umumiy bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo‘linishini, ya’ni maqsadlar shajarasini tuzishni talab qiladi. Maqsad turlari: 1. Umumjamiyat miqg‘sida munosabatlarni aks ettirishiga qarab: sig‘siy munosabatlar; iqtisodiy munosabatlar; sotsial munosabatlar; ma’rifiy-ma’naviy munosabatlar; xalqaro munosabatlar sohasidagi munosabatlar. 2. Boshqaruv pog‘onalariga qarab: hududiy boshqarish munosabatlari; mamlakat munosabatlari; viloyat munosabatlari; tuman munosabatlari; qishloq munosabatlari; ishlab chiqarish munosabatlari; xalq xo‘jaligi munosabatlari; tarmoq munosabatlari; yakka shaxs munosabatlari. 3. Amalga oshirish muddatiga qarab: joriy munosabatlar; istiqbolli munosabatlar. 4. Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab: uzluksiz munosabatlar; fursatli munosabatlar; bir martalik munosabatlar. 5. Kuzatiladigan natijalarga qarab: pirovard munosabatlar; oraliq munosabatlar; 6. Murakkablik darajasiga qarab: an’anaviy munosabatlar; muammoli munosabatlar; innovatsion munosabatlar. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling