«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Boshqaruv shakl va usullarni takomillashtirib borish tamoyili


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

4. Boshqaruv shakl va usullarni takomillashtirib borish tamoyili. Bozor
iqtisodig‘ti sharoitida boshqaruvning uch shakli: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi
mavjud. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o‘zi qaror qabul qiladi va
butun ish natijasi uchun javobgar bo‘ladi.Ushbu shaklning ijobiy tomoni mulk egasi
ishlar borishini o‘zi to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga egaligi, kamchiligi esa uncha
katta bo‘lmasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini bajarishga
majburligidir.
Boshqaruvning jamoa shaklida ikki va undan ko‘p jismoniy va huquqiy shaxslar
boshqaruv qarorlarini birgalikda qabul qiladilar va korxona g‘ki hissadorlik jamiyati
faoliyati uchun javobgar bo‘ladilar. SHerikchilik nisbatan malakali boshqaruv


qarorlarini qabul qilish, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarni bartaraf etishga
imkon beradi.
Davlat boshqaruvi shakli davlat g‘ki mahalliy mulk bo‘lgan korxonalarda
amalga oshiriladi. Davlat bu kabi korxonalar uchun to‘liq javob beradi.
5. Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodig‘ti sharoitida
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor
munosabatlari boshqaruv sohasi kadrlariga qat’iy talablar qo‘yadi, ularning
ishbilarmonlik sifatlari ishlab chiqarish oldida turgan masalalarni belgilaydi.
6. Agentlar mustaqillik va erkinligi tamoyili. Bozorda agentlar faoliyati
iqtisodiy javobgarlik bilan birgalikda amalga oshishi kerak.
7. SHaxsiy tashabbu tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda
uchun harakat qiluvchi tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi kerak.
8. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o‘z faoliyati uchun
javobgar bo‘lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik ham hisobga olinishi, ya’ni
tadbirkorning o‘z huquq va ajburiyatlari bo‘lishi kerak.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling