«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


-Mavzu: KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING DAVLAT


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

3-Mavzu: KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING DAVLAT
TOMONIDAN QO‘LLAB QUVVATLANISHI VA BOSHQARILISHI.
2-ma’ruza mashg‘uloti
3.1. Litsenziya berish soxasida davlat siyosati.
3.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi
3.1. Litsenziya berish soxasida davlat siyosati.
Litsenziya so‘zi-lotincha so’z bo‘lib erkinlik huquqi degan ma’noni anglatadi.
1.Chet eldan mol olib kelish yoki chiqarish uchun beriladigan ruxsatnoma.
2.Ixtiro kashfiyotida foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma.
Litsenziya -davlat organlarining chet elga mol chiqarishga yoki chet eldan mol
keltirishga ruxsati bo‘lib, bularni eksport yoki import litsenziyalari deyiladi.
Litsenziya potensialga ega bo‘lgan shaxs tomonidan ham beriladi va bunda
potensialga egalik o’zgarmaydi. Litsenzion kelishuvda litsenziya berish, olish shart-
sharoitlari, muddati, rag’batlantirilishi ifoda etiladi.
Litsenziya savdosi tijorat maqsadda foydalaniladigan ilmiy-texnik ayriboshlashning
asosiy shaklini tashkil etadi.
Litsenziyaning 3 xil turi mavjud:
-oddiy litsenziya
-maxsus litsenziya
-to’lik litsenziya
Oddiy litsenziya uning egasiga o’zi foydalanishi uchun yoki boshqaga foydalanishga
berish uchun imkon yaratadi.


 Maxsus litsenziya oluvchiga uning egasi faoliyat qiluvchi xududda foydalanishni va
boshqalarga bu imkoniyatni berishni ta’kidlaydi. Litsenziya oluvchiga man etilgan
boshqa hududlarda litsenziya egasining o’zi foydalanishi va boshqalarga
foydalanishga imkon yaratish mumin.
To’liq litsenziya egasining huquqini batamom yo’qotishini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Bozor islohatlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustivor
yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va
“Tadbirkorlik subektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillshtirish
to‘g‘risida”gi farmonlari davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi qonunchilikni
takomillashtirish, xususiy tarmoqni jadal rivojlantirishni ko’zda tutadi.
Bu borada tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun letsinziyalar berish tizimini
takomillashtirish va letsinziyalarni amal qilishi yoki u qaytarib olingan hollarda sud
orqali tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalarini
alohida takidlash lozim.
Natijada ishbilarmonlar, investorlar va xalqaro moliya institutlarining
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarga ishonchi
mustahkamlanadi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling