Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


-jadval Kichik biznes subyektlarini mamlakat YaIM dagi ulushiga ta’sir etuvchi omillar tahlili48


Download 0.54 Mb.
bet15/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

3.1-jadval
Kichik biznes subyektlarini mamlakat YaIM dagi ulushiga ta’sir etuvchi omillar tahlili48

Yillar

Kichik biznesni YaIMdagi ulushi%

Kichik biznesda aholi bandligi ulushi %

Kichik biznesga ajratilgan kreditlar miqdori (mlrd)

Soliq imtiyozlaridan foydalangan kichik biznes subyektlari soni (ming)

Y

X1

X2

X3

2018

52,5

74,3

2690

24,9

2019

54

75,1

4041

28,2

2020

54,6

75,6

5346

32,4

2021

55,8

76,7

6958

36,5

2022

57,0

77,6

9158

32,1

2023

59,7

77,9

12112

34,1

2024

66,8

78

15870

36,2

Tushumlarni tahlil va prognozlashda sonli ma’lumotlar bilan juda ko‘p ish ko‘riladi va turli kattaliklar orasidagi bog‘liqlikni kuzatish, tahlil qilish zaruriyati tug‘iladi. Berilgan son qiymatlarni tahlil qilishda erkli o‘zgaruvchi ( X ) va erksiz ( Y ) o‘zgaruvchilar qaraladi. Regression tahlil ana shu o‘zgaruvchilar qiymatlarinining o‘zgarishini tushuntirib beradi. Regressiya tenglamasi – bu o‘zgaruvchilar orasidagi statistik bog‘lanishning formulasi. Agar bu formula chiziqli bo‘lsa, chiziqli regressiya to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ikki o‘zgaruvchi orasidagi statistik bog‘lanish formulasi juft regressiya deyiladi, bir nechta o‘zgaruvchilar orasidagi bog‘lanish esa ko‘p omilli regressiya deyiladi. Korrelyatsion tahlilning ikkinchi vazifasi hodisalar (o‘zgaruvchilar) o‘rtasidagi bog‘lanish zichligini aniqlashdan iboratdir. Bu korrelyatsion indeksi R  1 va chiziqli korrelyatsion koeffitsient r  1 larning sonli qiymatlarini hisoblash yo‘li bilan tekshiriladi. Agar R=l (r=1) bo‘lsa, unda o‘rganilayotgan omillar o‘rtasida funksional bog‘lanishlar mavjud bo‘ladi. Agar R=0 (r=0)bo‘lsa, bu holda omillar o‘zaro bog‘lanmagan bo‘ladi. Bog‘lanish zichligi R va r larning sonli qiymatlari bo‘yicha baholashda quyidagi shartli tasniflash foydalaniladi: 0,1 dan 0,3 gacha - kuchsiz bog‘lanish; 0,3 – 0,65 - o‘rtacha zich bog‘lanish; 0,65 – 0,80 - o‘rtachadan zichroq bog‘lanish; 0,80 – 0,99 - zich bog‘lanish. Korrelyatsion indeks R juftli omillar o‘rtasidagi bog‘lanish zichligini baholashda foydalaniladi.
Chiziqli bog‘lanishlar zichligini aniqlashda korrelyatsiya koeffitsientidan foydalanish mumkin. Korrelyatsiya koeffitsienti r ning manfiy qiymati hodisalar o‘rtasida teskari bog‘lanish mavjud ekanligidan dalolat beradi [9]. Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlari asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni mamlakat YaIMdagi ulushi natijaviy omilga (Y) bir qancha ta’sir etuvchi omillarning (X1 , X2. X3 ) regression tahlilini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun quyidagi jadval ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi (3.1-jadval):
1-jadval ma’lumotlari tahlilida (Y) natijaviy omil sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni YaIM ulushi olindi. Ta’sir etuvchi omillar sifatida: kichik biznesda aholi bandligi ulushi (X1), kichik biznesga ajratilgan kreditlar miqdori (X2) va soliq imtiyozlaridan foydalangan kichik biznes subyektlari soni (X3) olindi. Jadval ma’lumotlarini kompyuter Microsoft Excel dasturi yordamida yordamida qayta ishlash asosida quyidagi regression tahlil natijalariga erishiladi(3.2-jadval).

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling