Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari
-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar miqdori, mlrd.so‘mda39
Download 0.54 Mb.
|
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)
2.7-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar miqdori, mlrd.so‘mda39
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Avvalo, davlat mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish amaliyotini tubdan o‘zgartirish zarur. Bunday kreditlarni faqat iqtisodiyot rivojini belgilaydigan tarmoqlarga berish va kredit foizini qisman kompensatsiya qilish kerak. Davlat ahamiyatiga molik loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun barcha banklarga bir xil sharoit va imkoniyat yaratish, kreditlash faoliyati esa to‘liq bozor tamoyillariga asoslanishi shart”40. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlarning miqdori o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 2002-yilda sohaga ajratilgan kreditlar miqdori 265 mlrd.so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda ushbu ko‘rsatkich deyarli 50 barobarga oshib, 12112 mlrd.so‘mga teng bo‘lganligini ko‘rish mumkin. 2018-yilda kichik biznes subyektlariga 30648,8 mlrd.so‘m kredit ajratilgan bo‘lib, 2019-yilning dastlabki 9 oyida esa 2018-yilga nisbatan ko‘p, ya’ni 41200,8 mlrd.so‘m miqdoridagi kreditlar ajratilgan. Shu o‘rinda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qo‘llanilayotgan moliyaviy imtiyozlarning ular faoliyatini moliyalashtirish jarayoniga ijobiy ta’sir etayotganligini ta’kidlashni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-3225-sonli Qarorining qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlarining, shu jumladan, kichik biznes subyektlarining tijorat banklari kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish nuqtai-nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PQ-2746-sonli “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq, imtiyozli mikrokreditlashning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: kichik tadbirkorlik, eng avvalo, oilaviy va xususiy tadbirkorlik sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etish; aholining kam ta’minlangan va hojatmand qatlamlari daromadlarini oshirish, aholi bandligini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini kuchaytirish. Keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilayotgan mikrokreditlar hajmi ham tobora ortib bormoqda. Jumladan, 2016-yilda ajratilgan mikrokreditlar hajmi 3326 mlrd.so‘mni tashkil etgan, 2018-yilda esa ushbu ko‘rsatkich deyarli 2 barobarga oshib, 6205,7 mlrd.so‘m va 2019-yilning dastlabki 9 oyida esa 8948,5 mlrd.so‘m miqdoridagi mikrokreditlar ajratilgan. 2019-yilning dastlabki 9 oyida kichik biznes subyektlariga ajratilgan kreditlar miqdorini hududlar miqyosida tahlil qiladigan bo‘lsak, ajratilgan kreditlar soni bo‘yicha Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari ustunlik qilayotganligini ko‘rish mumkin. Ajratilgan kreditlar miqdori bo‘yicha esa Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida yetakchilik kuzatilmoqda. 2019-yilning dastlabki 9 oyida ajratilgan kreditlar miqdori 2018-yil davomida ajratilgan kreditlardan qariyb 11 mlrd.so‘mdan ko‘pdir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling