Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


-rasm. 2016-2021 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qishloq xo‘jaligi va sanoatdagi ulushi, foizda31


Download 0.54 Mb.
bet8/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

2.4-rasm. 2016-2021 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qishloq xo‘jaligi va sanoatdagi ulushi, foizda31
Tahlil etilayotgan davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qishloq xo‘jaligidagi ulushi ko‘rsatkichlarida faqat o‘sish kuzatilgan, ushbu davrda ushbu ko‘rsatkich 90 % dan yuqori miqdorni tashkil etganligini ko‘rish mumkin. Respublikamizda fermer xo‘jaliklarining yuqori sur’atlarda rivojlanishi natijasida 2016-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 70,1 % dan 98,3 % ga o‘sgan.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushida o‘sish, kamayish tendensiyalari kuzatilgan. Jumladan, 2010-yilda 26,6 %, 2015-yilda 40,6 % va 2019-yilning yanvar-dekabr oylarida 34,9 % ni tashkil etganligini ko‘rish mumkin. 2019-yilda 2010-yilga nisbatan o‘sish kuzatilgan bo‘lsada, lekin ushbu ko‘rsatkichlarda pasayish xususiyati ko‘rinadi. Sanoatning oziq-ovqat, noziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi tarmoqlarida kichik biznes subyektlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan jami investitsiyalar hajmidagi ulushining oshib borishi ularning yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan investitsiya maqsadlarida jalb qilinayotgan uzoq muddatli kreditlari hajmining oshishi bilan bog‘liqdir. Shu sababli kichik biznes subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibida o‘z mablag‘lari va bank kreditlarining ulushi eng yuqori salmoqni tashkil etadi. 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznesning investitsiyalardai ulushi 38 % ni tashkil etib, 2019-yilning ushbu davriga kelib esa 47 % ni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan eksportni har tomonlama rag‘batlantirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga integratsiya qilish va ilgari surishni infratuzilmani rivojlantirish, ayniqsa, xususiy tarmoqning eksport salohiyatini oshirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Davlat investitsion faollikni, ayniqsa, O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarning kirib kelishini har tomonlama qo’llab-quvvatlanmoqda. Bu investitsiyalar iqtisodiyotning eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlariga yo‘llanmoqda. Davlat qonunda belgilangan chora-tadbirlar yordamida kichik biznes subyektlari tomonidan tashqi bozorlarda sotishga mo‘ljallangan tovar va xizmatlar ulushi oshishini har tomonlama qo’llab-quvvatlanmoqda. Ushbu tovarlarning xorijda belgilangan standartlarga mos kelishi va shu orqali ularning xorijiy bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ham ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling