Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari
-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat YaIM dagi ulushi, foizda26
Download 0.54 Mb.
|
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1-jadval Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 27
- 2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y.
- 2.2-jadval Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko‘rsatkichlari hajmi 28
- Ko‘rsatkichlar 2017 2018 2019
- 2.2-rasm. 2022-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi, foizda 29
- 2.3-rasm. 2016-2022 yillarda qurilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi, foizda 30
2.1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat YaIM dagi ulushi, foizda26
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining davlat tomonidan amalda qo‘llab-quvvatlanishi oqibatida bugungi kunga kelib ushbu sohaning jadal sur’atlarda rivojlanishiga olib keldi. 2.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2000-yilda YaIM da kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 31 foizni tashkil etgan, 2017-yilga kelib ushbu sohaning ulushi 63,6 foizga yetganligi fikrimizning yaqqol isbotidir. 2021-yilning yanvar dekabr oylarida kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 54,9 % ni tashkil qildi YaIMning o‘tgan yilga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan izohlanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanib borishida alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida mamlakatimizda tashkil etilayotgan va faoliyat olib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining soni ortib borayotganligini ko‘rsatish mumkin. 2.1-jadval Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni27
Yanvar-dekabr oylarida 92,9 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 martaga ko‘pdir. 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jami miqdoridan eng ko‘p ulush Toshkent shahri - 19,7 %, Toshkent viloyati - 10,4 %, Samarqand viloyati - 8,6 %, Navoiy viloyati - 7,7 %, Farg‘ona viloyati - 7,2 %, Andijon viloyati - 7,1 %, Buxoro viloyati - 6,6 %, Namangan viloyati - 5,9 % va Qashqadaryo viloyatida - 5,6 %ni tashkil etdi (2.1-jadval). Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarni 2017-2021-yillar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, barcha sohalarda o‘sish kuzatilgan. Ikki yilda ham eng ko‘p tashkil etilgan korxonalar savdo sohasidadir. 2018-yilda 11713 ta korxona tashkil etilgan bo‘lib, 2021-yilda ushbu raqam 24587 ta ga oshib 36300 tani tashkil etgan. 2.2-jadval Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko‘rsatkichlari hajmi28
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasidafi davlatning strategik iqtisodiy siyosati tufayli mamlakatimizda ushbu soha subyektlari uchun qulay makroiqtisodiy muhit yaratildi. Jumladan, biznesni ro‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarni berish jarayonlari soddalashtirildi, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi cheklandi, tadbirkorlik subyektlari topshiradigan hisobotlarning barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirildi, birjalar orqali talab yuqori bo‘lgan resurslardan keng foydalanishga imkon beradigan bozor mexanizmi shakllandi. Qulay biznes muhitning yaratilganligi iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining ortib borishini ta’minlamoqda. Quyidagi rasmda 2019-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi ko‘rsatilgan. 2.2-rasm. 2022-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi, foizda29 Yuqorida keltirilgan rasmda, birgina 2022-yilda kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi ko‘rsatilgan. Ushbu ko‘rsatkichlarni yillar kesimida tahlil qilish maqsadga mos keladi. Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilishdagi ahamiyati nihoyatda yuqori bo‘lib, soha vakillari qurilish ishlarida jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Qishloq joylarda namunaviy uylar qurish bo‘yicha Hukumat dasturlarining qabul qilinishi kichik biznes subyektlari tomonidan respublikamizda, shu jumladan qishloq joylarda qurilish ishlari hajmining barqaror o‘sishini ta’minladi. Turar joylarning qurilishi bilan birga, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, qishloq vrachlik punktlari, umumta’lim muassasalari, xizmat ko‘rsatish va servis sohalaridagi obyektlarning qurilishi kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilmoqda. 2.3-rasm. 2016-2022 yillarda qurilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi, foizda30 2.4-rasmda keltirilgan ma’lumotlar tahlil etilayotgan davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilish ishlari bajarishdagi ulushining o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. 2010-yilda kichik biznesning qurilishdagi ulushi 52,5 % ni tashkil etib, 2015-yilda esa 2010-yilga nisbatan 14,2 % ga o‘sish, 2017-yilda esa 2016-yilga nisbatan 2,1 % ga pasayish kuzatilgan. 2018-2019 yillarda esa o‘sish kuzatilib, ushbu ko‘rsatkich 2019-yilda 75,4 % ni tashkil etganligini ko‘rish mumkin. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligida chuqur tarkibiy islohotlar o‘tkazilib, sohada bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalarni hal etishga katta e’tibor berildi. Bugungi kunda fermerlik harakati jadal rivojlanib, dehqonchilikda g‘allachilik, paxtachilik, sholikorlik, meva-savzavotchilik va chorvachilik esa qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik yo‘nalishlarida va mahsulotlarni qayta ishlash sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari rivojlanib bormoqda. Tahlil etilayotgan davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qishloq xo‘jaligidagi ulushi ko‘rsatkichlarida faqat o‘sish kuzatilgan, ushbu davrda ushbu ko‘rsatkich 90 % dan yuqori miqdorni tashkil etganligini ko‘rish mumkin. Respublikamizda fermer xo‘jaliklarining yuqori sur’atlarda rivojlanishi natijasida 2016-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 70,1 % dan 98,3 % ga o‘sgan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling