Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


Bitiruv malakaviy оbyеkti vа prеdmеti


Download 0.54 Mb.
bet3/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

Bitiruv malakaviy оbyеkti vа prеdmеti. mamlakatimizdagi kiсhik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlik subyеktlаrining ishlab chiqarish fаоliyаti hаmdа uning stаtistik kо’rsаtkiсhlаri hisоblаnаdi.
Prеdmеtini. iqtisodiy faollikni ta’minlashda kiсhik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlikning ahamiyatini oshirish bilаn bоg‘liq bо’lgаn munоsаbаtlаr tаshkil etadi.
Bitiruv malakaviyishining mаqsаdi vа vаzifаlаri. О’zbеkistоn Rеspublikаsida iqtisodiy faollikni ta’minlashda kiсhik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlikning imkоniyаtlаri vа sаlоhiyаtidаn sаmаrаli fоydаlаnish yо’llаrini hаmdа uning ahamiyatini oshirishga qаrаtilgаn ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlаb сhiqishdаn ibоrаt.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari sifatida belgilangan:

  • Iqtisodiy faollik tushunchasi va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy faollikdagi ahamiyatini asoslash;

  • Bandlikni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rnini tadqiq etish;

  • Ishlab chiqarish faoliyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish;

  • Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda va hududlar doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi tahlil qilish;

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishida banklarning o‘rnini yoritish;

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligini ta’minlashdagi rolini oshirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

  • Kichik biznes korxonalarida innovatsion faollikni oshirish yo‘llarini asoslash.

I BOB. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan boshlab iqtisodiyotda “lokomotiv” vazifasini bajarish, iqtisodiy faollikni ta’minlash mezoni hisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Bizning bosh vazifamiz – tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlashdir. Biznes bilan shug‘ullanayotgan har kishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga astoydil ishonch bo‘lishi shart. Odamlar biznes bilan shug‘ullanishdan manfaatdor bo‘lishi zarur. Tadbirkor va xalq boy bo‘lsa – mamlakat ham boy bo‘ladi”4.
Iqtisodiyotning ushbu tarmog’i ulushi va ahamiyatini kengayishiga mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, davlat tomonidan keng doirada qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish, xususiy mulk huquqlarini kafolatlash tizimini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlar natijasida kichik biznes va tadbirkorlik mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida yetakchi kuchga aylanmoqda.
Tadbirkorlik faoliyati azaldan iqtisod va moliya sohasi olimlarining diqqat e’tiborida bo‘lib kelgan. Tadbirkorlik tushunchasi XVI asrdan boshlab iqtisodchilar, ruhshunoslar, siyosatshunoslar fikrini o‘ziga jalb eta boshladi. J.B.Sey, A.Marshall, V.Zombramb, Y.Shumpeter, F.Noytlar tadbirkorlik ilmining asoschilari hisoblanadi va “tadbirkorlik” kategoriyasini ilmiy muomalaga kiritishda ularning xizmatlari kattadir. “Tadbirkorlik” kategoriyasiga birinchi ilmiy ta’rifni XVIII asr boshida ingliz olimi R.Kantil’on bergan. Uning ta’kidlashicha, “tadbirkor – bu foyda olish maqsadida o‘zlarini o‘tga-cho‘qqa urib bo‘lsa ham, bozor ayirboshlashga intiluvchi kishilarning yangi qatlamidir”. U tadbirkorlik bozor talabi va taklifi o‘rtasidagi farqni sezgan olda ish tutishdek foyda keltirish xususiyati ekanligini, bu arzonga olib, qimmatga sotish uchun imkon berishini anglagan. Bu imkoniyatdan foydalana olgan va tavakkalchilik bilan ish tutuvchilarni “tadbirkorlar” deb bilgan. Demak, R.Kantilonnning fikricha, tadbirkor – bozor imkoniyatlarini ko‘ra oladigan shaxs. U foyda olish uchun bu imkoniyatlardan tadbirkorlik bilan foydalanadi. R.Kantilon tavakkalchilikni tadbirkorlikning eng muhim ko‘rsatkichi deb hisoblagan.
A.Smit, D.Rikardo, Dj.S,Malyalar tadbirkorlik mohiyatini tadqiq etishda uning vazifalarini amalda ajratmaganlar, ishlab chiqarish va kapital qo‘yishni avtomatik ravishdagi jarayon, har qanday ko‘ra bilish tavakkalchilikni baholashda muhim qarorlar qabul qilishni talab etmaydi, deb hisoblashgan.
XVIII asrning oxiri – XIX asrning boshlarida fransuz iqtisodchisi Jan Batist Sey esa tadbirkorni “Vositachi, ishlab chiqarish omillarining muvofiqlashtiruvchisi, tajriba va bilim egasi” deb ta’riflaydi5. J.B.Sey tadbirkorlikni korxonaga kapitalni taqdim etish funksiyasini ajratgan va tadbirkorlik qobiliyatini ishlab chiqarish omillarini birlashtirishdek xo‘jalik faoliyatida ko‘rgan. Uning fikricha, tadbirkor ishlab chiqarish omillari – kapital, mehnat, tabiiy resurslardan oqilona, o‘rniga qo‘yib foydalanadi6. J.B.Sey o‘zining ushbu ta’rifida yuqoridagi fikrlarini yanada aniqroq bayon etadi, ya’ni: “tadbirkor - bu ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtiradigan yoki iqtisodiy resurslarni past unumdorlik va foydalilik sohasidan yuqori foydalilik va unumdorlik sohasiga yo‘naltiradigan iqtisodiy agentdir” - deydi7.
Tadbirkorlik nazriyasiga muhim hissa qo‘shgan avstriya iqtisodchisi I.Shumpeter o‘zining 1912 yilda yozgan “Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” kitobida “tadbirkor – ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangicha kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydigan kishi” – deb ataydi. U tadbirkorlikning besh muhim tomonini: iste’molchilarga noma’lum yangi tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish; yangi ishlab chiqarish vositalarini qo‘llash va mavjud tovarlar tijoriyligini ta’minlash; yangi tovarlarni o‘zlashtirishi; yangi xom ashyolardan foydalanishi; tarmoqni takomillashtirishini ko‘rsatib beradi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida tadbirkorlik tadqiqotlariga munosib xissa qo‘shgan nemis tarixiy maktabi namoyondalari M.Veber va V.Zombratlar tadbirkorlikni fikrlar qobiliyati bilan bog‘lab, “tadbirkor - kasb-hunari doirasida doimo qonuniy foyda olishga harakat qiladi” - deydi8.
P.Druker fikricha, tadbirkorlik innovatsiyani boshqarish jarayoni bo‘lib, texnologiyalarni o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. U global masala sifatida “tadbirkorlik jamiyati” g‘oyasini ilgari suradi va uqtiradi, qaerdaki barqaror va normal holat bo‘lsa, innovatsiya va tadbirkorlikni rivojlantiradi, deb o‘ylaydi9. U tadbirkorni har bir imkoniyatdan maksimal darajada foydalanuvchi shaxs sifatida talqin etadi.
Angliyalik professor Alan Xoskingning ta’kidlashicha “tadbirkor - bu o‘z hisobiga ish yurituvchi, biznesni boshqarish bilan shaxsan shug‘ullanuvchi va zarur mablag‘lar bilan ta’minlashdagi mas’uliyatni o‘z gardaniga olgan mustaqil qarorlar qabul qiluvchi shaxsdir”10.
Hozirgi zamon iqtisodchilari amaliyotda «tadbirkor», «kichik biznes» va «kichik tadbirkorlik» tushunchalarini bir xil ma’noga ega, deb o‘ylaydilar. Iqtisodiy adabiyotlarda «tadbirkor», «kichik biznes» va «kichik tadbirkorlik» tushunchalariga olimlar tomonidan berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Ularda «kapitalizmgacha biznes bo‘lmagan,”, degan fikr ham uchraydi. Axir bu, iqtisodiyot bo‘lmagan, deyish bilan barobar-ku! Ba’zi adabiyotlarda esa, “biznes kategoriyasi kundalik ilmiy muomalaga kapitalizmga o‘tish davrida kiritilgan»3, deb tushuntirilsa, iqtisodchilardan S.S.G‘ulomov, A.F.Dogil, B.A.Semenov «Biznes tadbirkorlikka nisbatan keng ma’noga ega. Tadbirkorlik faoliyati biznes faoliyatining bir shakli sifatida iqtisodiyotning turli sohalarida amalga oshiriladi»4, I.A.Arxipov esa «Biznes foyda olish uchun bo‘lgan ishlab chiqarish, bandlik, tadbirkorlikdir»5, deb o‘ylaydi.
Biznes – pul topishga, foyda olishga yo‘naltirilgan iqtisodiy faoliyat. U xo‘jalik ko‘lamiga qarab, yirik, kichik va xususiy turlarga bo‘linadi, mantiqiy jihatdan esa, bir qancha ma’nolarga ega: a) mutaxassislik; b) tijorat faoliyati; v) savdo korxonasi, firma; g) foydali bitim6. Ijtimoiy-iqtisodiy nazardan qaraganda, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish ma’lum huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy xavf-xatardan holi bo‘lmagan faoliyat, talab va taklif, boshqaruv tamoyillari, usullari, qarorlari va strategiyalari qonuni asosida harakatda bo‘ladigan jarayondir. Tadbirkorlik faoliyati boshqaruvi tarixiy, iqtisodiy kategoriyadir. Uning rivojlanishi samaradorligini oshirilishi erkin iqtisodiy rivojlanishga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan iqtisodiyotgina tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yarata oladi.
Yetuk mahalliy olimlarimizdan akademik S.G‘ulomovning fikriga ko‘ra “Tadbirkor shunday insonki, u pul mablag‘lari, materiallar va ishchi kuchini jamlashtirib, yangi mahsulot, yangi biznes, yangi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi yoki ishni tashkil etishning takomillashganroq usulini yaratadi”11.
Professor Yo.Abdullaev va F.Karimovlar ta’rifiga ko‘ra “tadbirkor - bu bozor iqtisodiyotida xo‘jalik yuritishning asosiy sub’ekti hisoblanadi. Tadbirkor yakka shaxs sifatida ham, ishlab chiqarish omillarini birlashtiruvchi kishilar guruhi sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkinki, bu kishilar o‘zlari ixtiyorida bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini ish kuchi bilan, bu ish kuchini sotib olish va xo‘jalik faoliyatida undan foydalanish yordamida birlashtiradilar”12. B.Xodiev esa “tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi, uni ostida mustaqil tashabbus, javobgarlik, yangilik kirituvchi, tadbirkorlik g‘oyasiga asoslangan, foyda olishga yo‘naltirilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir” – deb ta’rif beradi13.




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling