Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlari


Download 0.54 Mb.
bet5/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

1.2 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlari
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. Jumladan, hozirgi pandemiya davrida ham 10 ga yaqin farmon va qarorlari qabul qilindi. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa ko‘plab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi.
Mamlakatimiz va xorijlik iqtisodchi olimlarning xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ular faoliyatini baholash mezonlariga bag‘ishlangan qator ilmiy ishlari mavjud. AQShda monetar siyosatning samarali amalga oshirilishi asoschilaridan biri M.Fridmen daromadlarning notengligi omillari statistik taqsimotni aniq ko‘rsatmasligini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, iste’mol jihatidan daromadlarning taqsimoti ularni yuzaga keltiruvchi sabablarga bog‘liq va u buni asoslab beradi.
Pandemiya sharoitida M.Fridmen fikrini to‘ldirib daromadlarning notengligi yanada murakkab darajasi ortishini ko‘rsatadi. Bunday sharoitda tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha tizimli islohotlarni amalga oshirish kerakligini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiy tarmoqlarni faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlash, shuningdek ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978- sonli “Koronavirus pondemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab quvvatlashga doir qo‘shimcha-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabil qilindi16. Ushbu farmonda bajarilishi kerak bo‘lgan bir nechta takliflar va tadbirlar quyidagicha belgilab berildi;

  • 2020 yil 31 dekabriga qadar kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish uchun olib kiriladigan xom ashyo, materiallar, aksessuarlar va butlovchi qismlarning narxini pasaytirishga alohida e’tibor qaratgan holda, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar berilganligi;

  • korantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy belgilangan summasini hisoblash to‘xtatilganligi;

  • o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki tovarlar realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi o‘rtacha oylik miqdoriga nisbatan ko‘proqqa kamaygan mikrofirma va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020 yil 1 oktabriga qadar soliqlarni foizsiz (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi berilganligi;

Ijtimoiy va davlat tarmog’idagi innovatsiyalar sohasi mutaxassisi B. Rajabovning koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri haqida yozgan maqolasida ”...dunyo iqtisodiyotiga yetkazilgan zararni inqiroz cho‘qqisidan o‘tganidan so‘ng, umumiy tarzda hisoblash mumkin bo‘ladi. Iqtisodiyotga pandemiyaning o‘zi emas, balki u bilan bog‘liq cheklovlar salbiy ta’sir ko‘rsatadi” deb fikr bildirgan17. Biroq, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasi shuni ko‘rsatdiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari rivojlantirish masalalari xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha yetarlicha tadqiq etilmagan.
Jahon amaliyotida milliy iqtisodiyotlarning barqaror rivojlanishida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyati muhim o‘rin egallab, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etishda yetakchi rol o‘ynaydi. Eurostat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Italiyada 3,7 mln., Fransiyada 2,9 mln., Ispaniyada 2,4 mln., Germaniyada 2,3 mln. va Buyuk Britaniyada 1,9 mln. ta kichik biznes subyektlari faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu sohada Germaniyada 17,8 mln., Italiyada 11,2 mln., Buyuk Britaniyada 10,3 mln., Fransiyada 9,0 mln. va Ispaniyada 8,0 mln aholi doimiy ish bilan band bo‘lgan18. Shu sababli ham jahonning rivojlangan mamlakatlarida barqaror va yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga katta ahamiyat e’tibor berilmoqda. Sababi, bandlik, ijtimoiy himoya, mahsulot va xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqarishda bu soha muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish jarayonlarining tashkiliyiqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, joylarda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kuchaytirish, aholini ish bilan ta’minlash va daromadlarini oshirish borasidagi imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida - tadbirkorlikni keng rivojlantirish va bu soha uchun yangi sharoitlar yaratishga barcha imkoniyatlarimizni safarbar etyapmiz. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o‘z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9 trillion so‘m kreditlar berildi. Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik19 deb ta’kidlab o‘tgan. Yurtimizda keyingi yillarda ham ijtimoiy ham iqtisodiy soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga, ular uchun qulay infratuzilma yaratishga katta e’tibor e’tibor berilmoqda.
Aholini xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish orqali, nafaqat aholining bandligini ta’minlash, eng asosiysi ularning turmush darajasini yaxshilash bugungi globallashuv davrining ustuvor vazifalaridandir. Shu sababdan, bu borada ko‘pgina rivojlangan davlatlar xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini qo‘llabquvvatlamoqda, chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘rta sinf shakllanishining asosi bo‘lib, uning mavjudligi va hajmi davlatning iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilaydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik zamonaviy bozorni boshqarish tizimining asosiy elementi bo‘lib, rivojlangan bozor iqtisodiyoti mavjudligini kafolatlaydi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning budjetini to‘ldirishning asosiy vositasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdan olinadigan soliq tushumidir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik raqobat, iqtisodiy tashabbuskorlik va mamlakat fuqarolarining faolligini oshirishga imkon beradi, bu esa tovarlar va xizmatlar narxlarining ko‘tarilishini oldini oladi va tadbirkorlarni mahsulot sifatini doimiy ravishda yaxshilashga va yangi texnologiyalarni joriy etishga undaydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash ishsizlik muammosini hal qilish usullaridan biri hisoblanadi - bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu sohada fuqarolarning 50 dan 90 foizigacha mehnat qiladi20. Xalqaro moliya fondi (IMF)ning ma’lumotiga asosan, ― bugungi kunda dunyoda 90 foiz korxonalar kichik va o‘rta biznesga tegishli bo‘lib, ular butun dunyoning 63 foiz aholisini ish bilan ta’minlamoqda. Yevropa Ittifoqi miqyosida kichik va o‘rta biznesning umumiy salmog‘i 99,8 foizni tashkil etgani holda 85 foiz aholini ish bilan ta’minlab, jami qo‘shilgan qiymatning 58 foizini yaratishda ishtirok etmoqda21. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti YaIMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushi salmoqli ulushni tashkil etadi. Shu sababli ham ushbu soha subyektlariga davlat tomonidan turli xil imtiyozlar, rag‘batlar berilib bu soha vakillarini har tomonlama qo‘llab – quvvatlab kelinadi. Masalan, Fransiyada davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning quyidagicha amalga oshiriladi:
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini tizimli ravishda zaruriy axborotlar bilan ta’minlash;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki bozorlarda raqobatbardoshliligini ta’minlash va sotishda amaliy ko‘maklashish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksport salohiyatini oshirish va uni rag‘batlantirish;
- moliyaviy yordam ko‘rsatish; Rivojlangan mamlakatlarda biznes mutaxassislari tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Ba’zi mutaxassislarning fikriga ko‘ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi ta’lim hattoki moliyaviy kredit ajratishdan ham muhimroq ekanligini ta’kidlashadilar. Kanada davlatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli dasturlar amalga oshirilib, boshqaruv ko‘magi (axborot, texnik, marketing) bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi. Kanada bandlik va emigratsiya vazirligi tizimiga qarashli bandlik markazlari kichik korxonalarga ishchilarni tanlash va yollash borasida yordam ko‘rsatadi; turli masalalar, xususan, rejalashtirish, ijtimoiy sug‘urta va boshqalar bo‘yicha maslahatlar beradi. Kanada Federal banki 75 kishidan kam xodimlar soniga ega korxonalarga maslahat yordami ko‘rsatadi. Bu yerda mijoz muammolari tahlil qilinib, yechimlari ko‘rsatiladi, shuningdek, amalga oshirish bo‘yicha ular bilan birga ishlaydilar, strategik va moliyaviy rejalashtirishga doir xizmatlar ko‘rsatib borilishi yo‘lga qo‘yilgan22. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotda band bo‘lganlar sonidagi ulushi turli xorijiy davlatlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanganda, Yaponiyada bu ko‘rsatkich 78,0 foizni, Italiyada 71,0 foizni, Germaniyada 69,5 foizni, Buyuk Britaniyada 56,0 foizni, AQShda 54,0 foizni, Rossiyada 25,6 foizni23 tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. 90 yillarning boshlarida AQShda 26,15 foiz korxona o‘ta mayda 28,4 foizi – mayda, Yaponiyada mos ravishda 49,4 foiz va 28 foiz, Buyuk Britaniyada – 26 foiz va 23 foiz, Fransiyada 32 foiz va 28 foizni tashkil qiladi, bu yerda o‘ta mayda korxonalarga 19 nafargacha, mayda korxonalarga 99 kishigacha ishchi band bo‘lgan firmalar kiradi. AQShda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari muammolari bilan ikki idora – kichik biznes ma’muriyati (KBM) va kichik biznes ishlari bo‘yicha Kongress qo‘mitasi shug‘ullanadi. Ularda 4-5 ming xodim faoliyat ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: faqatgina kichik va o‘rta korxona muammolarini yechish uchun mo‘ljallangan. KBM mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va turli xildagi moliyaviy institutlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratadi.
Unda quyidagi dasturlar ishlab chiqilgan: - kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturi (o‘z ichiga 7 ta dasturni oladi, “7 a kafolatli kreditlar” dasturi tayanch dastur hisoblanadi); - innovatsion kichik korxonani qo‘llab-quvvatlash dasturi (3 ta dasturdan iborat); - maslahat berish, o‘qitish, texyordam va axborot xizmatlari bo‘yicha dasturlar (10 ta dasturdan iborat); - tabiiy ofatlarda yordam dasturi (6 ta dastur); - kichik korxonaning eksport imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha dastur (bu yo‘nalish 4 ta dasturni o‘z ichiga oladi); - milliy kamchil bo‘lgan va manfaatlari bo‘g‘ib qo‘yilgan guruhlarni qo‘llabquvvatlash dasturi (o‘z ichiga 7 ta dasturni oladi); - ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi (3 ta dastur). AQShda kichik mulkchilik shaklini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jami 61 ta maxsuslashtirilgan dastur ishlab chiqilgan. Dunyoning boshqa hech qaysi mamlakatida bunday qudratli amal qiluvchi dasturlar mavjud emas. Bundan tashqari kichik va o‘rta tadbirkorlikni soliq sohasida rag‘batlantirishning KBM tajribasi ham diqqatga sazovor. U chegarali soliq stavkalarining bosqichma-bosqich kamayib borishidan va tor soliq bazasida soliqqa tortishni kamaytirish va soliq imtiyozlaridan keng doirada foydalanishni ko‘zda tutadi. Bu esa sanoatda, хizmatlar sohasida va savdoda investitsiyalar oqimini ta’minlaydi24.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling