Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


III bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………


Download 0.54 Mb.
bet2/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

III bob bo‘yicha xulosa………………………………………………….

73




XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………

74




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………

77




KIRISH
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon hamjamiyatida kuzatilayotgan global iqtisodiy inqiroz va iqtisodiyotni transformatsiyalashuvi sharoitida O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy bozor iqtisodiyotini yanada mustahkamlashda va yuzaga chiqayotgan iqtisodiy muammolarni barataraf etishda davlatning yetakchi fiskal siyosatini amalga oshirish bugungi kun talablaridan biri ekanligi bilan dolzarb hisoblanadi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynab shubhasizki, ularsiz zamonaviy bozor iqtisodiyoti amal qilishi va rivojlanishi mumkin emas. Shu sababli zamonaviy bozor iqtisodiyoti va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, shart sharoitlar yaratish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ta’kidlash o‘rinliki, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish, uning qonuniy-me’yoriy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Kam xarajat talab qiladigan, tez modernizatsiya qilinadigan va bozor konyukturasining o‘zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha oladigan biznes yuritish zamon talabiga aylangan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldiradigan, iqtisodiyotni tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim sektor hisoblanadi. Shunday ekan, dunyo mamlakatlar iqtisodiyotiga hali hanuz davom etayotgan pandemiya iqtisodiyotning lokal tarmoqlaridan hisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvatlash bo‘yicha yangicha talqindagi tamoyillar asosida rivojlantirishni tug‘dirmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar zamirida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu islohotlar ta’sirida bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni; yalpi ichki mahsulotning o‘sishi, aholi bandligi ta’minlash bilan birga, iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonlaridagi faol ishtiroki orqali namoyon bo‘lmoqda. Istiqbolda tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirishga doir islohotlarni amalga oshirish zaruriyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagicha to‘xtalib o‘tgan edi: “...pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan teppa-teng hissa qo‘shdilar. Shuning uchun barchamiz tadbirkorlarga yelkadosh bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashimiz shart1.”
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida jahon mamlakatlarining deyarli barchasida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalasi iqtisodiy faollikni ta’minlovchi va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshiruvchi vosita sifatida qaralmoqda. Chunki, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish davrida bozor konyunkturasi o‘zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi nuqtai nazaridan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro moliya fondi (IMF) ning hisobotiga ko‘ra, “bugungi kunda dunyoda 90 % korxonalar kichik va o‘rta biznesga tegishli bo‘lib, ular butun dunyoning 63 foiz aholisini ish bilan ta’minlamoqda. Yevropa Ittifoqi miqyosida kichik va o‘rta biznesning salmog‘i 99,8 % ni tashkil etgan holda 85 % aholini ish bilan ta’minlab, jami qo‘shilgan qiymatning 58 % ini yaratishda ishtirok etmoqda”2
Ta’kidlash joziki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini izchil rivojlantirish natijasida aholining samarali bandligini ta’minlash, joylarda tashabbuskorlikni rag‘batlantirish orqali aholi orasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Shu sababdan ham, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatda o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, ichki bozorni nisbatan arzon va sifatli zaruriy tovarlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishga, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish orqali mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirish va pirovardida esa mamlakatda iqtisodiy faollikni oshirish masalalariga alohida e’tibor e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Bizning bosh vazifamiz – tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlashdir. Biznes bilan shug‘ullanayotgan har kishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga astoydil ishonch bo‘lishi shart. Odamlar biznes bilan shug‘ullanishdan manfaatdor bo‘lishi zarur. Tadbirkor va xalq boy bo‘lsa – mamlakat ham boy bo‘ladi”3.
Yuqоridа tа’kidlаb o‘tilgаn mаsаlаlаrdаn kеlib сhiqib, аytish mumkinki, raqmali iqtisоdiyоtni rivojlantirish shаrоitidа kiсhik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlikning iqtisоdiy faollikni oshirishdаgi imkоniyаtlаri vа sаlоhiyаtidаn sаmаrаli fоydаlаnish imkоniyаtlаrini сhuqurroq tаdqiq etish vа shu аsоsdа mаzkur sоhаni tаkоmillаshtirishgа qаrаtilgаn ilmiy tаklif vа аmаliy tаvsiyаlаr ishlаb сhiqish zаrurligini ko‘rsаtаdi hmdaа mаgistrlik dissеrtаtsiyаsi mаvzusining dоlzаrbligini bеlgilаydi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling