Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 0.54 Mb.
bet25/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

Biznes g’oyasi
(Seed stage)



Subyektni tashkil etish
(Start-up stage)





Rivojlanish
(expansion stage)





Tugatilish
(liquidity stage)


3.7-rasm. Venchur loyihasini amalga oshirish bosqichlari66
Venchur moliyalashtirilishi jarayoni quyidagicha amalga oshadi: venchur jamg‘armasi venchur loyihasini amalga oshirayotgan biznes subyekti aksiyalarining bir qismini sotib oladi. Bunda jamg‘armani boshqaradigan yuridik shaxs loyihani amalga oshirish uchun bir nechta investorlar mablag‘larini jalb qilishi mumkin. Bu mablag‘lardan foydalangan venchur jamg‘armasi amalga oshirgan loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, kichik venchur biznesi subyekti aksiyalari qiymatini oshiradi, qiymati o‘sgan aksiyalar uning foyda ko‘rishini ta’minlaydi.
Venchur biznesini rivojlantirish asosida joriy etiladigan yuqori texnologiyalar rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga tezroq yaqinlashtirish imkonini beradi. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar jahonda venchur biznesni rivojlantirishda yetakchi davlatlar hisoblanadi. Janubiy Koreya asosan innovatsiyali venchur biznesini jadal rivojlantirish hisobiga aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy mahsulot hajmi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin olgan.
Venchur biznesini muvaffaqiyatli rivojlantirishda quyida keltirilayotganlarni amalga oshirish maqsadga mos keladi:

  • uzoq muddatli davlat investitsiya siyosati va venchur biznesini moliyalashtirishning aniq dasturi;

  • biznesni shakllantirish va samaradorligini ta’minlashning asosi hisoblangan inson kapitaliga investitsiyalar;

  • yuqori salohiyatga ega bo‘lgan venchur menejerlari;

  • innovatsiyalar, nou-xaular yaratishga qodir bo‘lgan ilmiy va intellectual salohiyat;

  • venchur biznesida raqobat muhitini shakllantirish va boshqalar.

Kichik biznesda innovatsion faollikni oshirishning yana bir asosiy yo‘nalishi – bu innovatsion infratuzilmani rivojlantirishdir. Innovatsion faoliyat obyektlari va subyektlari orasidagi samarali faoliyatning mavjud bo‘lishi bevosita innovatsion infratuzilmaga borib taqaladi, albatta. Shuning uchun ham innovatsion faoliyatning amal qilishiga ko‘maklashuvchi, turli tashkilotlardan tashkil topgan innovatsion infratuzilmaning shakllanishi zarur.
Innnovatsion infratuzilma – bu tashkiliy, boshqaruv, moddiy-texnik, moliyaviy, axborot, kadrlar bo‘yicha, konsalting va boshqa xizmatlarni mujassamlagan, innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga imkon beruvchi innovatsiya faoliyati subyektlarining majmuasidir(3.6-rasm).
Innovatsion infratuzilma g‘oyalar ishlab chiqaruvchi innovatorlar va bu g‘oyalarni muayyan mahsulot va xizmatlarda mujassam etuvchi innovatorlarning mehnatini taqsimlash asosida shakllantiriladi. Ushbu mehnat turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, lekin shu bilan bir qatorda o‘ziga xos hisoblanadi – agar “innovator-generator” yangi g‘oyalar ishlab chiqishni tashlab, o‘zining ishlanmalarini sanoat, texnologik jihatdan amalga oshirishga va ayniqsa, muayyan marketingga “yetkazish” bilan shug‘ullanadiga bo‘lsa, bunday holatda shu vaqt davomida yangi g‘oya ishlab chiqish jarayoni sezilarli darajada sekinlashib boradi yoki umuman to‘xtab qoladi, bu esa kelgusida yuqori ixtisoslashuv orqali yangi g‘oyalarni oxiriga yetkazish bilan shug‘ullanuvchilar ish bilan ta’minlanishiga va ish joylariga ta’sir ko‘rsatib boradi. Bu orqali infratuzilma ta’minotining bozor variantlari va bunday taqsimlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi kelib chiqishini ko‘rish mumkin.
Innovatsion jarayonni kichik biznes sohasidagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish mavjud ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni taqazo etib boradi. Asosiy e’tibor esa bozor raqobati sharoitida eng maqbul variantlarni tanlash va kichik korxonalarning faoliyatini har tomonlama jadallashtirishga qaratilishi kerak.
Fikrimizcha, kichik biznesga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani shakllantirishdan asosiy maqsad, uning obyektlari samarali faoliyat ko‘rsatishigina emas, balki ularning faoliyatini jamiyat manfaatlari, xususan, tizimli o‘zgartirish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini kengaytirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish uchun yo‘naltirishdan iboratdir.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy sektorning jadal rivojlanishini, uning mamlakat iqtisodiyotidagi hajmini oshirishni ta’minlash, kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va iqtisodiy faollikni ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni hal etishda venchur biznesni yanada rivojlantirish, bozor infratuzilmasi tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasi taraqqiyotining muhim shartidir.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling