Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari
Kasanachilikning kasanachilar uchun afzalliklari
Download 0.54 Mb.
|
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5-rasm. Kasanachilik faoliyatining kasanachilar uchun beradigan imkoniyatlari 62
Kasanachilikning kasanachilar uchun afzalliklari
Ishni boshlash va tugatish uchun qulay vaqtni belgilash imkonini beruvchi ish vaqtining egiluvchan grafigi, ya’ni kasanachi tomonidan ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlanishi. Afzallikning bu jihati ish jarayonida ayollarga bola tarbiyasi bilan shug’ullanish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga dam olish, sog’lomlashtirish va davo muolajalarini o‘tkazish uchun vaqt ajratish imkonini beradi Har bir xodim, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi qulayroq ish joyini yaratish imkoniyati (kasanachilar o‘z uyida stol-stul, kompyuter, AKT lar bilan jihozlangan dam olish xonasihga ega bo‘lishlari mumkin) Infratuzilma obyektlari bilan yetarlicha ta’minlanmagan hududlar yoki qishloq joylarida katta ahamiyatga ega bo‘lgan transport yoki geografik cheklovlarni olib tashlaydigan zamonaviy AKT lardan foydalangan holda faoliyat sohasini tanlashda shaxsiy imkoniyatlarini kengaytirish 3.5-rasm. Kasanachilik faoliyatining kasanachilar uchun beradigan imkoniyatlari62 Bugungi kunda kasanachilik bandlikning faol rivojlanayotgan nostandart shakli hisoblanadi. Mehnatni tashkil etishning ushbu shakliga nisbatan xodimlar va ish beruvchilar tomonidan talabning o‘sib borayotganligi uning mehnat munosabatlarining har bir subyektiga yaratayotgan ustunliklari bilan bog‘liq. Kasanachilik mehnatining asosiy ustunligi uning moslashuvchanligi, ya’ni u keng hududda amal qilish imkonini beradi, chunki xodim joylashgan masofa hal qiluvchi ahamiyatga ega emas va tomonlar buni maqsadga muvofiqlik tamoyilidan, shuningdek mehnatni tashkil etish va uning ish beruvchi tomonidan nazorat qilinishini ta’minlashning real imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilaydilar. Bundan tashqari, kasanachilik shakli ish beruvchi xarajatlarini pasaytirishga real imkoniyatlarini ochib beradi. Ishlab chiqarish va ma’muriy joylarni tejash, communal to‘lovlar, ijara to‘lovi, issiqlik va elektr ta’minoti xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi. Ish beruvchi uchun kasanachilik shaklining ustunligi ortiqcha investitsiyalarsiz ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkoniyatidir. Xulosa qilib aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda qo‘shimcha ish joylari tashkil etishning zamonaviy shakllari biznes faoliyatining muvaffaqiyatini ta’minlab, aholi bandligi, daromadlari va turmush daromadlarini oshirishning samarali vositalaridandir. Kichik biznesda bandlikning nostandart shakllaridan biri hisoblangan kasanachilik shakli mehnatga qobiliyatli aholi bandligi va oila byudjeti barqaror daromadini ta’minlash muammolarini hal etish yo‘lida, mulkiy, huquqiy va ijtimoiy mehnat muhofazasigina emas, balki mamlakatimizda shiddat bilan kechayotgan bozor munosabatlarida tobora keng namoyon bo‘layotgan moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar istiqbolidir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling