Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligini ta’minlashdagi rolini oshirish


Download 0.54 Mb.
bet19/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1590112
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
Axmedov Fayzullaxo\'ja Bmi (2)

3.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligini ta’minlashdagi rolini oshirish
Jahonda aholi daromadlarini oshirish, aholi daromadlari stratifikatsiya jarayonlarini baholash orqali mavjud kamchilik va muamolar yechimini ishlab chiqish, mintaqalar iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish sifati parametrlariga aholi daromadlari tabaqalanishining statistik bog‘liqligini aniqlash asosida iqtisodiy-ijtimoiy holatni baholash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda Birlashgan millatlar tashkiloti, xalqaro moliyaviy iqtisodiy tashkilotlar, nodavlat assotsiatsiyalarning faoliyatining bosh maqsadlaridan biri aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish borasida aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hisoblanadi. 2020-yil boshida dunyodagi o‘ta kambag‘allar soni 689 million kishini yoki dunyo aholisining 9,2 foizini tashkil qildi. Biroq, COVID-19 pandemiyasi, mintaqalardagi mojarolar va iqlim o‘zgarishi tufayli global qashshoqlik yuqori darajaga yetishga ulgurdi. 2020-yil uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Jahon banki qo‘shimcha 88-115 million kishi o‘ta qashshoqlik darajasiga tushib qolishini va ularning umumiy soni 703 milliondan 729 millionga yetishini prognoz qilmoqda. Bundan tashqari, qashshoqlik geografiyasi eng qashshoq Afrika davlatlaridan o‘rtacha daromadli mamlakatlarga qadar kengayib bormoqda, prognozlarga ko‘ra, 2022 yilning boshiga qashshoqlarning soni 82 foizigacha o‘sishi taxmin qilinmoqda53.
Jahon amaliyotida aholi real daromadlarini keskin tushib ketishi va qashshoqlikning tarqalishining yangi to‘lqini, birinchi navbatda, pandemiya davridagi karantin cheklovlari tufayli global iqtisodiyotdagi tanazzul bilan bog‘liq hisoblanadi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) hisob-kitoblariga asosan 2021-yilda jahon iqtisodiyoti 5 foizga sekinlashishini kutmoqda, bu 2009-yildagi global moliyaviy inqiroz davridagidan(2,3 foizga pasayish) ko‘proqdir. Xo‘sh mana shunday sharoitda, Jahon banki 2030 yilga borib o‘ta qashshoqlikni 3 foizga (yoki undan kam) kamaytirish maqsadiga yerisha oladimi? Ha, bu mumkin, lekin bu oson bo‘lmaydi. Global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi bilan odamlarga o‘ta qashshoqlikni yengish va turmush sharoitlarini yaxshilash yanada qiyinlashadi. 2030 yilga borib haddan tashqari qashshoqlikka barham berish uchun mamlakatlar inklyuziv o‘sishga erishishni maqsad qilgan ongli siyosiy qarorlar qabul qilishlari kerak; ta’lim, sog‘liqni saqlash, toza suv, oqava suvlarni tozalash inshootlari va aqlli infratuzilmaga sarmoya kiritishga ustuvor ahamiyat berish; eng kambag‘allarga foyda keltirish va odamlarga qiyinchilik bilan erishilgan yutuqlarni himoya qilish va qurg‘oqchilik, kasallik yoki iqtisodiy zarbalardan qashshoqlikka qaytishga yordam berish zarur bo‘ladi54. Natijada, Xalqaro mexnat tashkilotining (XMT) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yilning ikkinchi yarmida 305 million to‘liq ish joyi yo‘qolgan, bu ko‘rsatkich 2019-yil oxiriga nisbatan 10,5 foizga kam. Xalqaro amaliyotda, pandemiya inqirozi sharoitda aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy yordam ko‘rsatishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, kambag‘allikni kamaytirishva inqirozga qarshi maqsadli davlat dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda Shuningdek, aholining kambag‘allik darajasini baholashning aniq me’yorlarini ishlab chiqish, ushbu me’yorlarni aniqlashda davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligi, iqtisodiy o‘sish darajasi, aholi soni kabi omillarni hisobga olish borasida muhim tadqiqotlar olib borilmoqda.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling