Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati Reja
Download 51.78 Kb.
|
Mirkomildan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati Reja Kirish Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati,mazmuni va rivojlanish tarixi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning . mamlakatimiz iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning istiqbollari. Xulosa
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, oldimizda turgan murakkab va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirish borasida qanday hal qiluvchi o‘rin va ta’sirga ega bo‘lib borayotganiga bugun amaliy hayotimizda har qadamda guvoh bo‘lmoqdamiz. Va bu soha ertangi kunimiz, istiqbolimizning haqiqatan ham mustahkam poydevoriga aylanib, yanada rivojlanib borishi aniq va muqarrardir. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida va Respublika Oliy majlisi sessiyalarida qabul qilingan qonunlarda O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama madad berish, ularning samarali ishlashi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular yordamida mamlakat iste’mol bozorini yuqori sifatli tovarlar bilan to‘ldirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunga asosan biznes va tadbirkorlikning faoliyat sohalari, huquqlari, majburiyatlari, ma’suliyatlari va manfaatlarini himoya qilish davlat tomonidan kafolatlangan. 1995 yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi sessiyasida qabul qilingan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida» gi qonunda kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmonlarga yanada ko‘proq imtiyozlar berildi. Bu o‘z navbatida kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmonlarning ishchanligini yanada faollashtirishga, mamlakat yalpi milliy mahsuloti hajmini oshirishga, inflyatsiya jarayonlarini syokinlashtirishga, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirishga keng imkoniyat yaratdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes sohasi bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmonlarga talab yanada ortadi. Ulardan biri kichik va o‘rta biznes uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish, ularni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy bilimlar bilan qurollantirishdir. Bu yo‘nalishda zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza respublikada bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir vaqtda yaratilib, rivojlantirib borilmoqda. 2011-yil "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" munosabati bilan tadbirkorlik faoliyatiga katta etibor qaratildi. Yil davomida tadbirkorlik faoliyatiga taluqli bir-qancha qonunlar ishlab chiqildi va joriy qilindi. 2011 yilning to‘qqiz oyi davrda mamlakatda 33 mingta yangi kichik biznes sub’ekti tashkil etildi. Bu kichik biznes sub’ekti o‘rtasida esa o‘z navbatida turfirmalarga ham kengayotganlinidan dalolat beradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik biznes sub’ekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi. Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Bu ko’rsatgich 2000-yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan iborat edi. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ana shu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, kichik biznes shaklan kichik bo‘lishiga qaramasdan, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash muammosini hal etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda tobora katta rol o‘ynamoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati,mazmuni va rivojlanish tarixi. Tadbirkorlik o‘z ichiga ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. U huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy faoliyatni, ruhiy holatni, shu bilan birga tarixiy omillarni o‘z ichiga olib, mazmuni va mohiyati bo‘yicha unumli faoliyatni anglatadi. Tadbirkorlik tushunchasi XVI asrdan boshlab iqtisodchilar, ruxshunos va siyosatshunoslar fikrini o‘ziga jalb eta boshladi. J. B. Sey, A. Marshall, V. Zombramb, Y. Shumpeter, F. Noytlar tadbirkorlikning ilmiy asoschilari hisoblanadi. XVIII asrning boshida iqtisodiy nazariyaga birinchi bo‘lib tadbirkorlik tushunchasini Angliya iqtisodchisi R. Kantilon kiritgan edi. U tadbirkorni foyda olishi chegaralanmagan va bahosi aniq tovarlarni sotib oladi-yu, lekin sotish bahosi noaniq bo‘ladi, u tavakkalchi, taklifni talabga moslovchi, deb baholaydi. Jan Batist Sey esa tadbirkorni vositachi, ishlab chiqarish omillarining koordinatori, tajriba va bilim egasi, deb ta’riflaydi. V. Zombramb esa tadbirkorlikdagi tavakkalchilik faqat siyosat, savdodagina bo‘lmay, boshqa sohalarga ham xos deb, ularni qaroqchi va bosqinchilar bilan tenglashtiradi. Shumpeterni olsak, u tadbirkorlikning 5 muhim tomonini: iste’molchilarga noma’lum yangi tovarlar ishlab chiqarishi; yangi ishlab chiqarishni qo’llashi va mavjud tovarlar tijoriyligini ta’minlashi; yangi tovarlarni o‘zlashtirishi; yangi xom ashyolarni ishlatishi; tarmoqni takomillashtirishini ko‘rsatib beradi. Tadbirkor mulkdor bo‘lishi shart emas, u yollanuvchi bo‘lishi ham mumkin. Tadbirkor yangi kombinatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir, deb ta’kidlaydi. Hozirga kelib tadbirkor faoliyat doirasi ham mazmunan, miqdor va sifat jihatidan o‘zgardi. Endi u mahsulotni qachon, qancha, qayerga, kim uchun ishlab chiqarishi kerak degan masalalarni mustaqil hal etuvchiga aylandi. Bundan tashqari, qancha miqdorda ishlab chiqarish resurslari zarurligini aniqlaydi, ulardan oqilona foydalanish evaziga yuqori foyda olishga harakat qiladi. Olingan daromadlar evaziga davlat byudjeti to‘lovlarini to‘lash va faoliyatini yanada yuksaltirishni bosh maqsad deb hisoblaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib tadbirkorga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin: Download 51.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling