Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati Reja
Download 51.78 Kb.
|
Mirkomildan
Tadbirkor — o‘zida ma’lum bir miqdorda moliyaviy mablag‘ni tavakkal qilgan holda bozorga yangi g‘oya, mahsulot, xizmat va ishlar bilan kirib boruvchi ishbilarmon shaxsdir.
Tadbirkorlik va biznes tushunchalari mazmunan bir-biriga yaqin. U ishbilarmonlikdan kelib chiqqan munosabat bo‘lib, biron bir unumli ish, faoliyat bilan bog‘liqlikni anglatadi. Biznes bilan bog‘liq shaxs biznesmen deyiladi. Biznes - bu so‘z inglizchadan olingan bo‘lib, biznes - ish, men - odam degan ma’noni anglatadi. Biznes - tadbirkorlik, iqtisodiy kategoriya bo‘lib, xo‘jalik yuritish usuli, iqtisodiy fikrlash turidir. Tadbirkorlik yakka, guruh va jamoa holida yuz berishi mumkin, faoliyatlari biznes mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Umuman, biznes bilan shug‘ullanadiganlarni olsak, bu davlat, jamoa va xususiy korxonalar, tashkilotlardir. Biznes (business) — inglizcha so‘z bo‘lib, umumiqtisodiy atama sifatida xo‘jalik sub’ekti iqtisodiy qiziqishlaridan iborat faoliyat doirasini ifodalaydi. Biznes ishlab chiqarishni tashkil qilishdan iborat foydali mahsulotlar ishlab chiqarish hamda hizmatlar ko‘rsatish tizimidir. Biznes tushunchasi qachon, kim tomonidan qanday vaziyatda dastlab ishlatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarixiy manbalarda deyarli uchramaydi. Biznes so‘zi ingliz tilidan kelib chiqishiga qarab, uning vatanini Buyuk Britaniya deb olishimiz ham mumkin. Yana bir asos XVIII-XIX asrlardagi sanoat inqilobi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqiyot ham Buyuk Britaniyada yuz berganini ham misol qilishimiz mo‘mkin. Tadbirkorlik faoliyati natijalari xususiy mulk va mulkchilik munosabatlarining shakllanishi bilan yuzaga kelib, taraqqiy etgan bo‘lsada, uning tom ma’nodagi mohiyati zamonaviy biznesning qaror topishida iqtisodiy erkinlik asosida tadbirkorlik olib borilishida eng yaqqol ifodalanadi. Biznes bu foyda (daromad) olish bilan bog‘liq bo‘lgan unumli faoliyat yoki shaxsiy foyda (daromad) topish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar to‘plami. Biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni biznesmenlar yoki ishbilarmon tadbirkorlar deb yuritiladi. Tadbirkorlik ob’ekti deganda, avvalo ma’lum bir faoliyatni tushunamiz. Ular ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik, savdo-sotiq tadbirkorligi, moliya soxasidagi tadbirkorlik. Tadbirkorlik ishlab chiqarilgan tovar (ko‘rsatilgan xizmat)lar va shunga yarasha daromadga moddiylashadi. Daromad tadbirkorlik faoliyatini baholaydigan asosiy mezon hisoblanib, u faoliyatning barcha omillaridan oqilona foydalanishga bog‘liq. Tadbirkorlik boshida ma’lum bir sohada faoliyat ko‘rsatish imkonini belgilash uchun kerak bo‘lsa, so‘ngra bunday resurslarning yangi kombinatsiyalari tadbirkor uchun o‘ta zarur bo‘lib qoladi. Ko‘rinib turibdiki, real holatda tadbirkorlikning ob’ekti resurslar kombinatsiyasini amalga oshirishdan iborat ekan. Tadbirkorlikning shakllari orasida qo‘yidagi umumiyliklar mavjud:
Tadbirkorlikning mustaqilligi va erkinligi bozor mexanizmini ta’minlagan holda, aniq bir qaror qabul qilish imkonini berishni anglatadi. Tadbirkorlikning mustaqilligi bilan iqtisodiy manfaatdorligi uzviy bog‘langan. Daromadni, foydani yuqori darajaga yetkazish tadbirkorlik faoliyati mezonidir. Shuning uchun tadbirkorlik faoliyati strategiyasi yuqori daromad va foyda olishga qaratiladi. Tadbirkorlik faoliyatini hech qachon xavf-xatardan holi deb bo‘lmaydi. Sababi bozor raqobatdan xolis emas. Javobgarlik - bu mas’uliyatni his etish, imkoniyatdan ongli va oqilona foydalanish va bozorda o‘z o‘rnini saqlab qolish garovidir. Tadbirkorlikni taraqqiy etish nuqtai nazaridan: rivojlangan, rivojlanayotgan va rivojlanmagan tadbirkorlikka bo‘lishimiz mumkin. O‘tish davri uchun rivojlanayotgan tadbirkorlik hos bo‘lsa, taraqqiy etgan davlatlarga rivojlangan tadbirkorlik hosdir. Ayrim mamlakatlar taraqqiyoti darajasidan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, ularda rivojlanmagan tadbirkorlik ham mavjuddir. «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan kichik va xususiy tadbirkorlikning asosiy sub’ektlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va hisobot davriga ishlovchilar soni qo‘yidagi darajadan ortib ketmaydigan korxonalar kiradi: 50 kishigacha — sanoat va qurilish sohasidagi kichik korxonalar; 10 kishigacha — fan va fanga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarda; 25 kishigacha — qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda; 5 kishigacha — chakana savdo ishlab chiqarishda. Bunday korxonalarga ishlovchilar sonining hisobot davrida belgilangan miqdordan ortib ketishi qonunda belgilangan tartibda ko‘riladi. Qonunga ko‘ra kichik va xususiy biznes sub’ektlari tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi keng xalq iste’moli tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha jismoniy shaxslardir. Download 51.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling