Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati Reja


O‘zbekistonda tadbirkorlik va kichik biznesning yuzaga kelishi va rivojlanishi


Download 51.78 Kb.
bet3/6
Sana04.04.2023
Hajmi51.78 Kb.
#1328894
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mirkomildan

O‘zbekistonda tadbirkorlik va kichik biznesning yuzaga kelishi va rivojlanishi.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik haqidagi ma’lumotlar XVIII asrda R.Kantilson, A,Tyuorgo,F,Kene va J.Bosey asarlarida birinchi bor talqin qilingan bo‘lsada,O‘zbekiston tadbirkorlik sohasida o‘ziga xos tarixiy tajribaga ega. Buni yaqqol misoli tariqasida Temur tuzuklarida “Buyuk Ipak Yo‘li”ni bizning xududdan o‘tishini misol qilib olishimiz mumkin.
O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes taraqqiyoti bir necha tarixiy davrlarga bo‘linadi:

BIRINCHI DAVR «Vujudga kelish davri»


X1X asrning uchinchi choragidan 1917 yilga qadar iqtisodiyot xususiy bo‘limining rivojlanish pallasidir. Bu vaqtda O‘zbekistonda sarmoyadorlik tuzumi shakllanib kelayotgan edi.
Ma’lumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, inqilobdan avval O‘zbekiston hududida 50 ming xunarmand va kosiblar ishlab turgan.Ulardan qariyib 110 kishi sanoat mehnati bilan band bo‘lgan. Bundan tashqari, 1915 yili;

  • Toshkenda - 111ta,

  • Andijonda – 62ta

  • Samarkandda - 52ta,

- Qo‘qonda - 49ta,


- Namanganda - 44ta
- Marg‘ilonda - 9ta kichik va o‘rtacha korxonalar mavjud edi.

IKKINCHI DAVR «Stagnatsiya» («Harakatsizlik»)
Bu davr yetmish yillik vaqtni, 1918-1985 yillarni qamrab olgan va kichik biznes uchun yemiruvchi zamon hisoblangan. Bu vaqtda tadbirkorlik ma’muriy ravishda bostirilar edi. Ma’lumotlarga murojaat qilaylik:
Agar 1926 yili umumiy aholi orasida yakka dehqonlar va birlashmagan hunarmandlar soni 80,2% , ishchi va xizmatchilar esa 19,8 % tashkil etgan bo‘lsa,unda jamoatlashtirish va sanoatlashtirish tugashi bilanoq manzara keskin o‘zgardi..
1939 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, jamoa xo‘jaligi dehkonlari va birlashgan hunarmandlarning soni 64 %, ishchi va xizmatchilarniki esa - 32,2 % teng bo‘lgan va faqat 2,9 %, yakka dehqon hamda birlashmagan hunarmandlardan iborat bo‘lgan.
60 yillar boshida KPSS Dasturi qabul qilingandan so‘ng bu jabhaga keskin ravishda salbiy munosabatda bo‘lindi. Oqibatda O‘zbekistonda hunarmand va kosiblik bilan ishlab chiqarishlarida band bo‘lganlar soni xalq xo‘jaligida ishlaydiganlarning umumiy sonining 0,1% ham yetmasedi. Keyinchalik bu guruh hisobotda umuman qayd qilinmay qo‘yildi.
70 yillar o‘rtalariga kelib, kichik va o‘rtacha korxonalar soni - 30% kamroq va ularda 3,5% kam kishi ishlagan.

Download 51.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling