Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati Reja
-jadval Respublika YAIMda hududlardagi kichik korxonalarning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushining istiqbolda o‘sib borishi (foiz hisobida)*
Download 51.78 Kb.
|
Mirkomildan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika hududlari 2000 y 2005 y
- 2-jadval Istiqbolda hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi (million so‘m hisobida)
- Hududlar 2000 y 2005 y
1-jadval
Respublika YAIMda hududlardagi kichik korxonalarning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushining istiqbolda o‘sib borishi (foiz hisobida)*
*O‘zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi asosida hisoblandi. Respublikamizda kichik korxonalar tomonidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan foydalanish evaziga ta’minlash mumkin. Bizning hisoblarimizga ko‘ra, 2015 yilga borib, respublika bo‘yicha kichik biznesning ishlab chiqarilgan YAIM hajmidagi ulushini 61,1 foizga yetkazish, kichik tadbirkorlik korxonalarining yillik mahsulot ishlab chiqarishining o‘sishi 2,5 foizdan kam bo‘lmagan holatdagina amalga oshadi. Buning uchun hududlardagi kichik tadbirkorlik korxonalarning respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan YAIM dagi ulushi istiqbolda qo‘yidagi holatda o‘sib borishiga erishish zarur (5.3.1-jadval). Albatta bu ko‘rsatkich rivojlangan davlatlarda, masalan AQSH da 75-82 foiz, Yaponiyada 81 foizni, Italiyada 74 foizni tashkil etadi. Respublikamiz kichik biznesning bunday ko‘rsatkichlarga erishishi tadbirkorlik faolligi orqali amalga oshadi. Istiqbolda kutiladigan natijalar asosan kichik tadbirkorlikning faol rivojlanishi evaziga ro‘y beradi. Bu esa ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorining o‘sish dinamikasinita’minlaydi(5.3.2-jadval). 2-jadval Istiqbolda hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi (million so‘m hisobida)
*O‘zbekiston statistikasi axborotnomasi asosida hisoblandi. Hududlar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmining istiqbolda o‘sib borish dinamikasini korxonalar miqdorining o‘sib borish holati bo‘yicha tahlil etsak, bu holat qo‘shimcha yangi kichik korxonalarning tashkil etilishi hisobiga amalga oshadi. Yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan hududlarda yalpi hududiy mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi ta’minlanadi. Jumladan, kichik korxonalarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga istiqbolda ko‘zlangan natijalarga erishish ta’minlanadi. Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning natijalarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori bo‘lishiga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Xulosa qilib aytish mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan mamlakatimizda o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishamiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo‘lgan muhim sohaga aylanadi. Download 51.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling