Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati Reja
Download 51.78 Kb.
|
Mirkomildan
- Bu sahifa navigatsiya:
- TO‘RTINCHI DAVR «Tiklanish»(«Oyoqqa turish»)
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning . mamlakatimiz iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati
- Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risi”
UCHINCHI DAVR «Jonlanish»Bu davr sotsialistik iqtisodni isloh qilishdan boshlanib, SSSRning parchalanib ketishga qadar davom etdi (1985-1991)Bu esa, o‘z navbatida kichik biznesning noqonuniy negizdan chiqishga turtki berdi va uni ijobiy tarzda jadallashtirdi. Natijada 1991 yil 1 yanvaridayoq Respublikamizda 268,5 ming kishi (shu jumladan - 61,6 mingta ikki vazifani bajaruvchilar) ishlaydigan 9,7 mingdan oshiq amaldagi shirkatlar mavjud edi. Tadbirkorlikning bir shakli sifatida yakka mehnat faoliyati ham rivoj topdi: bunda 1990 yili 29,4 ming, 1991 yili esa 28,5 ming kishi ishlardi. Qo‘shma korxonalar soni 30taga yetdi.80-yillarning oxirida shirkat bo‘limida jami 1,5 mln. kishi, yakka bo‘limida 1,1mln. kishi ish bilan band edilar. TO‘RTINCHI DAVR «Tiklanish»(«Oyoqqa turish») O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgan vaqtdan boshlandi. Qisqa vaqt ichida kichik va o‘rtacha korxonalar rivojlanishini boshqaruvchi va rag‘batlantiruvchi asosiy me’yoriy-xuquqiy hujjatlar qabul qilindi. Natijada O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes iqtisodiyot taraqqiyotining asosiy tizimi tashkil etildi. Hukumatimiz tomonidan barcha tashkiliy, iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy asoslar tadbirkorlikning bosh maqsadi iqtisodiyotni barqarorlashtirish va uni kelgusida yuqori sur’atlar bilan rivojlantirishga qaratilgan, kichik va o‘rta korxonalarning unumli ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga intilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning . mamlakatimiz iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati Qayd etish lozimki, keyingi yillarda O‘zbekistonda bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish yo‘lidan izchil olg‘a siljish borasida keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi. 2011-2015 yillar davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlar miqyosini kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturini amalga oshirish doirasida faqatgina so‘nggi yilning o‘zida tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish, xususiy mulk ustuvorligini ta’minlash va uning huquqiy muhofazasini kuchaytirish, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga davlat va nazorat qiluvchi idoralar aralashuvini kamaytirishga oid aniq chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarildi. Tadbirkorlik sub’ektlarining davlat, huquqni muhofaza etuvchi va nazorat qiluvchi organlar bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi tamoyili qonun darajasida joriy etildi. Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish, ularni muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport tovarlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Kichik biznes sub’ektlarida ular ro‘yxatga olingan paytdan boshlab uch yil mobaynida soliqqa oid rejali tekshirishlar o‘tkazilishini taqiqlovchi tartib joriy etildi. Davlat tomonidan xarid qilishning yangi yanada takomillashtirilgan, ochiq va oshkora mexanizmi o‘rnatilganki, bunda kichik biznes sub’ektlariga afzallik beriladi. Barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish boshlandi. Respublika va mintaqalar bo‘yicha iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish ko‘lamlarini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini har chorakda baholash ko‘rsatkichlari tizimi joriy etilgan. Natijada, 2000-yil bilan taqqoslaganda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31 foizdan 54 foizgacha ko‘paydi, ushbu sohada mehnat bilan band bo‘lganlar soni shu davr ichida 2 barobardan ko‘proq oshdi va iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat bilan band bo‘lganlarning 75,1 foizidan ko‘prog‘i uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Hozirgi vaqtda yalpi ichki mahsulotning 82,5 foizi, sanoat mahsulotining 91 foizi va qishloq xo‘jaligining deyarli barcha mahsuloti nodavlat sektorida ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga, ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati, biznesni yuritish shart-sharoitlarierkin bozor iqtisodiyoti talablari va tamoyillariga, umum qabul qilingan xalqaro me’yor va standartlarga hali to‘liq darajada mos kelayotgani yo‘q. Tadbirkorlik faoliyatini ortiqcha reglamentlar bilan cheklab qo‘yish hollari hali ham bartaraf etilmagan, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida katta, serxarajat, nooshkora ma’muriy tartib-taomillar hamon amal qilib kelmoqda, byurokratik to‘siq va g‘ovlarga barham berilmagan. Hozirgi xalqaro amaliyotda qabul qilinganidek, reglamentga soluvchi tartib-taomillarni yanada soddalashtirish, arzonlashtirish va qisqartirish, davlat va nazorat qiluvchi organlar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita muloqotsiz elektron shakllarini hamma joyda keng tatbiq etish talab qilinadi. Shuning uchun 2012- yil 18-iyulda qabul qilingan Prezidentning “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risi”gi farmoniga asosan 2013-yilning 1 yanvaridan boshlab shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlari tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida quyidagi tartib-taomillarni o‘z xohishlariga ko‘ra elektron shaklda amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar: bank hisobvaraqlariga masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi, shu jumladan “Internet-banking” tizimi orqali soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, tijorat banklari; yuklarni bojxonada rasmiylashtirishda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tovarlarni deklaratsiya qilish – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi; “bir oyna” tamoyili bo‘yicha yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkga bo‘lgan egalik huquqlarini ro‘yxatga olish – O‘zbekiston Respublikasi “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi; tadbirkorlik sub’ektlarining da’vo arizalari va iltimosnomalarini xo‘jalik sudlariga berish – O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik tuzilmalariga xizmat ko‘rsatishning elektron shakllari va tizimlarini joriy etishda yuqorida ko‘rsatilgan sud va davlat boshqaruvi organlariga, tijorat banklariga amaliy yordam ko‘rsatsin. Tijorat banklariga, to‘lovlarni elektron shaklda amalga oshiruvchi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdorini kamida 20 foizga kamaytirish tavsiya etildi. Bundan tashqari “O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish istiqbollari” bo’yicha O’zbekiston amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Bu borada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xatarlariga qarshi chora tadbirlarni belgilash, bu inqiroz mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy oqibatlarni oldini olish va qarshi kurashish, “2009-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturi”da belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash bugungi kunda barchamiz uchun ustuvor vazifadir. Kichik tadbirkorlik subyektlariga mustaqillik berish ular faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir. O’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlamntirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilib, bu borada O’bekiston Respublikasining bir qator qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining bu soha faoliyatiga doir qaror va me’yoriy hujjatlari qabul qilinganligini qayd etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu huquqiy me’yoriy hujjatlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati ham ijobiy tomonga o’zgardi. Shu jumladan, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat Dasturida kichik biznesning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish sohasida birgina 2011 yilning birinchi yarim yilligida “Xususiy mulkni himoyalash va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”, “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish shart-sharoitlari to’g’risida”, “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida” yangi Qonun loyihalarini, shuningdek “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining kafolatlari to’g’risida” gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini hamda “Soliq kodeksi”ga, “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi va “Lizing to’g’risida”gi Qonunlarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan bog’liq o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish yuzasidan tegishli qonun loyihalarni ishlab chiqish vazifalari belgilangan Ilmiy tahlillarimiz ko‘rsatishicha, hozirgi kunga qadar mamlakatimizda davlatning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashi asosan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirib kelindi: mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun lozim bo‘lgan huquqiy-me’yoriy asos yaratildi; kichik biznesning rivojlanishida ustuvorliklar belgilandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning Dasturi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda; kichik biznesning rivojlanishiga yordam beruvchi bozor infratuzilmasiga asos solindi; imtiyozli soliq, subsidiyalar, davlat va byudjetdan tashqari fondlardan beriladigan imtiyozli kreditlar, xalqaro moliya institutlari kreditlarini jalb etish kichik biznes rivojlanishini rag‘batlantiradi; huquqiy va jismoniy shaxslarga xorijiy va milliyvalyutada mikrokredit berish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishni ko`paytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me`yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi. Xususan: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko`rib chiqish muddati uch bank ish kunidan oshmaydigan muddat qilib belgilandi; tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta`minotini rasmiylashtirish bilan bog`liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi; kichik biznes sub`ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq ochgani uchun to`lov undirish bekor qilindi; imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag`batlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg`armasi mablag`lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig`idan ozod qilindi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iinovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida davlat xususiy tashabbuskorlikni innovatsion tadqiqotlarga qaratuvchi qulay biznes muhitini shakllantirishi; tarkibiy islohotlarni opyimallashtirishi; mintaqaviy darajalarda innovatsion infratuzilmani rivojlantirishga ko’maklashishi (sug’urtalash, innovatsion vositachilar institute, texnoparklar va h.k.) lozim. Mazkur sharoitlarni amalgam oshirish jarayonida xususiy tadbirkorlar tashkil qilishning an’anaiy modelidan innovatsion modeliga o’tish imkonini qo’lga kiritadilar. Download 51.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling