Kichik biznesni rivojlantirishda inson resurslarini boshqarishning ahamiyati
Inson kapitalining turlari va komponentlari
Download 116.4 Kb.
|
2 Nahalbayev Lazizjon Bazarovich (2)
Inson kapitalining turlari va komponentlariJamiyat, davlat tomonidan aholining barcha qatlamlariga va toifalariga ayni miqdor va shakllardagi inson kapitali investitsiyasi sarflanishiga qaramay, inson kapitalining quyidagi turlari shakllanadi va hukm suradi: Ijobiy (faol) inson kapitali; Salbiy (nofaol) inson kapitali; Manfiy inson kapitali. Ijobiy (aktiv) inson kapitali – o‘zi uchun sarflangan investitsiyani to‘la o‘zlashtirgan va uni jamiyatning rivojla-nishi va takomillashuvi shaklida ro‘yobga chiqargan kreativ (yara-tuvchi) va innovatsion kapitaldir. Bu yaratuvchanlik va tako-millashuv, jumladan, aholining turmush darajasining oshishi, innovatsion salohiyatning yuksalishi, ta’lim tizimining rivoji, ilm-fanning taraqqiyoti, axborot almashinuvi va ta’minoti erkinligi, aholi salomatligining yaxshilanishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Chunki, inson kapitalining parametrlari va sifati aholi shaxsning mentaliteti, ta’lim darajasi, hayotiy tasavvurlari va sog‘liqni saqlash sohasidagi ahvol kabilar bilan o‘lchanadi. Aytish lozimki, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlashga sarflangan investitsiyalar tarixan qisqa muddat ichida samara berishi mumkin, ammo asrlar davomida shakllangan mentalitetni qisqa vaqtda o‘zgartirish qiyin. Shu sababli dunyodagi ilg‘or tajriba va bilimlarni milliy/shaxs mentalitetining ijobiy xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirish muhimdir. O‘zbekistonda rivojlangan G‘arb va Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi tajribasi o‘zlashtirilar ekan, ayni shu nuqtalarga jiddiy e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovordir, ya’ni ilg‘or chet el tajribasining xalqimiz-ning milliy mentalitetiga va ko‘p asrlik an’analariga mos keladigan jihatlari, shakllari qabul qilinmoqda yoki ular mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirilmoqda. Shuningdek, milliy madaniyatimiz, an’analarimizni targ‘ib qilish hamda yoshlarimizni chet ellardagi ba’zi oqim va harakatlarning zararli ta’siridan saqlash uchun olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va profilaktik choralar aynan shu maqsadni ko‘zlagandir. Inson kapitali ham ayni ma’lum shaxs kabi ma’lum bir sivilizatsiya, mentalitet va an’analarning mahsulidir. Salbiy (passiv) inson kapitali. Inson kapitalining bu turi mamlakat taraqqiyotiga va innovatsion iqtisodiyotga aytarlik hissa qo‘shmaydi, uning butun mohiyati moddiy imkoniyatlarning iste’molchisi bo‘lishdan iboratdir. Passiv inson kapitalini yaxshi ta’lim olmagan, oddiy kustar (qo‘l mehnatiga asoslangan) sanoatda, tovar ayirboshlashga asoslangan tijoratda yoki mexanizatsiyalashmagan qishloq xo‘jaligida band kishilar tashkil etadi deyish mumkin. O‘zbekcha ta’bir bilan aytganda, «qora mehnat» qiluvchilar, ya’ni malaka talab qilmaydigan ishlarda ishlaydigan kishilar passiv inson kapitalini tashkil etadilar. Inson kapitalining eng tahlil va bahs talab uchinchi turi manfiy inson kapitalidar. Manfiy inson kapitali deganda, nomidan ma’lum bo‘lganidek, o‘ziga sarflangan investitsiya-lardan jamiyat uchun hech qanday foyda keltirmagan, na o‘zi yashaydigan jamiyat iqtisodiyotining rivojiga, na aholi turmush darajasining yuksalishiga, na shaxs sifatida o‘zining rivojlanishiga hissa qo‘shishga yaramagan toifa tushuniladi. O‘zbekcha ifoda bilan aytganda, «na o‘ziga, na boshqaga foydasi tegmaydigan» toifa manfiy inson kapitalini tashkil etadi. Ashaddiy jinoyatchilar, giyohvandlar, korrupsionerlar, ishyoqmaslar, ichkilikbozlar, tekinxo‘rlik bilan kun kechiruvchilar – bir so‘z bilan aytganda, jamiyat va oilasining sarflagan moddiy investitsiyasi, bergan ta’lim-tarbiyasining samarasini yo‘qqa chiqargan kishilar manfiy inson kapitali sifatida namoyon bo‘ladilar. Ana shu toifadagi inson kapitali misolida ba’zi toifadagi kishilar uchun sarflangan investitsiyalar hamisha ham o‘zining ijobiy samarasini beravermasligi ko‘rinadi. Manfiy inson kapitali ko‘pincha xalqning mentalitetidagi nozik holatlar, yetishmovchiliklar, aholi madaniyat saviyasining pastligi, jamiyatdagi muammolar, shuningdek, kishilarning tabiiy haqqi bo‘lgan erkinliklarning cheklanishi kabi sabablar natijasida vujudga kelishi mumkin. Ma’naviy yetuk jamiyatlarda manfiy inson kapitali toifasidagilarga o‘zlarining umidsiz hollaridan chiqish uchun so‘nggi imkoniyatlar beriladi hamda ularning ijobiy o‘zgarishlarga bo‘lgan harakatlari jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bunga misol tariqasida mamlakatimizda har yili Konstitutsiya kuni yoki Mustaqillik bayrami arafasida adashib xato yo‘llarga kirgan kishilarga avf (amnistiya) e’lon qilinishi va sobiq mahbuslarga hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun berilayotgan yordam hollarini keltirish mumkin. Bunday ijtimoiy g‘amxo‘rlik natijasida manfiy inson kapitaliga aylanishga ulgurgan fuqarolar jazoni o‘tash muassasalaridan muddatidan oldin ozodlikka chiqariladilar, so‘ngra ularga mahalla va ichki ishlar organlari ish topish va turarjoy bilan ta’minlashda yordam beradilar, yangi kasb yoki hunar sohibi bo‘lishiga yordamlashadilar. Mamlakatimizda ana shu tarzda to‘g‘ri yo‘lga tushib olgan, musbat inson kapitali toifasiga qaytgan ko‘plab insonlar bor. Xullas, inson kapitali – mehnat qiluvchi kishilarning oddiy yig‘indisi emas. Inson kapitali bu professionalizm, bilimga intilish, axborot ta’minoti, sog‘liq, optimizm, tashabbus va mehnatsevarlik kabi tomonlar va xislatlardan yuzaga keladigan bir fenomendir. Yana bir muhim jihat. Yaqin istiqbolda maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, maktablarni rivojlantirish Milliy dasturini joriy etish, o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqish, oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish maqsad qilingan. O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri, Erkin Vohidov “Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yo‘qmi, o‘qituvchilar saviyasiga bog‘liq. Bu haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim” – deb bejizga ta’kidlamagan edi11. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, yer yuzi umumiy boyligining 66 foizi inson kapitaliga, ya’ni insonning ilm darajasiga to‘g‘ri kelmoqda. AQShda ushbu ko‘rsatkich milliy boylikning 77 foiziga teng. Kapital taraqqiyot tarbiya va ta’limdan boshlanadi. Yosh avlodga yo‘naltirilgan har qanday sarmoya ertaga - kun kelib ming-ming hissa bo‘lib qaytadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston yoshlariga zo‘r havas qilishdan boshqa havas yo‘q. Umuman olganda, O‘zbekistonda inson kapitali uchun katta maqsadlar va mablag‘lar sarflanmoqda. O‘z navbatida, xalqimizda “Yangi O‘zbekiston orzusi” paydo bo‘ldi. Bu nima degani? Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston — barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash, tinchliksevar xalqimizning orzusi! Unda xalqimizning azaliy umid-niyatlari, yuksalish sari intilishlari o‘ziga xos tarzda aks etmoqda. Hozirgi kunda dunyo aholisining umumiy soni qariyb 8 milliard kishiga yaqin bo‘lib, 2050 yilga borib ularning soni qariyb 10 milliardga ko‘payishi kutilmoqda. Yoshlar dunyo aholisining eng tez o‘sayotgan qismi hisoblanadi. O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatida kichik biznesning roli g‘oyatda kattadir. Boshqacha qilib aytganda, u davlatni muvaffaqqiyatli rivojlanishi va gullab-yashnashining o‘lchovidir. Shuning uchun O‘zbekistonda kichik biznes, fermer va dehqon xo‘jaliklari, yakka tartibdagi tadbirkorlarning rivojlanishini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shunday ekan, kichik korxonalarning roli va ahamiyati nimadan iborat? Bular, qisqacha aytadigan bo‘lsak, qo‘yidagi omillarda namoyon bo‘ladilar: - kichik korxonalar bozorning tovarlar va xizmatlar bilan tez to‘ldirilishiga yordam beradilar, ichki bozorni shaxsiy ishlab chiqarilgan tovarlar bilan boyitadilar; - kichik korxonalar yengil va oziq-ovqat sanoatining salmog‘ini oshirib, mamlakatni xom ashyoviy yo‘naltirilganlik holatidan chiqarib, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga faol ta’sir qiladilar; - kichik korxonalar iqtisodiyotning dvigateli bo‘lgani holda, sohaviy va mintaqaviy yakka hokimlikni bartaraf qilishga, raqobat sohasini kengaytirishga yordam beradilar; - kichik firmalarning faoliyatida ilg‘or, ixcham texnologiyalardan foydalanish alohida o‘rin to‘tadi, zero, bu ilmiy texnik taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir; - kichik korxonalar eksportga mo‘ljallangan va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, mamlakatning eksport salohiyatini oshiradilar; - mahalliy idoralarning iqtisodiy bazasini mustahkamlash, qishloq aholi punktlari, kichik shaharlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishda kichik korxonalarning roli kattadir; - kichik firmalar unutilgan, an’anaviy halq amaliy san’ati, badiiy hunarmandchilikning tiklanishiga ko‘maklashadilar, bu nafaqat iqtisodiyot, balki halqning madaniy merosini tiklashda g‘oyatda muhimdir; - kichik korxonalar ko‘pincha yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan ta’minlab, ularning yo‘ldoshlari bo‘ladilar, bu yirik va kichik biznes manfaatlarini birlashtirishning samarali usuli bo‘ladi; - kichik korxonalarda nafaqaxo‘rlar, nogironlar, talabalar uy bekalarining mehnat qilish imkoniyati bor, bu esa ularning moddiy ahvolini yaxshilashga yordam beradi; - kichik biznes mehnatni qo‘llash sohasini kengaytirish, ish bilan band bo‘lmagan aholini va samarasiz ishlovchi korxonalardan ozod bo‘lgan xodimlarni ishga joylashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga; boshqacha qilib aytganda ishsiz odamlar sonini qisqartirishga imkon beradi; - kichik biznesning rivojlanishi hisobiga xususiy mulkchilik sohasi kengayadi, bu jamiyat va davlatning tayanchi bo‘lib xizmat qiluvchi o‘rta hollar sinfining shakllanishi, mamlakatda barqarorlikning muhim sharti bo‘lib xizmat qiladi. Аholi xonadonlarida esa, quyosh paneli oʼrnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobar koʼpaytiriladi. Umuman, “yashil energiya”ga tezroq oʼtmasak, bu borada qonunlarimizda ham aniq mexanizmlarni belgilamasak, aholimiz va tadbirkorlarimizni rozi qila olmaymiz. Gaz zaxiralarini koʼpaytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari boʼyicha oʼn yillik dastur qabul qilamiz. Bunda yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda gaz qazib chiqarish ishlarini boshlaymiz. Jumladan, Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi. Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta koʼrib chiqiladi, samarasiz ishlayotgan korxonalar boʼyicha tegishli choralar koʼriladi. Oltinchi yoʼnalish. Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni koʼpaytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilaymiz. Biz soʼnggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan oshirishga erishdik. Kelgusi yili qariyb 30 milliard dollar sarmoya jalb qilinadi, shundan 25 milliard dollar xususiy investitsiyalar boʼladi. Jumladan, umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga tushiramiz va yana 40 ta yangi yirik loyiha boshlanadi. Misol uchun, “Yoshlik” mis konini oʼzlashtirishning birinchi bosqichi yakuniga yetkazilib, 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushadi. Bu orqali Olmaliq kombinatining rudani qayta ishlash quvvati hozirgi 40 milliondan 100 million tonnaga yetadi. Shu bilan birga, Olmaliqda misni boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi loyihalari boshlanadi. Navoiydagi Pistali konida 4 million tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasining qurilishi yakunlanadi. Metallurgiya sohasida amalga oshirilayotgan katta dasturlarimiz besh yildan keyin misni – 3 barobar, oltinni esa yiliga 150 tonnagacha oshirish imkonini beradi. Kimyo, avtomobilsozlik va qishloq xoʼjaligi mashinasozligida ham katta-katta loyihalar ishga tushiriladi. Shu bilan birga, faol investitsiyalarni jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan toʼliq va samarali foydalanish zarur. Kelgusi yili katta xususiylashtirishni boshlaymiz, 1 mingga yaqin korxona savdoga chiqariladi. Bugun koʼnglimdagi bir niyatimni sizlarga ochiq aytmoqchiman. Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aktsiyadorlar paydo boʼlsin. Odamlarimiz oʼz omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega boʼlsin. Shuning uchun topshiriq berdim: kelgusi yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aktsiyalari oʼz aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi. Bu chinakam xalqchil IPO boʼlishiga ishonaman. Shu borada ilgari ham aytgan gapimni takrorlashni oʼrinli, deb bilaman: xalq boy boʼlsa, davlat ham boy va qudratli boʼladi. Navbatdagi masala – 2023 yilda tayyor mahsulotlar eksportini qoʼshimcha 4 milliard dollarga oshirish asosiy maqsadimiz boʼladi. Bu yil boshlangan “Yangi Oʼzbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi 12oʼz samarasini bermoqda. Bir yilning oʼzida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi. Kelgusi yilda ham eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish davom ettiriladi. Yevropa bozorlariga tekstil, elektr texnikasi, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshiramiz. Mahsulotlar eksporti boʼyicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvi 3 barobar qisqaradi. Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼlish boʼyicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiramiz. Umuman, 2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi.Dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, oʼzaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni izchil davom ettiramiz. Bundan keyin ham asosiy eʼtiborimizni Markaziy Osiyodagi barcha qoʼshni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklarimiz boʼlgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan koʼp qirrali va oʼzaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratamiz. Milliy xavfsizlikni taʼminlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqamiz. Shu oʼrinda deputat va senatorlarimiz, mahalla, nuroniy, xotin-qizlar va yoshlar faollariga, butun xalqimizga qarata aytmoqchiman: eng bebaho oliy neʼmat – tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga yetaylik, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxtu kamoli uchun bu ulugʼ boylikni asrab-avaylaylik! Shu maqsadda biz yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada koʼproq ahamiyat berishimiz kerak. Yosh avlodimizni ana shunday barkamol, el-yurt uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashda biz muhtaram nuroniylarimizga tayanamiz. Hayotimizning fayzu farishtasi boʼlgan duogoʼy otaxon va onaxonlarimizning sihatgohlarda salomatligini tiklash, ularga mahalla va jamoat maskanlarida qoʼshimcha sharoitlar yaratishni davom ettiramiz. Millati, tili va dinidan qatʼi nazar, Oʼzbekistonni oʼzining Vatani deb biladigan, uning ravnaqi uchun hissa qoʼshib kelayotgan har bir fuqaro bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning eʼtibori va ardogʼida boʼladi. Millatlararo doʼstlik, diniy konfessiyalar oʼrtasidagi hamjihatlik, ijtimoiy bagʼrikenglik muhitini yanada mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Butun dunyoda kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar, afsuski, bizni ham chetlab oʼtmayapti. Lekin takror aytaman, musulmon ummatiga saboq bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar yetishib chiqqan bizning diyorimizda bu borada adashganlar, radikalizm va ekstremizm gʼoyalariga berilganlar boʼlishi mumkinmi? Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzgʼunchi yot gʼoyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, maʼrifat oʼrnini jaholat egallashiga yoʼl qoʼymaymiz. Buning uchun nafaqat masʼul tashkilotlar, balki barchamiz birgalikda muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatini ochib berish, farzandlarimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash boʼyicha oila, mahalla va taʼlim maskanlarida ish olib borishimiz zarur. Bu muhim masalada alohida Milliy dastur qabul qilamiz. Jamiyatimizning maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qoʼllab-quvvatlash ham biz uchun ustuvor yoʼnalishlardan biri boʼladi13. Shunday qilib, kichik biznesning rivojlanishi mamlakatni iqtisodiy farovonligini oshirishda va muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishda katta rol o‘ynaydi. Bizning mamlakatimizda xorijiy mamlakatlar tajribasiga suyangan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Xush, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlangan davlatlarda qanday e’tirof etiladi va uning mohiyati nimadan iborat? AQSH da 500 tagacha xodimi bo‘lgan korxona kichik korxona hisoblanadi. Germaniya va boshqa G‘arbiy Yevropa davlatlarida esa 300 tagacha xodimi bo‘lgan korxona kichik korxona hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni 2 ta tamoman o‘zgacha turlarga bo‘lish mumkin: 1. hayotni ta’minlovchi korxonalar; 2. tez usuvchi korxonalar. Odatda kichik korxonalarning qariyib 80-90% o‘ta kichik bo‘lib, ular o‘sish uchun cheklangan imkoniyatlarga ega. Bunday korxonalar hayotni ta’minlovchi korxonalar deb yuritiladi. Ushbu turdagi korxonalarga maslahat - xizmati ko‘rsatuvchi firmalar, tor doirada ixtisoslashgan do‘konlar, kafe va shu kabilar kiradi. Ulardagi xodimlar tuliq bo‘lmagan ish kuniga ega bo‘lib, firma manzillari sifatida tadbirkorlar o‘z uylaridan foydalanadilar. Hayotni ta’minlovchi korxonalar kichik biznes korxonasi bo‘lib, uning egasi yetarli turmush darajasini ta’minlash maqsadida tashkil etadi. Ikkinchi turdagi korxonalar tez usuvchi korxonalar deb nomlanadi. Ularning bunday nomlanishiga sabab, ularning maqsadi tezroq kichik biznes chegarasidan chiqib rivojlanishdir. Tez usuvchi korxonalar kichik biznes korxonasi bo‘lib, ular tezkor o‘sish tendensiyasiga va quyilgan sarmoyaning yuqori qaytmligiga ega hisoblanadi. Odatda bunday turkum korxonalarga bir necha kishi rahbarlik qiladi. Tez usuvchi korxonalar yirik investitsiya manbalariga tez yaqinlasha oladilar va buning natijasida keng bozorda yangi tovarlar va xizmatlarni kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni iqtisodiyotda kichik biznesni shakllanishi va uni mamlakat yalpi mahsulotdagi ulushini o‘sishini zarur qilib qo‘yadi. Bizga ma’lumki, barcha yangi mustaqil davlatlarda islohatlardan oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan. Xo‘jalikning davlat sektorida mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 qismi, kooperativlarda 14-15 % 8 xususiy sektorda 3 % ga yaqini band bo‘lgan. Saksoninchi yillarning ikkinchi yarmida xo‘jalikning kooperativ sektorini yaratish ijarani rivojlantirishga harakat qilingan. Bu harakatlar bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi, davlat mulkchiligining hukmronligi, xo‘jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat sektoriga qaramligi, xo‘jalik qonunlarining noaniqligi va boshqa bir qator sabablar tufayli natijasiz bo‘lgan. Korxonalarni davlat tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohatlarning yetakchi bug‘inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami shakllanishi, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni samarali rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishi kerak. Xususiylashtirish jarayoni o‘zicha juda og‘ir o‘tadi. Bu tabiiydir. Axir xususiy mulkchilikni yaratish kabi bunday katta qo‘lami ish turli xil sohalar va korxonalarning iqtisodiy tayyorligini, iqtisodiy manfaatlarni, yakka hukmronlikni yengib o‘tishni, sherikchilik asosida tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etilishini, aynan shunday tashkiliy va moliyaviy munosabatlarni shakllanishini, yangi moliyaviy, ishlab chiqarish, xususiy o‘zaro aloqalarni tashkil bo‘lishini va manfaatlarni chatishib ketishini hisobga olishi kerak. Bozor tuzilmalarini yaratilishida umumdavlat milliy manfaatlarni hisobga olgan holda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish talab qilinadi. Xususiylashtirilgan mulkka haqiqiy taklif va talabni hisobga olgan holda moliyaviy tomoni haqida ham uylash va hisoblab chiqish zarur. Nihoyat, amalga oshirilayotgan tadbirlarni quyilgan maqsadlarga mosligini ta’minlash kerak: faol va samarali xo‘jalik faoliyatidan manfaatdor mulkchilar va xususiy tadbirkorlikning tashkilotchilari tabakasini tashkil qilish, bunday faoliyatning kerakli qiziqtiruvchi omillari, raqobat muhiti va infratuzilmani yaratish. O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi va shakllanishining tarixini uch bosqichga bo‘lish mumkin: inqilobgacha, sho‘ro davri va hozirgi davr. Tarixiy shunday narsa vujudga kelganki, inqilobga qadar, O‘zbekiston juda katta xom-ashyo resurslari zaxiralariga ega bo‘lgan holda, o‘z sanoatiga ega bo‘lmagan. Podsho Rossiyasining sanoatchilari Turkiston o‘lkasida sanoat korxonalarini ko‘rishga o‘z sarmoyalarini kiritmaganlar. Ular uchun arzon xomashyolarni olib ketish va tayyor mahsulotlarni orqaga olib kelish foydaliroq bo‘lgan. Aholining kundalik tovarlarga va har turli asbob-uskunalarga ehtiyoji, asosan, ularni hunarmandlar va mayda korxonalar tomonidan ishlab chiqarish orqali qondirilgan. Kichik biznes korxonalari yirik firmalardan ko‘proq farq qiladilar va bozor iqtisodiyoti sharoitlarida o‘z xususiyatlarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlarga egalar. Boshqaruv va qarorlar qabul qilishdagi mustaqillik, texnologik ajralganlik, epchillik o‘zlarining faoliyatlarini yirik korxonalar qila olmagan ishni eng katta foyda olish bilan bajaradigan qilib tashkil qilishga yordam beradi. Kichik korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining turlarini o‘zgartirib, iste’molchilarning o‘zgaruvchan talablariga ko‘ra tovarlar ishlab chiqarish bilan bozor holatini o‘zgarishiga tez javob qaytarish qobiliyatiga egalar. Ular odamlarning mavso‘miy ehtiyojlari (qishki va yozgi dam olish, muzqaymoq, yaxna ichimliklar ishlab chiqarish) ni to‘laroq va sifatliroq qondirishlari mumkin. Iste’molchilar bilan bevosita o‘zaro aloqa kichik firmalarning xususiyatlaridan biri bo‘ladi. Bu narsa yirik ishlab chiqarishda yo‘q. Masalan, kichik navvoyxona non mahsulotlarini tayyorlaydi va shu yerda ularni haridorlarga sotadi va haridorlardan buyurtmalar qabul qiladi. Bundan tashqari, haridorlar shu yerning o‘zida o‘z fikrlarini aytishlari, maslahatlar berishlari mumkin. Qoidaga ko‘ra, kichik korxonalar, tovarlar va xizmatlar bozorining belgilangan segmentida ixtisoslashadilar. Ixtisoslashish – mehnat unumdorligini oshirish, moddiy harajatlarini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirishning eng muhim omilidir. Kichik biznesda nisbatan kichik boshlang‘ich sarmoyalar bilan shaxsiy ishni boshlash hamda qisqa muddatda ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati bor (yirik ishlab chiqarishni yaratishga esa yillar ketadi). Bu holat, qulay sharoitlarda kichik biznes sohasini jadal rivojlantirish imkonini beradi. Kichik firmaning rahbari boshqa har qanday firmalarga qaraganda ko‘proq darajada xo‘jayinlik tuyg‘usini his qiladi, zero, bu yerda bir shaxsda mulk egasi, menejer, moliyachi, biznesmen birlashadi. Moddiy va ma’naviy muvaffaqiyatni olish maqsadida unumdor mehnat qilish uchun qudratli qo‘shimcha rag‘bat mana shundan iboratdir. Tadbirkor tashabbuskorona, matonat bilan va ijodiy ishlashga katta manfaatdorlikni namoyon qiladi. Kichik korxonalar mahalliy sharoitlar, urf-odatlar, an’analarga tez moslashish qobiliyatini namoyon qiladilar. Bu sifatlar kichik biznesga mahalliy aholi uchun an’anaviy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni rivojlantirishga imkon beradi. Shuning uchun kichik korxonalar kosibchilik, hunarmandchilik buyumlari, badiiy dekorativ ashyolar, uy va qishloq xo‘jaligi asboblari, qurilish detallari, bolalar o‘yinchoqlari, milliy harakterdagi oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasida keng tarqalgan. Yirik ishlab chiqarishga nisbatan kichik korxonalar o‘zlarini saqlab turish, xizmat ko‘rsatish va boshqarishga kam harajat talab qiladilar. Bundan tashqari, ular uchun harajatlarni tez o‘zini qoplashi, mablag‘larning jadal aylanishi harakterlidir. Bularning barchasi tejamkorlik bilan xo‘jalik yuritishga, foydalilikka erishishga, texnik rivojlanish uchun mablag‘lar jamlashga imkon beradi. Hozirgi paytda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning ikkinchi bosqichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo‘shma korxonalar tuzish, korxonalarni ochiq tipdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish va ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Kichik korxonalarning mehnatini tashkil qilishda mehnat taqsimotining alohida tamoyillarini yo‘lga qo‘yish, xodimlarning ish sohasida bir-birlarini o‘zaro almashtira olish ular o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar kabi xususiyatlarni ham ta’kidlab o‘tish zarur. Ishlab chiqarishning kichik qo‘lamlari jamoada me’yoriy ruhiy sharoitni yaratish, xodimlar qo‘nimsizligini kamaytirish, rahbarlar va buysunuvchi xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni demokratik asosida qurish, tashabbuskorlik, ijodkorlik muhitini yaratish bilan birga har bir jamoa a’zosining yuqori ma’suliyatli faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Kichik korxonalarning xo‘jalik faoliyatida barqaror va foyda bilan ishlashga erishish imkoniyatlarini beruvchi eng muhim xususiyatlari ana shulardan iboratdir. Ammo bu imkoniyatlar o‘z-o‘zidan amalga oshadi, kichik biznes gullaydi, tadbirkorlirning hech qanday harakatlarisiz kengayadi, bu sohada hamma narsa tinch va unda alohida muammolar yo‘q deb hisoblash xato bo‘ladi. Kichik biznesni rivojlantirish yo‘lida ko‘pgina to‘siqlar, qiyinchilik bilan hal qilinadigan muammolar borki, ularni bartaraf qilish uchun anchagina sa’yi harakat qilish, doimo izlanishda bo‘lishi, o‘qish – o‘rganish zarur. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’ekti tadbirkorlik tashkilotlari (shirkatlarini) tuzadi. Tadbirkorlik tashkilotlarini (shirkatlarini) tuzish, ularning faoliyatini ko‘rsatishi, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi. Korxonani boshqarishni tashkil etishning umumiy qoidalari. Korxona o‘z ustaviga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv strukturasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarni belgilaydi. Mulkdor korxonani bevosita yoki o‘zi vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Mulkdor yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi sub’ekti yoxud u vakolat bergan idoralar ana shu huquqlarni korxona kengashiga (idorasiga) yo bo‘lmasa korxona ustavida ko‘zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini ifoda etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin. Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish korxona mulki egasining yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi sub’ektining huquqi bo‘lib, bu huquqni ular bevosita, shuningdek o‘zlari vakil qilgan idoralar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa idoralar orqali amalga oshiradilar. Tadbirkorning huquqlari. U quyidagilardan iborat: - jumhuriyat territoriyasida yashovchi va faoliyat yurituvchi har bir fuqaro (bir gurux fuqarolar) xo‘jalik yurituvchi boshqa boshqa sub’ektlar bilan teng asoslarda qonunlarda belgilangan shartlarga rioya qilgan holda korxonalar 16 va tashkilotlarni vujudga keltirish, ta’sis etish, sotib olish va qayta tuzish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va davom ettirishi; - bu faoliyatni bajarish uchun boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarning molmulki hamda pul mablag‘larini ixtiyoriy asoslarda jalb etishi, xodimlarni mustaqil yollash va ishdan bo‘shatishi; - tadbirkorlikdan qonunlarda belgilangan tartibda soliq solinadigan cheksiz miqdorda shaxsiy daromad orttirishi, ijtimoiy ta’minlanish va ijtimoiy sug‘o‘rta qilinish huquqlariga egadirlar. Tadbirkor yoki u vakil qilgan shaxslar xo‘jalik yurituvchi boshqa sub’ektlarning har qanday xatti-harakatlari va tadbirkorga qilayotgan da’volari hamda belgilangan tartibda beriladigan jazo choralari xususida bahslashishga haqli, qonunlarga muvofiq hech so‘zsiz qo‘llanadiganlari bundan mustasnodir. Tadbirkorning majburiyatlari. U quyidagilardan iborat: - tadbirkor amaldagi qonunlardan hamda o‘zi tuzgan bitimlardan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi; - yollanib ishlayotgan xodimlar bilan qonunlarga muvofiq mehnat shartnomalari (bitimlar) tuzishi, yollanib ishlayotgan xodimlarni ijtimoiy va tibbiy sug‘o‘rta qilishi; - ishga jalb etilgan barcha xodimilar bilan tuzilganbitimga muvofiq, korxonaning moliyaviy axvolidan qat’iy nazar, to‘la hisob-kitob qilishi; - maxsus bilim va kunikma talab qilinadigan ishlarga faqatgina zarur tayyorgarlikka ega, kasb-kori jihatidan yaroqli va tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarnigina jalb etishi muqarrardir. Tadbirkorning ma’suliyatlari. Soliq va kredit majburiyatlarining, tuzilgan bitimlarining ijrosi, boshqa sub’ektlarning mulkiy huquqlarni bo‘zganligi, bexatar mehnat sharoitlariga rioya etmasligi, iste’molchilarga odamlarning salomatligiga zarar yetkazadigan mahsulot yetkazib berganligi, atrof-muhitga zarar yetkazganligi, yakka hoqimlikka qarshi qonunlarni bo‘zganligi uchun, tadbirkor o‘z mol-mulk doirasida amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar bo‘lib hisoblanadi. Mulkiy da’volar tadbirkorning merosxo‘rlariga ham taalluqli bo‘ladi, lekin ular meros qilib qoldirilgan mol-mulk hajmidan oshmasligi zarur. Kichik korxonalarning xususiyatlari, belgilari; Kichik korxona to‘g‘risida olimlarning fikrlari; Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik korxonalar o‘rni; Jamiyatni kichik biznesga munosabati. Raqobat kurashida samarali faoliyat yurgizish, unda muvaffakiyat kozonish raqobat strategiyasining qanchalik puxta, izchil, uzoqni ko‘ra oladigan rejasini ishlab chiqishga o‘zviy bog‘liqdir. Raqobat strategiyasi - raqobat kurashining uzoq davrga mo‘ljallangan bosh yo‘li va yo‘l-yuriklarini ifoda etadi. Strategiyaning maqsadi tez kunda foydani maksimallashtirish, oz foyda bilan kanoat qilgan holda o‘z bozorini kengaytirish yoki rakibni bozordan sikib chiqarish, yangi bozorga asta-sekin kirib borish kabi masalalarda harakat yo‘llarini belgilashdan iborat. Strategiyaga qarab kurash taktikasi (usuli va shakllari) tanlanadi. Firmalar raqobatning bir usulidan asta-sekin boshqa usuliga o‘tishi yoki bir yo‘la turli usullarni qo‘llashi mumkin. Masalan, Xitoy firmalari sifati past bo‘lsada, arzon tovarlar chiqarib, narx raqobati yo‘lidan, G‘arbiy Yevropadagi firmalar narxi yuqori bo‘lsa-da, sifatli tovarlarni taklif etish yo‘lidan boradilar, chunki G‘arbiy Yevropada aholining harid qobiliyati Xitoyga qaraganda ancha yuqori. Yangi industrial davlatlardagi (Tayvan, Gonkong, Singapur, Koreya Respublikasi) firmalar ham sifat, ham narx vositasida raqobatlashuvga moyil. Bu mamlakatlarda yuksak texnologiya mavjud va ishchi kuchi malakali bo‘lsada, arzon turadi. Natijada mavjud afzalliklar harajatlarni pasaytirgan holda, sifatli tovar chiqarish imkonini beradi. Bunga misol qilib Koreyaning “Samso‘ng elektronik” kompaniyasi bozorga chiqaradigan televizorlarni va DEU korporatsiyasi avtomobillarini olish mumkin. Ular raqobatbardosh bo‘lganidan jaxon bozoriga shiddat bilan kirib bormokda. Raqobatga har xil yondoshuv O‘zbekistonda ham bor. Masalan, Toshkent bozori uchun ishlovchi firmalar ham narx, ham sifat raqobatini qo‘llashi mumkin, bu shaharda aholining boy qatlamlari borki, ular uchun narxga ko‘ra tovarning sifati afzalroq, ayni vaqtda aholining kamquvvat qismi ham borki, ular uchun tovarning arzon bo‘lishi muhim. Nukus va ayrim boshqa shaharlardagi firmalar ko‘p xollarda narx raqobatiga moyil bo‘ladilar, bu yerda aholining harid qobiliyatiga ko‘ra arzon tovarlar raqobatbop hisoblanadi. Raqobat qo‘l qovushtirib o‘tirishga yo‘l qo‘ymaydi, u kurash bo‘lganidan hammani harakatga, yaxshi ishlashga undaydi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi mexanizm, uni olg‘a eltuvchi kuch hisoblanadi. Raqobatdagi iqtisodiy tanlov tamoyiliga ko‘ra iqtisodiyot ishtirokchilari saralanadi, yaxshi ishlagan firma boyib boradi, yomon ishlagani sinadi, yopiladi yoki kuchli firmalarga qo‘shilib ketadi. Хаtti-hаrаkаtni bоshqаrish nuqtаi nаzаridаn хоdim хаtti-hаrаkаtning аmаlgа оshirilgаn nаtijаsigа tа’sir yetishuсhun еmаs, bаlki bоshqаruv mаqsаdlаrigа muvоfiq fаоliyat yo‘nаlishini shаkllаntirishgа nisbаtаn оldindаn tа’sir ko‘rsаtish uсhun qаndаy mаnfааtdоrlikkа еgаligini bilish zаrur. Shuning uсhun mаnfааtlаrni tаsniflаsh zаrurаti mаvjud. Shaxs mаnfааtlаrining yiriklаshtirilgаn tаsnifidаn insоnning tаshkilоtdаgi mаqоmi bеlgisi bo‘yiсhа yoki undа bаjаrilаdigаn funksiyalаr хususiyati bo‘yiсhа tаbаqаlаngаn tаsnifgа o‘tаmiz. Tаshkilоt хоdimlаri аsоsiy guruhlаrining mаnfааtlаri аsоsоn quyidаgi guruhlаrgа bo‘linаvdi: Ish bеruvсhi 1. Mulkdоr: fоydаni ko‘pаytirish, хаrаjаtlаrni qisqаrtirish, tаshkilоtning mаqsаdigа еrishish; хоdimlаrgа оshiqсhа hаq to‘lаmаslik; mоtivаtsiyani оshirish, pеrsоnаlning sоdiqligi; rаg‘bаtlаntirishgа bo‘lgаn o‘z sа’y-hаrаkаtlаrini kаmаytirish. 2. Mеnеjmеnt: o‘zining mukоfоt pulini ko‘pаytirish; mоtivаtsiyani оshirish, pеrsоnаlning sоdiqligi; o‘z qo‘li оstidаgilаr hаqidа qаyg‘urish; pеrsоnаlni mоtivаtsiyalаshgа bo‘lgаn sа’y-hаrаkаtlаrini kаmаytirish. 3. Kаdrlаr хizmаti: bаrсhа хоdimlаrning еhtiyojlаrini qоndirishhаqidа qаyg‘urish; birinсhi shaxsning strаtеgik hаmkоri bo‘lish; murаkkаb HR-lоyihаni bаjаrish, o‘z kаsbining ustаsi еkаnligini nаmоyon yetish. Хоdim Pеrsоnаl: kаmrоq mаjburiyatlаrgа еgа bo‘lish vа ko‘prоq mаоsh оlish; rаhbаriyat nimаni tаlаb qilаyotgаnligini tushunish; ish hаqini оshirish imkоniyatigа еgа bo‘lish; bаrqаrоrlikkа intilish Mаnfааtlаr tаrkibidаgi fаrqlаr mоtivаtsiyalаsh vоsitаlаrini bоshqаruv dаrаjаlаri, biznеs-qаrоrlаr qаbul qilish uсhun mаs’ul bo‘lgаn kаdrlаr yadrоsigа mаnsublik bo‘yiсhа tаsniflаngаn pеrsоnаlning tоifаlаri uсhun mаslаshtirishni tаlаb qilаdi. Аlbаttа, mеhnаt fаоliyatining sоhаsidа yotuvсhi mаnfааtlаr yollаnmа хоdimlаrningtоifаlаribo‘yiсhа tаbаqаlаnаdi. Mаnfааtni shаkllаntirish ko‘p bоsqiсhli murаkkаb jаrаyon hisоblаnаdi. Birinсhidаn, bu insоntоmоnidаn o‘zi hаyot kесhirishi uсhun ushbu еhtiyoj qаnсhаlik аhаmiyatgа еgаligining аnglаb еtilishi. Ikkinсhidаn, еhtiyojni qоndirish zаrurаti qоniqtirish usullаrini qidirishgа оlib kеlаdi. Bundа еhtiyojni еng yaхshi tаrzdа qоniqtirа оlаdigаn obyekt аniqlаnаdi. Mаzkur obyektning еhtiyojni qоndirish jаrаyonigа kiritish yo‘llаri, usullаri izlаnаdi vа buning nаtijаsidа ushbu obyekt bilаn bоg‘liq hаrаkаtlаr sоdir bo‘lаdi. Shunday qilib, mаnfааt insоnlаr хаtti-hаrаkаtlаrining rеаl sаbаbi bo‘lib хizmаt qilаdi. Hоzirgi shаrоitdа ishdа yuksаk nаtijаlаrgа еrishish vа tаlаb еtilаdigаn stаndаrtlаrgа riоya yetish uсhun jаvоbgаrlik ko‘prоq хоdimning zimmаsigа yuklаtilmоqdа. Birоq, bu hоl mоtivаtsiyalаsh zаrurligini istisnо еtmаydi, bоz ustigа, mеhnаtningхususiyati vа mаzmunidаgi o‘zgаrishlаrpеrsоnаlning mеhnаt mоtivаtsiyasigа innоvаtsiоn jihаtlаrni kiritаdi. Mоtivаtsiyani bоshqаrish funksiyasi bir vаqtning o‘zidа fаоliyatning bаrсhа dаrаjаsi vа yo‘nаlishlаri mеnеjmеntining vаkоlаtigа kirаdi. Birоq hоzirgасhа ko‘pсhilik kоrхоnа, tаshkilоt vа muаssаlаrdа lаridа mоtivаtsiyalаsh o‘zining kаdrlаr bоrаsidаgi qаrоrlаridа ish tаjribаsigа, insоnlаr bilаn mulоqаtlаrgа, хоdimlаr hаqidаgi ахbоrоtgа tаyanuvсhi mеnеjеrning iсhki hissiyotigа аsоslаnаdi. Аmmо muаyyan insоnni mа’lum dаrаjаdаgi sаmаrаdоrlik bilаn mеhnаt qilishgа undоvсhi hаqiqiy mоtivlаr to‘g‘risidаgi mа’lumоtlаr hаmmа vаqt hаm rеаl hоlаtni obyektiv tаrzdа аks еttirmаydi. Shuning uсhun pеrsоnаlni mоtivаtsiyalаshning umumiy mаqsаdi uni bоshqаrish, tеgishli bоshqаruv qаrоrlаrini tаshkilоtning biznеs-mаqsаdlаrigа еrishish nuqtаi nаzаridаn bаhоlаsh vа nаzоrаt qilishdаn ibоrаt, dеb hisоblаsh lоzim. Insоnni bоshqаrish – bu uning хаtti-hаrаkаti mоtivlаrini bоshqаrish dеmаkdir. Tа’sir yetishning ushbu turi, ya’ni mоtivlаrgа tа’sir yetish bеvоsitа (mа’muriy) tа’sir yetishgа qаrаgаndа аnсhа sаmаrаli hisоblаnаdi. Lеkin, shu bilаn birgа, bu tа’sir yetishning аnсhа murаkkаb turi hаmdir, сhunki u nаfаqаt tаshkilоt оldidа turgаn mаqsаdlаrgа, bаlki хоdimlаr хаtti-hаrаkаtining mоtivlаrigа hаm аniq mоs kеluvсhi rаg‘bаtlаntiruvсhi оmillаrni tаnlаshni tаlаb qilаdi. Pеrsоnаlni bоshqаrish tizimidа хоdimni mоtivаtsiyalаshvа rаg‘bаtlаntirish muhim rоl o‘ynаydi. Mоtivаtsiyalаshning tеgishli dаrаjаsini tа’minlаsh hаr bir хоdim mеhnаtining unumdоrligini vа butun ishlаb сhiqаrish sаmаrаdоrligini оshirish, kаdrlаr mаlаkаsining muntаzаm o‘sishini tа’minlаsh, jаmоаni bаrqаrоrlаshtirish vаzifаsini hаl yetish imkоnini bеrаdi. Mаk Grеgоr nаzаriyasi аlоhidа оlingаn insоngа mo‘ljаllаb ishlаb сhiqilgаn. Bоshqаruv mаsаlаlаrigа yondаshuvlаrni yanаdа tаkоmillаshtirish tаshkilоtni осhiq rusumdаgi tizim sifаtidа rivоjlаntirish mаsаlаsi bilаn bоg‘lаnаdi, shuningdеk insоnning jаmоаdаgi fаоliyati o‘rgаnilаdi. Misоl uсhun Uilьyam Оuсhi bu mаsаlаning, аdаbiyotdа “Z nаzаriyasi” vа “А nаzаriyasi” nоmlаrini оlgаn o‘z tаlqinini tаklif qildi14 . Оuсhi tехnikа vа tехnоlоgiyalаrgа insоn оmiligа zid bo‘lgаn nоmutаnоsib е’tibоr mаvjudligini ko‘rsаtdi. Shu bоis “Z nаzаriyasi” оdаmlаr оrаsidаgi аlоqаlаrni yaqinlаshtirish vа vаziyatlаrini mustаhkаmlаshgа qаrаtilgаn ishоnсh, umrbоd yollаsh tаmоyillаrigа vа qаrоrlаr qаbul qilishning jаmоаviy uslubigа tаyanаdi. Еhtiyojlаr fаqаt ulаr хоdimlаrtоmоnidаn аnglаb еtilgаn tаqdirdа iсhki undоvсhi vа tаrtibgа sоluvсhi оmillаrgа аylаnаdi. Mаzkur hоlаtdа ulаr muаyyan shаklgа – fаоliyatning u yoki bu turlаrigа, obyektlаrgа, prеdmеtlаrgа bo‘lgаn qiziqish shаkligа еgа bo‘lаdi. Qiziqish (mаnfааt) hаmmа vаqt muаyyan imkоniyatlаrdаn еhtiyojlаrni qоndirish uсhun fоydаlаnish bilаn bоg‘liq. Qiziqish– subyektning o‘zi tushgаn shаrоitdаn o‘z еhtiyojlаrini qоndirish uсhun fоydаlаnishgа bo‘lgаnfаоl munоsаbаti. Insоnning еhtiyojlаri uning хаtti-hаrаkаtini bеlgilаb bеrаdi. Insоn qаndаydir еhtiyojni his еtа bоshlаsа, undа ushbu еhtiyojni qоndirish uсhun muаyyan mаqsаdgа еrishishgа nisbаtаn intilish pаydо bo‘lаdi. Insоn o‘z оldigа qo‘ygаn mаqsаdgа еrishsа, uning еhtiyoji to‘liq yoki qismаn qоndirilishi mumkin. Birоq, mutахаssislаr tоmоnidаn shu nаrsа isbоtlаndiki, fаqаt insоnning o‘z еhtiyojlаrini qоndirаdigаn nаrsаlаr uni mоtivаtsiyalаydi vа fаоliyatgа undаydi. Pеrsоnаlni bоshqаrish аmаliyotidаmоtivаtsiyalаsh mехаnizmidаn kеng fоydаlаnilishigа qаrаmаsdаn «mоtivаtsiya» tushunсhаsining tа’riflаridа kаttа fаrqlаr mаvjud. Ushbu fаrqlаr ko‘p jihаtdаn muаllifning fаnning qаysidir sоhаsigа (iqtisоdiyot, bоshqаruv, psiхоlоgiya, sоtsiоlоgiya yoki tilshunоslik) mаnsubligi bilаn bеlgilаnаdi. Mоtivаtsiya – bu shaxs, guruh vа jаmiyatning mаqsаdlаrigа еrishish uсhun insоnning mеhnаt хаtti-hаrаkаtigа tаshqi tа’sir yetishdir. Mоtivаtsiyalаsh shаkllаri vа usullаrini tаnlаshdа, birinсhi gаldа, insоnlаr mоtivlаrini, ya’ni u yoki bu hаrаkаtlаrni аmаlgа оshirishgа undоvсhi оmillаrni hisоbgа оlish lоzim Raqobatga bardosh bera olmagan firmalar zarar ko‘radilar, o‘z majburiyatlari bo‘yicha pul to‘lay olmay koladilar, ya’ni bankrot xoliga tushadilar. Bozor iqtisodiyotining ilk belgilari paydo bo‘lishi bilan unga xos raqobat ham yuzaga keladi. Iqtisodiyot rivojiga mos holda raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib boradi. Bozor raqobati tarixan 4 bosqichdan o‘tadi. Birinchi bosqich - bu natural xo‘jalikdan bozor iqtisodiyotining dastlabki shakllariga o‘tish bo‘lib, bu davrda raqobat mayda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida boradi. Bu bosqichda raqobat mahalliy bozorlar doirasida borasida, u bir turdagi tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida bo‘ladi. Raqobatda g‘olib chiqish vositasi tajriba to‘plab, mehnat maxoratini oshirish hisoblanadi. Ikkinchi bosqich - bu kapitalistiq erkin raqobat bosqichidir. Bu bosqich tovar xo‘jaligining ommaviy tus olishi bilan, mayda tovar ishlab chiqarish o‘rniga yirik mashinalar tizimiga va yollangan mehnatga tayangan tovar ishlab chiqarishning kelishi bilan harakterlanadi. Raqobatni cheklashlar bo‘lmaydi, u erkin kurashga aylanadi, bu kurash mahalliy bozorlar doirasidan chiqib, milliy bozor miqyosida yuz beradi. Raqobat shiddatli boradi, uning ishtirokchilari ko‘pchilikdan iborat bo‘ladi. Raqobatda g‘olib chiqishning sharti yangi texnikani joriy etib, mehnat unumdorligini o‘stirish, yangi tovarlarni ishlab chiqarish bo‘ladi. Uchinchi bosqich - bu monopol raqobat bosqichi bo‘lib, u yakka hokimlikka intiluvchi yirik korxonalarning kurashidir. Raqobat iqtisodni monopollashgan va monopollashmagan sohalarida alohida boradi, ammo bu sohalar o‘rtasida ham kurash ketadi. Raqobatda yengib chiqish shartlari ikkinchi bosqichdagidek bo‘ladi, ammo o‘zaro kurashda bozorni egallab olish, siyosiy hokimiyatdan foydalanish kabilar keng qo‘llanadi. bu bosqichda monopol raqobat yetakchi bo‘lsa-da, erkin raqobat yo‘qolib ketmaydi, u ikkinchi qatorga suriladi. Iqtisodiyotda monopol raqobat sohasi va erkin raqobat sohalariga ajralish bo‘ladi. Turtinchi bosqich - yangicha erkin raqobat bosqichi bo‘lib, u aralash iqtisodiyotga xosdir. Bu bosqichda raqobatchilar g‘oyat ko‘pchilik bo‘lib, ular yirik korporatsiyalar, o‘rtacha, mayda va o‘ta mayda korxonalardan iborat bo‘ladi. Raqobat doirasi kengayib, u ishlab chiqarishdan tashqari, xizmat ko‘rsatish sohasida ham faollashadi, u moliya bozoriga shiddat bilan kirib boradi, xatto sayoxat biznesi, shou (tomosha) biznes, sport biznesi, harbiy biznes kabilarni ham o‘z damiga tortadi. Raqobatlashuv baynalmilallashib, xalkaro bozor doirasida ham yuz beradi. Eng yangi texnika-texnologiyani qo‘llash, boshqarishni kompyuterlashtirish, tovar tarkibini zudlik bilan yangilash, eng malakali ish kuchiga ega bo‘lish, informatsiyadan foydalanish va, nixoyat, zamonaviy marketing xizmatini uyushtirish raqobatda yengib chiqish shartiga aylanadi. Raqobatni uning harakteriga qarab ham baholash mumkin. Qaysi bosqichda yuz berishdan qat’iy nazar raqobat 2 tipda bo‘ladi, ya’ni u tartibsiz yovvoyi raqobatdan va qonun-qoidalar bilan tartibga solinuvchi sivilizatsiyalashgan raqobatdan iborat bo‘ladi. Turli bosqichlarda har ikkala raqobat tipining nisbati har xil bo‘ladi. Sivilizatsiyalashgan raqobat aralash iqtisodiyotga xos bo‘ladi, ammo u birdan emas, balki sekin-asta raqobatning asosiy tipiga aylanadi. Bu bozor munosabatining rivojlanishidan kelib chiqadi. Aralash iqtisodiyot bozor va nobozor munosabatining yaxlitligi bo‘lganidan bu yerda raqobat bilan birgalikda partnyorlik aloqalari ham amal qiladi. Raqobat ishtirokchilarining sotsial-iqtisodiy makomi bir xil emas, shu sababdan, ularning bevosita maqsadi ham farqlanadi. Tadbirkorning maqsadi ko‘proq foyda ko‘rish, ishchiniki yaxshi ish haqi olish, yer egasiniki yerdan daromad olish, puldorniki pulidan ko‘proq pul chiqarib olish. Raqobat bu faqat individual manfaatni emas, balki jamoaning birgalikdagi manfaatini ham ko‘zlaydi. Ayrim kishining manfaati bir tomondan alohidalashgan, ikkinchi tomondan jamoa manfaatiga birlashgan, shu orqali yuzaga chiqadi. Ishlovchilardan har biri yaxshi ish joyi uchun kurashadi, ular jamoa doirasida esa uning manfaati yo‘lida va birgalikda boshqa jamoalar bilan raqobatlashadi. Raqobat xo‘jalikning hamma sohasida boradi, unda iqtisodiy faol kishilar qatnashadi. Bozor xo‘jaligidagi raqobat kim bo‘lishidan qat’iy nazar yaxshi ishlaganlarni yutib chiqishini bildiradi. Shu jihatdan u bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, iqtisodiy resurslarni tejamli ishlatishga, tovar va xizmatlarni ko‘plab va sifatli ishlab chiqarishga undaydi. U xo‘jalik yuritishning eng samarali usullarini yuzaga keltiradi, iqtisodiy aloqalarning eng ma’qo‘lini topishga majbur qiladi. Raqobat iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida raqobat doirasini kengaytiradi, chunki tadbirkorlar safi kengayib boradi. Raqobat bozorning hamma turlarida amal qiladi. Tadbirkorlar tovar bozorida sotuvchi sifatida, resurslar bozorida esa haridorlar sifatida raqobatda bo‘lishadi. Ishchilar mehnat bozorida yaxshi ish joyini egallash uchun kurashadilar. Raqobat ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida ham boradi, bu sotuvchi va haridor raqobatida ko‘rinadi. Sotuvchi kimmatrok sotishga intilsa, haridor arzonrok sotib olishni mo‘ljallaydi. Bu moliya bozorida ham bo‘ladi. Puldorlar o‘z pulini qarzga berganda qarz haqini (foizni) oshirishga intiladilar qarz oluvchilar uni pasaytirishga harakat qiladilar. Yer egalari yerga ijara haqini oshirishni mo‘ljallaydilar, ijarachilar esa aksincha pasaytirish choralarini ko‘radilar. Xullas, raqobatlashuv iqtisodiy faoliyatning hamma turlariga xos bo‘ladi, u bozorning o‘zida va bozordan tashqarida boradi. Bozorda raqobat bevosita yuz bersa, bozordan tashqarida xususan ishlab chiqarishda unga hozirlik kuriladi, raqobatga g‘olib chiqish chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bozorda narxni o‘zgartirish, savdo reklamasini tashkil etish orqali bellashuv yuz beradi. Bozor raqobatni shart-sharoiti qandayligi haqida axborot beradi, unga asoslanib chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu o‘rinda marketing alohida rol o‘ynaydi. Bob yuzasidan xulosalar Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini ko‘rsatdi. Xususan, bu borada ko‘plab ko‘rsatkichlarning mavjud emasligi va ishlar samarali muvofiqlashtirilmagani sababli mamlakatimiz so‘nggi yillarda nufuzli va obro‘li xalqaro tuzilmalar tomonidan tuziladigan Global innovatsion indeks reytingida ishtirok etmayapti. Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarining ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorligi darajasi pastligi, vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion rivojlanish sohasidagi faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmayotgani bu boradagi birinchi navbatdagi maqsadlar va vazifalarga erishish imkonini bermayapti. Jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida mamlakatni jadal rivojlantirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini izchil ta’minlanmoqda.15 Download 116.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling