Kichik biznesning mohiyati va kichik korxonalarni tashkil qilish asoslari
Download 156.5 Kb.
|
KORXONALARNI BIZNES FAOLIYATI MAQSADI VA VAZIFALARI
5-jadval
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish dinamikasi2
Bu holat esa mamlakatda hali kichik biznesni rivojlantirish borasida mavjud salohiyat va imkoniyatlardan samarali foydalanib, rivojlangan mamlakatlar ko’rsatkichlariga erishish bo’yicha uzoq va mashaqqatli ish olib borilishi zarurligini ko’rsatadi. Mamlakatning tadbirkorlik iqlimi haqida so’z yuritganda, birinchi navbatda, kichik biznes sohasidagi ishlarning holati bo’yicha mulohaza qilinadi. U iqtisodiyot sog’lig’ining barometri hisoblanadi. Tashqi sarmoyadorlar u yoki bu iqtisodiyotga sarmoyalarni investitsiyalash haqidagi qarorni qabul qilishdan avval kichik va xususiy biznesning rivojlanganlik darajasini o’rganishlari tasodifiy emas. Ularning fikriga ko’ra, bu o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning ko’zguda aks ettirilishi, bozor iqtisodiyoti jarayonlari barqarorligining kafolati hisoblanadi. O’zining «Soni», «Panasonik», «Toshiba», «Mitsubisi», «Seyko» korporatsiyalari bilan dunyoga mashxur bo’lgan Yaponiyani olaylik. Bu korporatsiyalar mamlakatning iqtisodiy yuzini to’liq darajada belgilamaydi. Yaponiyaning umumiy iqtisodiyotida ular faqat bir foizni tashkil qiladi, 99 foizi esa bu kichik korxonalardir. Yapon iqtisodiyotining muvaffaqiyati ko’proq kichik biznesning faoliyatiga bog’liq. Bu kichik korxonalar nafaqat muvaffaqiyatli ishlaydilar, balki sanoat gigantlariga qudratli raqobatni tashkil qiladilar, ular shubhasiz o’zlarining kichik sheriklarisiz butun jahonga mashxur bo’la olmasdilar. Yaponiyada katta korporatsiyalar mahsulotlarining deyarli 40% kichik korxonalardan iborat bo’lgan subpudratchilar tomonidan bajariladi. AQSH iqtisodchilari va tadbirkorlarining fikricha, yirik korporatsiyalar iqtisodiyotining suyagidir, uning muskullari esa, katta biznesni harakatga keltiruvchi kichik kompaniyalardir. Masalan, «Djeneral elektrik» kompaniyasi asosan kichik korxonalar bo’lgan subpudratchilarning 45 mingta firmalari bilan bog’langan. Shunday qilib, har qanday mamlakatning iqtisodiy salohiyatida kichik biznesning roli g’oyatda kattadir. Boshqacha qilib aytganda, u davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab-yashnashining garovidir. Shuning uchun O’zbekistonda kichik biznes, yakka tartibdagi tadbirkorlik, fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlanishini rag’batlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Shunday ekan, kichik korxonalarning roli va ahamiyati nimadan iborat? Bular, qisqacha aytadigan bo’lsak, quyidagi omillarda namoyon bo’ladi: kichik korxonalar bozorning tovarlar va xizmatlar bilan tez tuldirilishiga yordam beradilar, ichki bozorni shaxsiy ishlab chiqaril-gan tovarlar bilan boyitadi; kichik korxonalar engil va oziq-ovqat sanoatining salmog’ini oshirib, mamlakatni xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’nalganlik holatidan chiqarib, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga faol ta’sir qiladi; kichik korxonalar, iqtisodiyotning dvigateli bo’lgani holda, sohaviy va mintaqaviy yakka hokimlikni bartaraf qilishga, raqobat sohasini kengaytirishga yordam beradi; kichik firmalarning faoliyatida ilg’or, ixcham texnologiyalardan foydalanish alohida o’rin tutadi, zero, bu ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim yo’nalishlardan biridir; kichik korxonalar eksportga mo’ljallangan va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanib, mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi; mahalliy idoralarning iqtisodiy bazasini mustahkamlash, qishloq aholi punktlari, kichik shaharlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishda ularning roli kattadir; kichik korxonalar unutilgan, an’anaviy xalq amaliy san’ati, badiiy hunarmandchilikning tiklanishiga ko’maklashadi, bu nafaqat iqtisodiyot, balki xalq madaniy merosini tiklashda g’oyatda muhimdir. kichik korxonalar ko’pincha yirik korxonalarni butlovchi detallar va qismlar bilan ta’minlab, ularning yo’ldoshi bo’ladi, bu yirik va kichik biznes manfaatlarini birlashtirishning samarali usuli bo’ladi; kichik korxonalarda pensionerrlar, nogironlar, yoshlar, talaba-lar, uy bekalarining mehnat qilish imkoniyati bor, bu esa ularning moddiy ahvolining yaxshilanishiga yordam beradi; kichik biznes mehnatni qo’llash sohasini kengaytirish, ish bilan band bo’lmagan aholini va samarasiz ishlovchi korxonalardan ozod bo’lgan xodimlarni ishga joylashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga, boshqacha qilib aytganda, ishsizlikni kamaytirishga imkon beradi; kichik biznesning rivojlanishi hisobiga xususiy mulkchilik sohasi kengayadi, bu jamiyat va davlatning tayanchi bo’lib xizmat qiluvchi o’rta hollar sinfining shakllanishi, mamlakatda barqarorlikning muhim sharti bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, kichik biznesning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy farovonligini oshirishda va muhim ijtimoiy muammolarni xal qilishda katta rol o’ynaydi. Download 156.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling