Kichik biznesning mohiyati va kichik korxonalarni tashkil qilish asoslari


Kichik biznesning xususiyatlari va imkoniyatlari


Download 156.5 Kb.
bet3/8
Sana07.02.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1173675
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KORXONALARNI BIZNES FAOLIYATI MAQSADI VA VAZIFALARI

Kichik biznesning xususiyatlari va imkoniyatlari




Kichik biznes korxonalari yirik firmalardan ko’proq farq qiladilar va bozor iqtisodiyoti sharoitlarida o’z xususiyatlarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlarga egalar. Boshqaruv va qarorlar qabul qilishdagi mustaqillik, texnologik ajralganlik, epchillik o’zlarining faoliyatlarini yirik korxonalar qila olmagan ishni eng katta foyda olish bilan bajaradigan qilib tashkil qilishga yordam beradi.
Kichik korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining turlarini o’zgartirib, iste’molchilarning o’zgaruvchan talablariga ko’ra tovarlar ishlab chiqarish bilan bozor holatini o’zgarishiga tez javob qaytarish qobiliyatiga egalar. Ular odamlarning mavsumiy ehtiyojlarini to’laroq va si-fatliroq qondirishlari mumkin.
Iste’molchilar bilan bevosita aloqa kichik firmalarning xususiyatlaridan biri bo’ladi, bu narsa yirik ish­lab chiqarishda yo’q. Masalan, kichik novvoyxona non mahsulotlarini tayyorlaydi va xuddi shu erda ularni haridorlarga sotadi va haridorlardan buyurtmalar qabul qiladi. Bundan tashqari, haridorlar shu erning o’zida o’z fikrlarini aytishlari, maslahatlar berishlari mumkin.
Qoidaga ko’ra, kichik korxonalar tovarlar va xizmatlar bozorining belgilangan segmentida ixtisoslashadilar. Ixtisoslashish – mehnat unumdorligini oshirish, moddiy harajatlarni pasaytirish, mahsulot sifatini oshirishning eng muhim omilidir.
Kichik biznesda nisbatan kichik boshlang’ich sarmoyalar bilan shaxsiy ishni boshlash hamda qisqa muddatda ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati bor. Bu holat, qulay sharoitlarda kichik biznes sohasini jadal rivojlantirish imkonini beradi.
Kichik firmaning rahbari boshqa har qanday firmalarga qaraganda ko’proq darajada xo’jayinlik tuyg’usini his qiladi, zero, u yuqori idoralarning buyruqlaridan to’laligicha ozod, bu erda bir shaxsda mulk egasi, menejer, moliyachi, biznesmen birlashadi. Moddiy va ma’naviy muvaffaqiyatni olish maqsadida unumdor mehnat qilish uchun qudratli qo’shimcha rag’bat mana shundan iboratdir.
Kichik korxonalar mahalliy sharoitlar, urf-odatlar, an’analarga tez moslashish qobiliyatini namoyon qiladilar. Bu sifatlar kichik biznesga mahalliy aholi uchun an’anaviy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasidagi faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Shuning uchun ham kichik korxonalar kosibchilik, hunarmandchilik buyumlari, badiiy-dekorativ ashyolar, uy va qishloq xo’jaligi asboblari, kurilish detallari, bolalar o’yinchoqlari, milliy xarakterdagi oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasida keng tarqalgan.
Yirik ishlab chiqarishga nisbatan kichik korxonalar o’zlarini caqlab turish, xizmat ko’rsatish va boshqarishga kam harajat talab qiladilar. Bundan tashqari, ular uchun harajatlarni tez o’zini qoplashi, mablag’larning jadal aylanishi xarakterlidir. Bularning barchasi tejamkorlik bilan xo’jalik yuritishga, foydalilikka erishishga, texnik rivojlanish uchun mablag’lar jamlashga imkon beradi.
Kichik korxonalarning mehnatni tashkil qilishda mehnat taqsimotining alohida tamoyillarini yo’lga quyish, xodimlarning ish sohasida bir-birlarini o’zaro almashtira olishi ular o’rtasidagi ishonchli munosabatlar kabi xususiyatlarini ham ta’kidlab o’tish zarur. Ishlab chiqarishning ki­chik ko’lamlari jamoada me’yoriy ruhiy sharoitni yaratish, xodimlar qo’nimsizllgini kamaytirish, rahbarlar va bo’ysunuvchi xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni demoqratik asosda qurish, tashabbuskorlik, ijodkorlik muhitini yaratish bi­lan birga har bir jamoa a’zosining yuqori mas’uliyatli fao­liyatini yo’lga quyish imkonini beradi.
Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatida barqaror va foyda bilan ishlashga erishish imkoniyatini beruvchi eng muhim xususiyatlari ana shulardan iboratdir. Ammo bu imkoniyatlar o’z-o’zidan amalga oshadi, kichik biznes gullaydi, tadbirkorlarning hech qanday harakatlarisiz kengayadi, bu sohada hamma narsa tinch va unda alohida muammolar yo’q deb hisoblash xato bo’ladi. Kichik biznesni rivojlantirish yo’lida ko’pgina to’siqlar, qiyinchilik bilan hal qilinadigan muammolar borki, ularni bartaraf qilish uchun anchagina sa’y-harakatlar qilish, doimo izlanishda bo’lish, o’rganish zarur.



Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling