Kichik gruhlarda ishlash
Download 23.36 Kb.
|
Maqala Jumabayev A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit soʻzlar
KOMBINOTORIKA MASALALARINI YECHISHDA “KICHIK GRUHLARDA ISHLASH” USULINI QOʻLLASH Kalekeeva Tamara Turkmenbaevna – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, “Matematika oqitish metodikası” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari boyicha falsafa doktorı. Jumabaev Amangeldi Pulatbaevich – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, magistratura boʻlimi aniq va tabiy fanlarni oʻqitish metodikasi (matematika), 2-kurs magistranti. Annotatsiya: Mazkur maqolada kombinatorika elementlariga doir misollar yechish usullari bayon qilingan. Shuningdek, oʻqitishda turli usullarini qoʻllagan holda darsni samarali oʻtish yoʻllari keltirilgan. «Kichik guruhlarda ishlash» metodini qoʻllashda foydalanish mumkin boʻlgan bir nechta misolar tavsiya qilingan. Bu koʻpchilik pedagoglarga foydali boʻladi degan umiddamiz. Kalit soʻzlar: Kombinatsiya, oʻrinlashtirish,oʻrin almashtirish, guruhlashlar, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, baholash, yechimlar. Ключевые слова: Комбинация, размещение, перестановка, сочетание, “Метод работы в малых группах”, оценивание, решения. Key words: Combination, accommodation, permutation, groupings, “small group method”, evaluation, solutions. Kombinotorika masalalarini yechishga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada oʻquvchilar uni oʻrganish (bajarish) uchun ijodiy faoliyat koʻrsatishlari zarur boʻladi va vazifalar belgilab olinadi. Oʻquvchilar kichik guruh ishida qatnashishlari uchun tanlangan faoliyat boʻyicha ba’zi bilim, koʻnikma va malakalarni oldindan egallagan boʻlishlari kerak. Odatda har bir guruhda 3-5 oʻquvchi boʻladi (ehtimol, kam yoki koʻp boʻlishi mumkin). Agar guruhda ishlash u yoki bu yozma hujjat tayyorlashni talab etsa, yaxshisi 2-3 kishilik guruh tuzilgani ma’qul. Guruh oʻlchovi masalaning muhimligi, auditoriyadagi oʻquvchilar soni, oʻquvchilarning bir-biri bilan konstruktiv holatda oʻzaro harakatiga bogʻliq holda oʻzgaradi. Eng yaxshisi, “getrogen” guruh tashkil etishidir (jinsi, oʻzlashtirish darajasi va boshqa belgilar asosida). Guruhda ishlash oʻquvchilar oʻrtasida vazifalarni aniq taqsimlashga tayanadi (misol uchun, bir oʻquvchi munozarani boshqaradi, ikkinchisi yozib boradi, uchinchisi spiker (sardor) rolini oʻtaydi va hokazo). Auditoriyani guruhlarga ajratish, istak boʻyicha yoki hisob boʻyicha amalga oshiriladi. Aniq yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish, oʻquvchilarga faoliyatni bajarish boʻyicha aniq va hajm jihatdan koʻp boʻlmagan tushuntirish beriladi. Oʻqituvchi guruhlarining ishlash tezligi turlicha boʻlishini inobatga olgan holda vaqt chegarasini aytadi. Guruhlar kerakli materiallar va axborotlar bilan ta’minlanadi. Oʻquvchilar guruhda ishni boshlashlari uchun vazifalarini aniq tushunib etganligi tekshirib koʻriladi. Qoʻllab quvvatlash va yoʻnaltirish orqali oʻqituvchi zarurat tugʻilsa guruhlar yoniga navbatma-navbat kelib toʻgʻri yoʻnalishda ishlayotganligini qayd etadi yoki ularga yordam beradi, guruhlarga tazyiq oʻtkazilmaydi. Guruhlarda ish yakunlangach, ular natijalari boʻyicha axborot beradilar. Buning uchun har bir guruh oʻz sardorini belgilaydi. Zarurat tugʻilsa, faoliyat natijalari boʻyicha bildirilgan fikrlar oʻqituvchi tomonidan yozilib boriladi. Muhimi, guruhning yechimining asoslanishini aniqlashtirib olinadi. Agar vaqt yetarlicha boʻlsa, u yoki bu fikrni argumentlashda guruhlar bir-biriga savol ham berishlari mumkin. Kichik guruhlarda ishlash natijalari oʻqituvchi tomonidan baholanadi. Bunda faoliyatni toʻgʻri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi. Ushbu metod qoʻllanilganda oʻquvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida boʻlishga, bir-biridan oʻrganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega boʻladi. Kichik guruhlarda ishlash metodi qoʻllanilganda oʻqituvchi boshqa noan’anaviy metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega boʻladi. Chunki oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida barcha oʻquvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining avzalligi: - oʻqitish mazmunini yaxshi oʻzlashtirishga olib keladi; - muloqotga kirishish koʻnikmasining takomillashishiga olib keladi; - vaqtni tejash imkoniyati mavjud; - barcha oʻquvchilar jalb etiladi; - oʻz-oʻzini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud boʻladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining kamchiliklari: - kuchsiz oʻquvchilar boʻlganligi sababli kuchli oʻquvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor; - barcha oʻqvchilarni nazorat qilish imkoniyati past boʻladi; - guruhlararo oʻzaro salbiy raqobatlar paydo boʻlib qolishi mumkin[2]. Shu sababli, oʻquvchilarga kombinatorika elementlariga doir misollar yechishni oʻrgatish bilan bir qatorda, ular oʻtilgan nazariy mashgʻulotlarni qanday tushunganliklarini bilib olish ham oʻqituvchi uchun muhim hisoblanadi. Buni inobatga olib, har bir guruhga har xil turdagi misollarni yechishni tavsiya qilish ijobiy samara beradi. Har bir guruhga misollar tavsiya qilinib, yechimlari tekshiriladi. Download 23.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling