Kichik guruhlar bilan ishlash metodi


Download 62.5 Kb.
Sana27.11.2020
Hajmi62.5 Kb.
#153880
Bog'liq
Kichik guruhlar bilan ishlash metodi


Aim.uz

Kichik guruhlar bilan ishlash metodi.
Reja:


  1. Sinfni guruhlarga bo’lib ishlash uchun qo’yiladigan talablar

  2. Kichik guruhlar bilan ishlash texnologiyasidan foydalanishning afzalliklari

  3. Shu texnologiya asosida tuzilgan dars ishlanmasi tahlili

  4. Guruhlararo bellashuv darslarini o’tkazish yo’llari

  5. Xulosa


Tayanch tushunchalar: interfaol metod, o’quvchilar faollligi, vazifalarini taqsimlash, munozarada qatnashish huquqi, yangi bilim berish, bilim va malakalarni mustahkamlash, taqdimot
Bu keng qo’llanadigan interfaol metodlardan bo’lib, bu metod o’quvchilarning darsdagi faolligini ta’minlaydi, ularning munozarada qatnashish huquqini ta’minlaydi, boshqalar fikrini qadrlashga o’rgatadi. Guruhlar bilan ishlash o’quvchilar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga tayanadi.

5-sinfda o’tiladigan «O’zakdosh so’zlar» mavzusini shu metod asosida o’rganish haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz.

O’tilgan mavzu iboralar haqida bo’lib, unga doir bilimlar savol-javoblar va mashqlar orqali mustahkamlangandan so’ng yangi mavzu e’lon qilinadi. O’qituvchi mavzuni elon qilib, bugungi o’tiladigan darsning maqsadini tushuntiradi va bu maqsadga erishish uchun sinfning guruhlarga bo’linib ishlashini aytadi. Sinf o’quvchilari o’qituvchi tomonidan to’rt guruhga bo’linadi. (Bu guruhlar soni bundan boshqacha bo’lishi ham mumkin, biz mavzuning mohiyatidan kelib chiqib to’rt guruhta ajratyapmiz).
1-guruh “Zukko”

2-guruh “Ziyo”

3-guruh “Ibora”

4-guruh “Bog’lovchi”

O’qituvchi guruhlarning vazifasini tushuntirib, ularga quyidagi savollarni beradi:


  1. So’zning tarkibiga nimalar kiradi?

  2. O’zak deganda nimani tushunasiz?

O’kuvchilar boshlang’ich sinfda va 5-sinfda o’quv yilining boshida «So’z tarkibi» mavzusi bo’yicha olgan bilimlari asosida savollarga javob beradilar. Birinchi savolga «Zukko» va «Ziyo» guruhlari javob bersa, ikkinchi savolga «Ibora» va «Bog’lovchi» guruhlari javob beradi. O’qituvchi guruhlarning javoblarini qiyoslab, zarur tuzatishlar kiritadi va to’g’ri javobni belgilaydi. Shundan so’ng 140-mashqni ishlash bilan yangi mavzu boshlanadi.

1-topshiriq. Matnni o’qing, daraxt, gul, meva, o’smoq so’zlari qo’llanilgan shakllarni alohida ustunchalarga yozing. O’qituvchi har bir so’zni bittadan guruhga beradi va topshiriq asosida bajarilishi kerakligini aytadi. Mashqning birinchi sharti quyidagicha bajariladi:


“Zukko” “Ziyo” “Ibora” “Bog’lovchi”

gul daraxt meva o’smoq

gulzorga daraxtlar mevali o’sgan

gulzordagi daraxtlardan sermeva gullarga


Har bir guruhdan bittadan vakil chiqib, yuqoridagi so’zlarni doskaga yozadi. O’qituvchi o’quvchilarning e’tiborini doskadagi barcha so’zlarga qaratadi.

2-topshiriq. Har bir ustunchada asosiy ma’no qaysi qism bilan ifodalanishini aniqlang. Uning ustiga ∩ (yoy) belgisini qo’ying.

Guruh o’kuvchilari 1-ustunchada asosiy ma’no gul so’zi orqali, 2-uetunchada daraxt so’zi orqali. 3-ustunchada meva so’zi orqali, 4-ustunchada o’smoq fe’li orqali ifodalanganini aytadilar.

O’qituvchi: Har bir ustundagi so’zlarning o’xshash tomoni qaysi?

O’quvchilar: Bu so’zlarning o’zagi bir xil.

3 topshiriq. “Maktab bog’i” matni asosida o’z maktabingiz bog’i tasvirini qo’shib matn tuzing.

O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida matn tuzadilar.

Shundan so’ng mavzu yuzasidan xulosa chiqarish imkoni yuzaga keladi. Buning uchun o’qituvchi har bir guruhga savollar beradi va ularning javoblarini umumlashtiradi.

«Zukko» guruhiga: O’zakdosh so’zlar deb qanday so’zlarga aytamiz?

«Ziyo» guruhiga: So’z qanday qismlardan iborat bo’ladi?

«Ibora» guruhiga: Atash, nomlash ma’nosini so’zning qaysi qismi ifodalab beradi?

«Bog’lovchi» guruhiga: O’zakka qo’shilib keladigan qism nima deb yuritiladi?

Guruh a’zolari savollarga javob topadilar va javoblarni ma’lum qiladilar. Shu asosda umumlashgan xulosa chiqariladi.

Dars davom ettirilib, 141-mashq ishlanadi. Mashq shartida ot, sifat, son, olmosh, fe’llarning o’zak va qo’shimchalarini ajratib, jadvalga joylashtirish hamda ularning o’zagini belgilash topshirilgan.




«Zukko»

Ot

«Ziyo»

Sifat

«Ibora»

Fe’l

«Bog’lovchi»

Olmosh

yillikni

bog’dagi mevali

aralash

U

chorakdan

yaxshigina

bitirdim

mendek

o’qichuvchilar

ahmoqqa

boshladim

qayoqdan

dadam

pastki

tursin




oyim

rost

kirgaiini




insof

sermeva

bilshlolmas qo’yilgani







Son

bo’lsii







birinchi uchinchi

quvonishar



2-topshiriq. Har bir ustundagi o’zaklar qaysi jihatdan o’xshash ekanligini tushuntirish va qatorlarni davom ettirish.

O’quvchilar har bir ustundagi o’zaklar qo’shimcha olganligi bilan o’xshash ekanligini aytadilar.

3-topshiriq. To’ldirilgan qatorlar asosida xar bir so’z turkumi qanday qo’shimchalar olishi haqida xulosa chiqaring.

«Zukko» - ot turkumi so’z yasovchi, egalik, kelishik va ko’plik qo’shimchalarini oladi.

“Ziyo” sifat turkumi -gina erkalash qo’shimchasini hamda -li, -dagi, -ir kabi yasovchi qo’shimchalarni, son turkumi -nchi qo’shimchasini qabul qilgan.

«Ibora» - fe’l turkumi zamon, shaxs-son, mayl, bo’lishsizlik, sifatdosh shakli qo’shimchalarini qabul qilgan.

«Bog’lovchi» - olmosh -dek qo’shimchasini va -dan kelishik qo’shimchasini qabul qilgan.

Bu mashqlarni ishlab tegishli xulosalar chiqarilgandan so’ng, test savollari bilan ishlash mumkin.

1. Qaysi qatordagi so’zlarning o’zagi bir xil ekanligini


aniqlang.

A) ishsiz, gulsiz, tuzsiz

V) guldon, gulli, guldor

S) aqlli, bilimli, ilmli



2. Qaysi qatorda ot turkumiga mansub bo’lgan o’zakdosh so’zlar berilgan?

A) o’qigan, o’qidi, o’qish

V) baxtli, baxtsiz, bebaxt

S) ishli, ishsiz, ishchi



3. Qaysi qatordagi so’zlarga birdan ortiq qo’shimchalar qo’shilgan?

A) ko’nglim, kitobim, bolalar

V) o’qidilar, yozganlar, kelyaptilar

S) bolalar, odamlar, savollar



4. Qaysi qatorda fe’l turkumiga xos bo’lgan o’zakdosh so’zlar
berilgan?

A) aqlli, aqlsiz, beaql

V) borgan, bordi, borib

S) ishlagan, o’qigan, borgan


Har bir test savoli bittadan guruhga beriladi va javobi eshitiladi. Guruhlarning dars davomidagi faolliklariga baho beriladi, faol o’quvchilarga tegishli baholar qo’yiladi.

Darsning ana shunday usul asosida o’tkazilishi o’quvchilarning dars jarayonida faol ishtirokchi bo’lishiga yordam beradi.


Darslarni guruhlararo bellashuv tarzida o’tkazish ta’lim jarayonining jonli va qiziqarli bo’lishiga yordam ko’rsatadi. Bu usuldan yangi bilim berish jarayonida ham, bilim va malakalarni mustahkamlash darslarida ham foydalanish mumkin. Bu usul interfaol metodga o’xshab ketsa-da, undan o’ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Interfaol metod kichik guruhlar bilan ishlashga, mo’ljallangan va har bir guruhga xos topshiriqlar berilib, ular tomonidan bildiriladigan g’oyalarni qo’llab-quvvatlash asosida xulosalar chiqarishga asoslanadi.

Guruhlararo bellashuv esa ikki guruh bilan ishlashga mo’ljallangan. Bu usulda dars o’tkazish uchun sinf ikki guruhga bo’linadi. Albatta, sinfni guruhlarga ajratish o’qituvchi tomonidan amalga oshirilishi va har ikki guruhda faol o’quvchilar miqdorining teng bo’lishiga erishish lozim. Shundan so’ng guruhlarga mavzuga doir topshiriqlar berib boriladi va har bir guruhga topshiriqning bajarilishiga, darsdagi faolligiga ko’ra ball qo’yib boriladi. Guruhlar bu topshiriqlarni bajarish va mavzu yuzasidan xulosalar chiqarish, ijodiy ishlar bajarish jarayonida ham tengma-teng ishtirok etib boradilar. Guruhlar tomonidan yo’l qo’yilgan xato tanqid qilinmaydi, balki uni tuzatishga imkon beriladi. Guruhlar bir-birlarining xatolarini, kamchiliklarini tuzatishi va shuning hisobiga qo’shimcha ball olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Guruhlar tomonidan to’planadigan ballar oldindan tayyorlab qo’yilgan raqamlar orqali maxsus qog’oz kataklarga qo’yib boriladi. Guruh a’zolari o’zlari to’playotgan ballarni ko’rib, hisoblab boradi. Ortda qolayotgan guruh ko’proq ball to’plashga harakat qiladi. Bu esa sinfdagi faollikni yanada oshiradi va o’quvchilarni harakatdagi sub’ektga, izlanuvchan, ijodkor hamda fikrlovchi shaxsga aylantiradi. Bunday darajaga erishish uchui shunga mos dars mavzusini tanlay bilish kerak. Har qanday mavzuni bu usul asosida o’rganib bo’lmaydi.

6-sinfda fe’lning ma’noviy guruhlarini o’rganishda shu usuldan foydalanish mumkin. «Natijali faoliyat fe’llari» mavzusini guruhlararo bellashuv shaklida olib borish xususida fikr yuritamiz. Dars mavzuni e’lon qilish va dars maqsadini tushuntirish bilan boshlanadi. O’qituvchi sinfni ikki guruhga bo’lib, guruhlarning vazifalarini tushuntiradi. Dastlab 162-mashq ishlanadi. Mashqning sharti o’qiladi va izohlanadi. «Tafakkur» guruhiga 1-,2-,3-gaplarni, «Ijodkor» guruhiga esa 4-,5-,6-gaplarni mashq sharti asosida bajarish topshiriladi.

«Tafakkur» guruhi berilgan gaplarni o’qituvchi yordamida quyidagicha izohdaydi:

1-gapda yozdi va qo’ydi fe’llaridan anglashilgan ish-harakat natijasida xat yozilgan va narsa-buyum orasiga qo’yilgan.

2-3-gaplarni ham shu tarzda izohlaydilar.

2-gapda bino qilishdi fe’lidan anglashilgan ish-xarakat natijasida maktab binosi qurilgan.

3-gapda bo’yamoq fe’lidan anglashilgan ish-harakat natijasida devor bo’yalgan, ya’ni devor sifatida o’zgarish sodir bo’lgan.

«Ijodkor» guruhi o’zlariga berilgan gaplarni quyidagicha izohlaydilar:

4-gapda chakmoq va ajratmoq fe’lidan anglashilgan ish-harakat natijasida yong’oqda o’zgarish yuz berdi, ya’ni u chaqildi, mag’zi po’chog’idan ajratildi.

5-6-gaplar ham shu tarzda izohlanadi.

Guruhlar bir-birlarining javoblarini diqqat bilan eshitib turadilar va zarur bo’lsa izohlar kiritadilar. O’qituvchi guruhlarning javoblarini eshitib tegishli tuzatishlar kiritadi va quyidagicha savol beradi:

1) 162-mashqda tanishgan fe’llar orqali nima izoxlanyapti?

“Tafakkur” guruhi:

Bu fe’l. Bir ish-harakat natijasida narsa-buyumda o’zgarish yuz berishini bildiryapti.

2) Mavzu nomidan kelib chiqib bunday fe’llarni nima deb nomlaymiz?

«Ijodkor» guruxi:

Bu fe’llarni natijali faoliyat fe’llari deb ataymiz.

Shundan so’ng 163-mashq ishlanadi. Mashq shartida harakat natijasida biror narsa-buyum hosil bo’lish ma’nosini ifodalovchi fe’llar qatorini davom ettirish, ular ishtirokida gaplar tuzish toshpirig’i berilgan. So’zlar ikki guruhda berilgan va bu so’zlar bo’yicha ikkala guruh ish olib boradi.

«Tafakkur» guruhiga berilgan so’zlar qatori: qurmoq, yaratmoq, yozmoq, chizmoq, yasamoq ....

O’quvchilar qatorni davom ettirib quyidagi so’zlarni qo’shadilar: tuzatmoq, ta’mirlamoq, oqlamoq, bezamoq.

Tuzilgan gaplar:



  1. Quruvchilar binoni ta’mirladilar.

  2. Bolalar qog’ozdan har xil o’yinchoqlar yasadilar.

  3. Bu yil yangi uy qurdik.

«Ijodkor» guruhiga berilgan so’zlar qatori: bino qilmoq, barpo qilmoq, asos solmoq, bunyod etmoq.

O’quvchilar qatorni quyidagicha davom ettiradilar: ijod qilmoq, ixtiro qilmoq, muhayyo qilmoq.

Tuzilgan gaplar:


  1. Dehqonlar paxtadan yuksak hirmon barpo qildilar.

  1. Quruvchilar shahar markazida ajoyib san’at koshonasini bunyod qildilar.

  1. Ibn Sino yangicha tibbiyot maktabiga asos soldi.

Har ikki guruh tomonidan bajarilgan ishlar doskaga yozib boriladi. O’qituvchi ishlarni ko’rib chiqadi va zarur tuzatishlar kiritib, ularga ball qo’yadi.

Mashq mazmunidan kelib chiqib, o’quvchilarga quyidagicha savol beriladi:

1. Birinchi va ikkinchi guruhdagi so’zlar bir-biridan qanday farq qiladi?

«Tafakkur» guruhi. Bu so’zlar tuzilish jixatidai farq qiladilar. Birinchi guruhdagi fe’llar sodda fel bo’lsa, ikkinchi guruhdagi fe’llar qo’shma fe’l xisoblanadi.

2. Berilgan fe’llarning ma’nosi haqida qanday xulosa
chiqardingiz?

«Ijodkor» guruhi. Bu fe’llar harakat natijasida biror narsa yoki buyum hosil bo’lishi ma’nosini bildiradi.

3. Har ikki gurux oldiga muammoli savol qo’yiladi va
javob bergan guruhga ball qo’yiladi. Savol kuyidagicha: Har
ikki guruhdagi fe’llar qo’llanish jihatidan ham farqlanadimi?

O’quvchi: Qo’llanish jihatidan ham farqlanadi. Birinchi guruhdagi fe’llar oddiy so’zlashuv nutqida ham, badiiy uslubda ham keng qo’llanadi. Ikkinchi guruhdagi so’zlar ko’tarinki, tantanavor nutqda keng qo’llaniladi.

O’quvchilar bu savolga xilma-xil javoblar beradi. Ularning javoblari umumlashtirilib va to’ldirilib, yuqoridagi xulosaga kelinadi. Mashg’ulotning davomida 164-mashq ham shu tartibda ishlanadi. Bu mashq orqali o’quvchilar harakat natijasida narsaning shakli, rangi, sifati o’zgarishi ma’nosini ifodalovchi bo’yamoq, bukmoq, arralamoq, tozalamoq, sirlamoq, yumaloq qilmoq, silliq qilmoq kabi fe’llar bilan tanishadilar va shunday fe’llarni o’zlari ham yozadilar.

O’qituvchi mashq mazmunidan kelib chiqib har ikki guruhga quyidagicha topshiriq beradi:

«Tafakkur» guruhiga: Narsaning shakli o’zgarishi ma’nosini ifodalovchi fe’llarni yozish.

Topshiriqning bajarilishi: bukmoq, arralamoq, parchalamoq, yumshoq qilmoq, yapaloq qilmoq.

«Ijodkor» guruhiga: Narsaning rangi va sifati o’zgarishi ma’nosini ifodalovchi fe’llarni yozish.

Topshiriqning bajarilishi: bo’yamoq, sirlamoq, tozalamoq, pardozlamoq, silliq qilmoq, sayqal bermoq.

Navbatdagi ish turi o’quvchilarning natijali faoliyat fe’llari bilan qay darajada tanishganliklarini aniqlashga qaratiladi. Buning uchui o’quvchilarga quyidagicha mustaqil ish beriladi:

Berilgan fe’llarni nutq fe’llari va natijali faoliyat fe’llari kabi ma’noviy guruhga ajratib yozing: shivirlamoq, xalok qilmoq, oqlamoq, gapirmoq, pichirlamoq, yozmoq, tushuntirmoq, yalinmoq, tuzatmoq, ta’mirlamoq, buzmoq, bayon etmoq, baqirmoq, so’zlamoq, silkitmoq, qimirlamoq.

Topshiriqni har ikki guruh ham bajaradi va ulardan vakillar doskaga chiqib, fe’llarni ma’noviy guruhlarga ajratib yozadilar.
«Tafakkur» guruhi «Ijodkor» guruhi

nutq fe’llari natijali faoliyat

fe’llari
shivirlamoq halok qilmoq

gapirmoq oqlamoq

pichirlamoq yozmoq

tushuntirmoq tuzatmoq

yalinmoq ta’mirlamoq

bayon etmoq buzmoq

baqirmoq silkitmoq

so’zlamoq qimirlatmoq


Mashg’ulot so’ngida mavzu yuzasidan olingan bilimlar umumlashtiriladi. O’qituvchi o’quvchilarni umumiy xulosa chiqarishga undovchi quyidagi savollarni beradi va javoblar oladi.

1. Biz yuqorida o’rgangan fe’llarni nima uchun natijali faoliyat fe’llari deb atadik?

«Ijodkor» guruhi: Bu fe’llar ish-harakat natijasida narsa-buyumda biror o’zgarish hosil bo’lganligini bildiradi. Shu sababli bu fe’llarni shunday nomladik.

2. Natijali faoliyat fe’llari qanday ma’nolarni bildirar ekan?

«Tafakkur» guruhi: Harakat natijasida biror narsa-buyum hosil bo’lishi ma’nosini, narsaning shakli o’zgarishi ma’nosini ifodalaydi.

“Ijodkor” guruxi: Harakat natijasida narsa-buyumning rangi va sifati o’zgarishi ma’nosini ham bildiradi.



O’qituvchi o’quvchilarning javoblarini umumlashtiradi, zarur izohlar bilan xulosani to’ldiradi. Shundan so’ng guruhlar to’plagan ballar e’lon qilinadi, faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Guruhlardagi uyushqoqlik va o’zaro hamkorlik alohida e’tibor bilan tilga olinadi. Shular asosida g’olib chiqqan guruh rag’batlantiriladi. Keyingi darsda bu mavzu davom ettirilishini aytib, darsni yakunlaydi. Guruhlararo bellashuv tarzida o’tkazilgan darslar o’quvchilarni ahil va uyushqoq bo’lishga, hamkorlikda ishlashga o’rgatadi.


Aim.uz


Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling