Кичик гурущда йил давомида ытказиладиган математика маш\улотларининг та=симланиши


Download 56.13 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi56.13 Kb.
#1725658
Bog'liq
Ahadova Maftuna1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARI VA MUTAXSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
"Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi" yo'nalishi
53-sonli guruh tinglovchisi Axatova Maftuna Isoqjon qizinning “ Bolalar jismoniy tarbiyasi ” modulidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: “Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari”


Mavzu: “Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari”


REJA:


1. Maktabgacha ta'limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari haqida tushuncha.
2.Ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning mohiyati.
3.Xulosa.

Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari


Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir.




  1. Sog‘lomlashtirish vazifalari.


  2. Ta’limiy vazifalar.


  3. Tarbiyaviy vazifalar.

Sog‘lomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo‘lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir.


Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda sog‘lomlashtirish vazifalari quyidagilardir:



  • suyaklarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining shakllanishiga, tovon ravoqlarining rivojlanishiga, bo‘g‘im-bog‘lam apparatining mustahkamlanishiga yordam berish;


  • tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojla-nishiga, suyaklar o‘sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish;


  • barcha mushaklar gruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar);


  • ko‘proq zaif rivojlangan bukuvchi mushaklar gruxining rivojlanishiga e’tibor qaratish lozim.


  • yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlan-tirish;


  • ko‘krak qafasi harakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni yaxshilash;

  • ichki organlarning (oaqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashga yordamlashish;

  • termoregulyatsiya funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘mak-lashish;

  • markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qo‘zg‘alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish.

Ta’limiy vazifalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi:
harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni o‘stirish; - to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash; - jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish.
Bolalar nerv tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari nisbatan yengil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, yugurish, chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish…) kundalik harakat vositasi sifatida foydalanadilar.
Harakat ko‘nikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi; bola emaklab o‘zini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; chang‘ida yura oladigan; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamol xossalarini oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar.
Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri bajarish mushaklar, paylar, bo‘g‘inlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi
Yosh gruhlariga oid harakat ko‘nikmalarining hajmi «Bolajon» tayanch dasturida berilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar,sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.
Bundan tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol) ni bajarishga o‘rgatish zarur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim.
Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigiyenaning boshlang‘ich ko‘nikmalari (qo‘l yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish) ozoda tutish ko‘nikmalarini singdirish muhimdir., o‘yinchoqlar, xonalarni
Bu yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi haqidagi jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o‘yinlar haqidagi jismoniy tarbiyagaoidbilimlarniberishmuhimdir.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo‘nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga, to‘la aylanish), jismoniy jihozlarning nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim.
Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda to‘g‘ri shug‘ullanish va jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda, ularning yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Jadal о‘sish va rivojlanish maktabga­cha yoshdagi bola organizmining о‘ziga xos xususiyatidir. Ammo sistema va vazifalarning shakllanishi hali tu-gallanmagan bо‘ladi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bola juda nozik bо‘ladi. Demak, bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi vazifalar birinchi da-rajali hisoblanadi.
Sog‘lomlashtiruvchi vazifalar: bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmining shakl va funksiyalarini uyg‘un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta’sirlarga chidamliligini kuchaytirish, uzoq umr kо‘rishini ta’minlash.

Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bo-lalarga xos bо‘lgan о‘ta qabul qiluvchanlikni, sharoit-ning о‘zgarishiga yengil moslanish qobiliyati bir qator ta’limiy vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyati-ni yaratadi, chunonchi, kerakli kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik kuchli-lik, muvozanat, kо‘z bilan chamalash kо‘nikmalar)ni tar­biyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni о‘zlashtirish. Boladagi harakat kо‘nikmalari: yurish, yugurish, velosiped uchish va h.k. nisbatan yengil shakl-lanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini oson-lashtiradi.


Tarbiyaviy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy muhitga sport mashg‘ulotlarga muhabbat, ular­ning natijalariga, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqtarni bajarishda xarakter xususiyatlari (uyushqoqlik, kam-tarlik, kо‘ngilchanlik va h.k.) va akliy vaziyatlar (halollik, haqqoniylik, о‘rtoklik hissi, о‘zaro yordam), jamoada shug‘ullanish malakasi, fizkultura asboblari-ni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan baja-rishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilat-lar (botirlik, qat’iylik, о‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, dadillik va boshqalar)ni namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.
Bizning jamiyatimizda jismoniy tarbiya davlat-ning ona va bola tо‘g‘risidagi g‘amxо‘rligiga, mehnat-kashlar yashash sharoitlarining doimo yaxshilanib bo-rishi, moddiy farovonligining о‘sishiga asoslanadi.Gigiyenik sharoitlar. Bolalarning jismoniy tо‘g‘ri rivojlanishi uchun gigiyenik sharoit (bino, maydoncha,
jihozlar, kiyim-bosh, poyabzal) yaratish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini (bular oqilona ovqatlanish, harakatlarni rivojtantirish va orga-nizmni chiniqtirishni о‘z ichiga oladi) albatga, baja-rish zarur. Shu bilan birga tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash ishlarini olib borish talab etiladi.
Bog‘chada har bir guruhlar uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari bolalarning erkin harakat qila olishi va sof havodan nafas olishi imkonini beradigan da-rajada katta, yorug‘, quruq va issiq, derazalari janubi -sharqqa qaragan bо‘lishi kerak.
Guruh xonasining balandligi 3—3,5 m bо‘lib, har bir bolaga bino sathidan 0,5 m2 joy, taxminan 3 mhavo tо‘gri kelishi xona bezagi gigiyenaga xos, tez toza bо‘ladigan, yoqimli, yumshoq rangda bо‘lishi kerak. Guruxda tartib bо‘lishiga rioya qilish kerak. Xona yorug‘ligini tо‘sadigan og‘ir va qalin pardalar, gilamlar, yumshoq mebel, umuman, ortiqcha narsalar bо‘lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta’lim-tarbiya talab iga, bola­larning bо‘ylariga va gavda tuzilishiga moye bо‘lishi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qо‘yilgan maxsus meyorga javob beri sh i lozim.
Bolalarning stol, stullari ancha mustahkam va yen-gil, tuzilishi sodda hamda oson yuviladigan bо‘lishi kerak. Stollar yorug‘lik chap tomondan tushadigan qilib, joylashtirilishi lozim. Yumshoq va kо‘rgazmali qurollar' ham gigiyenik talablarga javob beradigan, pishiq, zararsiz rangda tashqi kо‘rinishi silliq bо‘lishi kerak. Tarbiyachi о‘z guruhining gigiyenik sha-roiti uchun javobgardir. Xonani bolalar sayrga, mu-siqa mashg‘ulotiga chiqib ketgandan keyin shamollatish, dereza va zal fortochkalari esa yil fayellaridan qati nazar, doimo ochiq bо‘lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1.Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013.

2.Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014

3.Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2014.

4.О‘zbekiston Respublikasi Konstitutiyasi. T.,О‘zbekiston. 1992.

5.О‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Ta’lim tо‘g‘risida»,








Download 56.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling