Kichik lirik janrlar badiiyati


Biz esa qit’a va g‘azal munosabati xususida fikr yuritmoqchimiz


Download 94.25 Kb.
bet8/15
Sana19.02.2023
Hajmi94.25 Kb.
#1214902
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
KICHIK LIRIK JANRLAR BADIIYATI

Biz esa qit’a va g‘azal munosabati xususida fikr yuritmoqchimiz.
Har bir lirik janrning ikkinchi bir lirik janr bilan u yoki bu shaklda yaqinlik, aloqadorlik tomonlari bo‘ladi, albatta. Ammo bu to‘g‘rida gapirganda, avvalo har bir janrning faqat o‘ziga xos poetik xususiyat va takomilini e’tiborga olish lozim. Zero, har bir lirik janr badiiy ijod olamida o‘zining g‘oyaviy-badiiy vazifasi bilan tug‘iladi. Aks hoda janr xilma-xilligi to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Odatda, she’r hayotiy zaruriyat, ma’naviy-ruhiy ehtiyojdan dunyoga keladi. Janr kategoriyasi ana shu ehtiyoj va zaruriyatning turli tarzda shakllanishi, shaklga munosib mazmun, mazmunga munosib shakl holida ko‘rinishidir.
Ma’lumki, g‘azal alohida she’riy janr o‘laroq XII asrdan boshlab fors-tojik, XIV asrlardan esa, turkiy adabiyotda keng taraqqiy qilgan . G‘azal uchun asos e’tibori ila oldingi o‘rinda muhabbat temasi turgan va boshqa g‘oyalar asosan ana shu mavzu orqali yoritilgan. G‘azalning tili va ruhi ko‘tarinki kayfiyatlar, hayajon va ehtiroslarni tarannum etishga yo‘l ochadi. Shuning uchun ma’no va tuyg‘u g‘azalda o‘zgacha bir ko‘rk va fusun bilan tazahhur topadi. G‘azalning tili – ko‘ngil tili, dard va armon tili. Chunki mumtoz she’riyatimizdagi biror bir lirik janr inson ko‘ngli va ruhi sir-asrorini g‘azal darajasida jonli ifodalay olmagan. Matla’ va shoir taxallusi qo‘llanilgan maqta’ning bo‘lishi g‘azalning zarur poetik talablaridan hisoblangan. Fikriy va hissiy yaxlitlikka erishish, ya’ni Alisher Navoiy ta’kidlaganidek, “har mazmunda matla’e voqe’ bo‘lsa”, “maqta’g‘acha surat haysiyatidan muvofiq va ma’ni jonibidin mutobiq”lik , yakporalik o‘zbek g‘azaliyoti uchun xarakterli xususiyat bo‘lgan.
Ma’lumki, lirik janrlar hol va mohiyatiga qarab bir-biridan ajralib turadi. Shunga asoslanilsa, g‘azal va qit’a she’riyatning bir-biriga o‘xshamaydigan ikki irmog‘i ekanligi o‘z-o‘zidan ravshanlashadi. Bu – masalaning bir tomoni. Ikkinchidan, Sharq adabiyotida qit’a janri hali g‘azalning shakllanish jarayoni boshlanmasdanoq to‘la takomil topgan. Bu janrning Rudakiygacha bo‘lgan davrlardagi shoirlar ijodida keng o‘rin egallaganligi shundandir. Bu haqda akademik Abdulg‘ani Mirzoev g‘azalga bag‘ishlangan qimmatli risolasida ham fikr bildirgan. Shu o‘rinda ikki narsani alohida ta’kidlash zarurga o‘xshaydi.
1. O‘tmishda goho qasida va g‘azaldan yulib olingan teran mazmunli she’riy parchalar ilm va adabiyot ahli o‘rtasida “qit’a” deb atalgan. Biroq bunda istilohiy ma’no ko‘zda tutilmagan. Bundan tashqari, o‘zining barqaror nazariy qonuniyatlariga amal qilinmay yaratilgan kichik hajmdagi lirik she’rlarga ham qit’a nomi berilgan. Masalan, ruboiynavis shoir ruboiy uchun belgilangan an’anaviy qonun-qoidalardan chekingan bo‘lsa, u yaratgan to‘rtlik mazmunan qanchalik teran va jozibali bo‘lmasin, baribir ruboiy emas, “… soddacha “qit’a” deyilgan” . Bunday she’rlarning qit’a deb nomlanishidan qat’i nazar, ularning qit’a janridagi she’rlar bilan aloqasi yo‘qligi izohsiz anglashiladi, albatta.
2. Klassik shoirlarimiz ba’zan oldin yozilgan qit’alari asosida yangi qasida va g‘azallar yaratishgan. Bu fakt ham qit’aning g‘azal bilan to‘la uyg‘un holati bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari surishga imkon bermaydi.
Badiiy ijod tajribasidan shunday dalillar ham ma’lum. Masalan, kichikkina she’r katta bir poemaning yaratilishiga asos bo‘ladi, biror hikoya zaminida butun boshli qissa dunyoga keladi va h.k. Lekin bu bilan she’r o‘zining dastlabki she’rlik mohiyatini, hikoya o‘zining barqaror janr belgilarini yo‘qotmaydi, aksincha, bir ma’no ikki janr imkoniyati darajasida o‘zining badiiy talqiniga erishadi.
Ma’lumki, Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning podshohlik taxtiga chiqishi munosabati bilan “Hiloliya” qasidasini yaratgan. Ana shu materialning u yoki bu qirrasini shoir o‘zining bir qancha ruboiy va qit’alarida ham yoritib bergan. Biroq Navoiy har gal bu mavzuga har bir janrning talab va imkoniyatlarini hisobga olgan holda munosabatda bo‘lgan.
Lirik janrlarning bir-biridan farqli badiiy qonuniyatlari, uzoq yillar adabiyot va ijodkorlar to‘plagan ma’lum usul hamda yo‘llari bo‘ladi. San’atkor yozuvchi buni inobatga olmasligi mumkin emas. Yangi janr – bu doimo hayot materiali yoki mavjud materialning yangicha ifodasi, ifodaning yangicha usuli, xullas, yangi shakl va mazmun birligidir. Shoirlar lirik janrlarning hammasida ham bir xil uslub, bir xil imkoniyat, bir xil ruhiy kayfiyat bilan yoza olmaydilar. Shu o‘rinda G‘afur G‘ulomning, “Motam vaznida “Gulyor” aytib bo‘lmaganiday, “Suvoriy” chalinganida yig‘lanmaydi. Bu degan so‘z aytilmoqchi bo‘lgan mazmunga munosib ifoda va shakl tanlash zarur demakdir” , degan so‘zlarini eslash maqsadga muuvofiqdir. Bugina emas. Ulkan yozuvchilardan biri uzoq yillik adabiy tajribalarni xulosalab, “janrni biz emas, bizni janr tanlar ekan”, deb yozgandi. Bu gapdan har bir janrning o‘z badiiy xususiyatlari, talab va ehtiyojlari bo‘ladi, ularni albatta hisobga olish zarur degan xulosa kelib chiqadi. Xuddi shu narsa qit’a uchun ham to‘la xosdir.
Qit’a (ko‘pligi muqattaot) arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi parcha, bo‘lakdir. Istilohda qit’a o‘zining alohida poetik belgilariga ega, mavzu yo‘nalishi qat’iy chegaralanmagan ikki yoki undan ortiq baytli she’r ma’nosini bildiradi.
Eron olimlaridan biri Muhammad Rizo Doyi Javod qit’ani quyidagicha ta’riflaydi: “Biror narsaning parchasi lug‘atda qit’a deb ataladi. Adabiy istilohda ikki baytdan kam bo‘lmagan, o‘ziga xos qofiya va vaznga ega bo‘lgan she’rlarga qit’a deyiladi. Qit’ada yagona bir maqsad bayon etiladi va u mantiqan intihosiga yetkaziladi. Qit’aning qofiya xususiyati unda birinchi bayt o‘zaro qofiyalanmaslik bilan xarakterlanadi” .
Qit’a shakl tomondan ham, mazmun jihatdan ham o‘ziga xos qator sifatlarga ega janr. Odatda, qit’aning birinchi bayti qofiyalanmaydi. Uning qofiyalanish tarzi: ab, vb, db, gb shaklidadir. Bu janr hajm jihatidan konkret chegarani bilmaydi. Qit’a ikki baytdan boshlab, o‘n va o‘ndan ortiq miqdorda bo‘lishi mumkin. Sharq poetikasida kichik hajmdagi qit’alar “ali ul-taloq qit’a”, to‘rt baytdan ortiqlari esa “qit’ayi kabir” deb nomlangan. “Ali ul-taloq qit’a” – fasohatli, xushbayon va muxtasar ma’nolarni bildiradi. Shoirlar ko‘pincha xuddi shu xildagi qit’alarni yozishga intilganlar. Bu masalada shuni aytish lozimki, o‘zbek adabiyotida umuman to‘rt baytdan ortiq miqdordagi qit’alar siyrak uchraydi. Bu tasodifiy holat emas, albatta. Chunki, birinchidan, qit’a o‘zining xarakteri, poetik ruhi bilan ixchamlikka, konkretlikka dohil janr. Ikkinchidan, klassik shoirlarimiz shakl tanlashda mumkin qadar ixchamlikka intilganlar. Qisqa shaklda katta mazmunni sig‘dirishni badiiy mahoratning muhim belgilaridan deb bilganlar. Bundan tashqari qit’a aksar badiha tarzida aytilganini qo‘shsak, mohiyat yanada oydinlashadi.
Klassik lirikadagi janrlarga e’tibor qilinsa, ular tematik yo‘nalishlari bilan sezilarli darajada bir-birlaridan ajralib turishini payqash qiyin bo‘lmaydi. Bu xususiyatdan qit’a ham mahrum emas. Tojik adabiyotshunosi B.Sirus yozadi: “Mazmun jihatdan qit’a g‘azaldan oz farq qiladi” . Holbuki, qit’a mazmun mohiyati bilan g‘azaldan keskin farqlanadi. Bu ikki janr orasidagi g‘oyaviy-badiiy o‘ziga xoslik xuddi mana shu nuqtada yanada yorqin, yanada aniqroq namoyon bo‘ladi.
Taniqli sharqshunos Y.E.Bertel`s qit’ani Yaqin Sharqning deyarli barcha devonlaridagi “… mazmun e’tibori bilan juda boy va qiziqarli bo‘lim” ekanligini qayd qilgan edi .
Professor A.Haymitmetov esa bu haqda shunday yozadi: “She’rning fors-tojik va o‘zbek adabiyotlaridagi bu qadim turi (gap qit’a xususida ketayotir – I.H.) odatda biror voqea va hodisa munosabati bilan yaratilgan ekspromt she’rlarini eslatadi. Ular ko‘pincha hayotiy yumor bilan sug‘orilgan bo‘lib, shoirning o‘z davri turmushiga munosabatini ifodalaydi” .
Qit’aning mavzu ko‘lami hayot qadar keng hamda tarmoqli. Bu jihatdan Sharq lirikasidagi birorta ham lirik janr qit’aga tenglasha olmaydi. Unda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy va ishqiy masalalar ifodalangan; bu janrda shoirlar hayot zavqi, umid va ishonch, insoniylikni ulug‘lash, odob va tarbiya masalalari, e’tiqod va burch, el va yurtga muhabbat, so‘fiyona kayfiyatlar, zamondan shikoyat va hokazolarni qalamga olganlar; bu janrda madhiyalar, marsiyalar, tarixlar darj etilgan.
Alisher Navoiy qait’alarida tabiatdagi oddiy qurg‘oqchilik hodisalaridan tortib koinotning ilohiyot pardalari bilan burkangan sir-asrorlarigacha, chumolidan tortib ulug‘ Inson holati, harakati va qismatigacha – barcha-barchasiga munosabat bildirilgan. Ular “qit’a-qit’a bog‘” etilgan. Albatta, Alisher Navoiydagi bu tengsiz salohiyat qit’a yozgan barcha shoirlarga xos xususiyat, demoqchi emasmiz. Ijodiy ufqning kengligi faqat Navoiy kabi buyuk san’atkorlarning talantiga xos xususiyatdir.
Gap shundaki, shoir fikran va ruhan teran bo‘lsa-yu, xayol-kechinmalarni she’r bilan ifoda etishga intilsa, qit’a janri unga ajoyib imkoniyatlar berishga qodirdir. Xuddi shu o‘rinda masalaning yana bir muhim qirrasini izohlash kerakka o‘xshaydi. Klassik shoirlarimiz o‘zlarining g‘azal, ruboiy, tuyuq, qasida va boshqa qator janrlaridagi asarlarini faqat ilhom, faqat his va fikr omillari asosida emas, “balki o‘z zamonasi adabiyotining qoida va nazariyalariga”, “ilmi bade’” usullariga rioya qilib yaratgan”lar . Bu esa shoirga oldindan belgilangan nazariy qonunlar, printsiplarga bo‘ysunib qalam tebratish mas’uliyatini yuklagan. Ammo qit’ada bunday an’ana bo‘lmagan . U poetikaning “temir qonunlar”i iskanjasidan ozod yashagan. O‘z navbatida bu ham qit’ada turli-tuman hayotiy g‘oyalarni talqin etishga keng imkoniyat tug‘dirgan. Ana shu bois bu janr so‘zda, obrazda, shaklda ortiqcha mumtozlikni, bo‘yoqdorlikni talab qilmagan. Va qit’ada realistik ohanglar, hayotiy detallar klassik lirikadagi boshqa janrlarga qaraganda keng va ko‘p bo‘lgan. Mana, tilni olaylik. Qit’a tilida ortiqcha bo‘yoq yoki bezakdorlik yo‘q. Unda g‘azal tiliga mos sanalmaydigan “… leksik boyliklardan, turli xalq iboralaridan, “qo‘pol”, “dag‘al” so‘zlardan…” ham keng foydalanilgan. Misol sifatida Alisher Navoiy qit’alaridan biriga murojaat etaylik:

Download 94.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling