Kichik maktab yoshida ekologik ong shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari


Key words: Ecological awareness, environment, natural phenomena, criterion, positive effect, concern, ecological balance. Kirish


Download 62.57 Kb.
bet2/4
Sana03.10.2023
Hajmi62.57 Kb.
#1691189
1   2   3   4
Bog'liq
Fozilova S.N (2) (2)

Key words: Ecological awareness, environment, natural phenomena, criterion, positive effect, concern, ecological balance.
Kirish. Zamonaviy davr rivojlanishning jadal sur’atlari bilan ajralib turadi. Global iqtisodiyotning shakllanishi, axborotning ulkan oqimlari, kompyuter texnologiyalarining keng joriy etilishi, globallashuv tendentsiyasi, bularning barchasi bizni oʻrab turgan dunyoni va global sivilizatsiyani oʻzgartirmoqda.
XX-asr faqat inson iste’mol obyekti sifatida tabiatga odatiy munosabatdan voz kechish zarurati haqidagi savolni koʻtardi. Endilikda nafaqat olimlar, balki turli jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari, diniy konfessiyalar ham odamlarda ekologik ongni shakllantirish zarurligiga eʻtibor qaratmoqda. Inson va tabiat oʻrtasidagi shakllangan qadriyatlar oʻz mohiyatini kun sayin mohiyatini yoʻqotmoqda, oʻrnini insoniyatning axborot makoniga bogʻlovchi qadryatlar paydo boʻlmoqda. Odamlarning tabiatdan uzoqlashishi dunyo ekologiyasiga salbiy taʻsirlarni rivojlanishi sabab boʻlmoqda. Insoniyat oldida tanlov turibdi, uning natijasi ham oʻzining yashashi, ham kelajakdagi rivojlanishi masalasining yechimi boʻlishi kerak. Aniq hisob-kitoblardan bilamizki, ekologik toza texnologiyalar va boshqa ekologik harakatlar, ularning hayotiy ahamiyatiga qaramay, inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar muammosini hali ham tubdan hal qilishga qodir emasdek tuyulmoqda. Sayyoramizdagi ekologik muvozanat buzilishining qaytarilmas oqibatlari haqida butun dunyoda havotirni tugʻdirmoqda. Sayyora olimlarining ushbu muammo bilan bogʻliq tashvishlari uzoq oʻtmishga va yaqin kelajak tarixiga ega deyish mumkin.
Rio-de-Janeyroda (1992 yil) atrof-muhit va rivojlanish boʻyicha BMT konferentsiyasi qarorlarida oʻz aksini topgan barqaror rivojlanish kontseptsiyasida ifodalangan. Ushbu kontseptsiyada insonda ekologik ongni shakllantirish zarurligiga alohida eʻtibor qaratiladi, bu esa uni amalga oshirishga yordam beradi.Yurtimizda ham ekologik muommolar kun sayin ortib bormoqda. Oral boʻyi hududlarida tuzli shamollar, chang boʻronlarini tez-tez kuzatilishi, xaroratning ortishi, chiqindilarning qayta ishlash darajasini pastligi tufayli, atrof-muhit ifloslanishi kabi belgilar bilan kuzatilmoqda. Respublikamizda ekologik muhitni yaxshilash borasida Prezidentimizning raisligida 2021 yil 2-fevral kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha 2022-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan video uchrashuvda quyidagi jumlarni keltirib oʻtdilar: “Hammangiz yaxshi bilasiz, xalqimiz azaldan tabiatni muqaddas deb bilgan. Tuproqni, suvni, havoni, ostonasini pok saqlashga intilgan. Xalqimizda “Birni kessang, oʻnni ek” degan dono maqol ham bejiz aytilmagan. Oilada yangi farzand dunyoga kelsa, unga atab nihol ekilgan. Afsuski, mana shu ezgu odatlar bugun deyarli yoʻqolib ketdi. Ekologik ong qadryatlar bilan naqadar boʻgʻliq ekanligi manashu jumlalardan ham bilib olishimiz mumkin boʻladi. Bu uchrashuvda Davlat ekologiya qoʻmitasiga 2022-yil 1-dekabrga qadar Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi. Kodeksni keng jamoatchilik, ilmiy-tadqiqot institutlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etgan holda ishlab chiqish belgilangan va bu jarayon qizgʻin davom etmoqda. Ekologik kodeksni qabul qilinishi ekologik inqilobni yaxshilashda tizimli ishlashga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda ekologik ong koʻpincha tabiiy dunyo haqidagi gʻoyalar tizimi, tabiiy dunyoga shaxsiy munosabat, tabiiy dunyo bilan oʻzaro taʻsir qilish texnologiyalari va tabiatga axloqiy munosabat sifatida tushuniladi. Ekologik ongni shakllantirish insoniyatni kelajakdagi atrof-muhit inqirozidan saqlashga yordam beradi. Insoniyat ongida unitilayotgan tabiat goʻzalliklarini qayta tilash imkonini yaratadi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni ekologik ongini shakllantirish lozimligini ijtimoiy muhit taqozo etmoqda. Barqaror rivojlanish va ekologik inqirozni bartaraf etish ekologik masʻuliyatli shaxsni tarbiyalash bilan bevosita bogʻliqdir. Yosh avlod yaqin va uzoq kelajakni ifodalaydi. Jamiyat, shuning uchun unda ekologik ongni shakllantirish juda muhimdir.

Download 62.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling