Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli


Mavzu 3. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari


Download 0.68 Mb.
bet13/25
Sana07.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1082033
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Diniy aqidaparastlik uslubiy qo\'llanma

Mavzu 3. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari.

1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari. Xalqaro tashkilotlarning ekstremizm va terrorizmni oldini olishdagi faoliyati.
2. O‘zbekiston Respublikasida terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida qabul qilingan Qonunlar.


1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari. Xalqaro tashkilotlarning ekstremizm va terrorizmni oldini olishdagi faoliyati.
Xalqaro terrorizm - eng og‘ir jinoyat b o ‘lib, u uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.Unga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi o ‘tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934-yilda Madridda bo'lib o ‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag‘ishlangan konferensiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qilish maqsadida biror bir vositani qo‘llash» degan ma’nodagi ta ’rifi qabul qilinishiga erishilgan edi.
1937-yilda 20 dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konvensiyani imzoladi. Unda terrorizm «davlatga qarshi qaratilgan, muayyan shaxslar yoki aholi o‘rtasida qo'rquvni keltirib chiqarish maqsadini ko‘zlagan jinoiy faoliyat» deya ta’riflangan edi. Davlat boshliqlari, ularning huquqidan foydalanuvchi, ular tayinlagan yoki m erosxo'r b o ‘lgan kishilar, qayd etilgan shaxslarning ayollari hayoti, sog‘lig‘i, ozodligiga tajovuz qilish, jamoat mulki yoki boshqa davlatning mulkiga zarar yetkazish, ommaviy xavf tug‘dirish bilan odamlarni halok qilish niyatini ko'zlash, ko'zlagan jinoyatlarini sodir etish maqsadida qurol-yarog' va portlovchi moddalar sotib olish, saqlash va yetkazib berish ana shunday jinoyat sirasiga kiritilgan edi.
Ayni paytda, terrorchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 13davlat suveren tenglikni chegaralovchi «Xalqaro jinoiy sudni tashkil etish» haqidagi Konvensiyani imzoladi. Shunday bo‘lsa-da, bu hujjatlarda xalqaro terrorchilarni tutib berish masalasi um um an q o ‘yilmagan, terrorizmning ta ’rifi esa haddan tashqari kengayib ketgan edi. Yuqoridagi kabi qator kamchiliklari tufayli nomlari zikr qilingan konvensiyalar zarur miqdordagi ratifikatsiyalarni to'play olm adi va kuchga kirmay qolib ketdi. Shunga qaramay, u larbu sohadagi davlatlararo hamkorlikka ozm i-ko‘pmi ijobiy t a ’sir ko‘rsatgani shubhasiz, albatta. Chunki
ularning asosiy qoidalaridan terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi milliy qonunlarni mukammallashtirishda foydalanildi.
1972-yilning may va sentabr oylarida sodir b o ‘lgan voqealardan keyin xalqaro hamjamiyat bu dolzarb va xavfli hodisaga yana o ‘z e ’tiborini qaratdi. Terrorizm haqidagi umumiy tushuncha va terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jazolash choralarini belgilab beruvchi huquqiy aktlar ishlab chiqildi. O‘nlab davlatlarda terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Qurolli to'qnashuvlar vaqtida terrorchilik harakatlarini qo'llash xalqaro gum anitar huquq m e’yorlariga, xususan, 1949-yilda imzolangan Urush paytida oddiy fijqarolami himoya qilish haqidagi Jeneva Konvensiyasiga, 1977-yilda qabul qilingan Q o‘shimcha protokollar qoidalariga ko‘ra man etilgan.
Urushdan keyingi davr terrorchilik guruhlarining son va sifat jihatidan o‘sishi bilan farqlanadi. Ularning ichida «Shtern», «Irgun» (Isroil), «Yahudiylami himoya qilish ligasi» (AQSH), «Tamil Ilam»ni ozod qiluvchi yo‘lbarslar», «Baader-Maynxof», «Qora intematsional», «Butun dunyo natsional-sotsialistik ittifoqi», «Armanistonni ozod qilish maxfiy arman armiyasi» kabi uyushmalar ko‘pchilikka m a’lum edi. Shuningdek, hozirda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlarida shunday guruhlar mavjud. Jum ladan, Yevropada ham «Qizil brigadalar» (Italiya), «Qizil Armiya fraksiyasi», «Jangari kommunistikguruhlar» (Belgiya), «Akson direkt» (Fransiya), «ЕТА» (Ispaniya) kabi ko‘p sonli terrorchilik uyushmalari faoliyat olib bormoqda.
Ayni paytda, terrorchilik nafaqat siyosiy, balki katta m iqdorda pul talab qilish va boshqa oddiy jinoiy maqsadlarda ham amalga oshirila boshlaganini ta ’kidlash zarur. Natijada, nafaqat xalqaro m uhofazadan foydalanuvchilar, balki oddiy fuqarolar ham jabr ko‘ra boshladi. Ularga, aholi zich yashaydigan joylar, aeroportlar, metro bekatlari, restoran va ibodatxonalarda amalga oshirilgan portlatishlami kiritish mumkin. Bunday jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro ham korlik aloqalari kengayib borm oqda. Jum ladan, BM T huzurida xalqaro terrorizm
bo'yicha tashkil etilgan Maxsus qo'm ita terrorizm sabablarini o ‘rganish, bartaraf qilish va unga qarshi kurash borasida davlatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.
1973-yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi xalqaro muhofazadan foydalanadigan shaxslar, jumladan, diplomatik agentlarga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va jazolash bo‘yicha Konvensiyani qabul qildi. Uning 1-moddasiga muvofiq xorijiy mamlakatda bo‘lib turgan davlat va hukumat boshliqlari, tashqi ishlar vaziri, ularga hamrohlik qilayotgan oila a’zolari; maxsus muhofaza huquqi bo‘lgan davlat vakili yoki mansabdor shaxs; hukumatlararo xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsi yoki agenti va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari xalqaro m uhofazada bo‘ladigan shaxslar qatoriga kiritilgan.
Odam o‘ldirish, o‘g‘irlash yoki shaxs va uning erkinliklariga boshqa bir shaklda tajovuz qilish; erkinligi yoki shaxsiyatiga xavf tug'dirgan holda rasmiy idoralarga yoki shunday shaxslaming transport vositalariga no zo‘ravonlik bilan bostirib kirish, egallab olish; tahdid, qasd qilish va shunga o‘xshash bosqinchilikda ishtirok etishdek qasddan qilingan harakatlar esa xalqaro jinoyat sifatida e’tirof qilinadi.
Terrorchini o‘z hududida qo‘lga olgan davlat amaldagi qonunlariga ko‘ra uni jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa davlatga shu maqsadda tutib berish uchun zarur choralarni ko'radi. Ayni paytda, ko‘rilgan choralar haqida manfaatdor davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga ma’lum qiladi.
Bunday jinoyatlar:
- jinoyat shu davlat hududida yoki shu davlatda ro'yxatga olingan transport vositasi (kema, samolyot va sh.k.) bortida amalga oshirilganda;
- gumon qilinayotgan jinoyatchi shu davlat fuqarosi b o‘lganda;
- jinoyat shu davlat nomidan rasmiy vazifani bajarayotgan va xalqaro muhofazadan foydalanadigan shaxsga qarshi sodir etilganda davlatlaming yurisdiksiyasi amalga oshiriladi.
Qayd etilgan harakatlarga qarshi kurash bo‘yicha siyosiy kelishuvlar Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi ishtirokchUarining Xelsinki, Madrid, Vena, Parijda qabul qilgan yakunlovchi aktlarida o ‘z ifodasini topgan.
Ayni paytda, terrorchilik xurujlarining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi Amerika davlatlari tashkiloti (1971-y.), Yevropa davlatlari (1976 -y .) va Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorligi assotsiatsiyasi (1987-y.) tomonidan qabul qilingan uchta mintaqaviy Konvensiya ham mavjudligini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tarkibida terrorizm bo‘yicha Tashqi ishlar vazirlari Qo‘mitasi ham faoliyat ko'rsatayotganini
ta ’kidlash zarur.
Bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga intilish musulmon dunyosi mamlakatlariga ham xosdir. Ko'plab arab-musulmon davlatlari Ichki ishlar va Adliya vazirlari tomonidan 1998-yilda imzolangan terrorizmga qarshi kurash bo'yicha Arab bitim ini qabul qilishgan.
Fors ko'rfazidagi arab davlatlari hamkorlik Kengashiga a’zo bo'lgan mamlakatlar ham hozirda shunga o'xshash Bitimni yaratish ustida ishlamoqdalar. Bu mamlakatlar tomonidan terrorizm bilan kurashni tashkil etish, noqonuniy yo‘llar bilan topilgan pullarni legallashtirish, shubhali tadbirlarga pul yig‘ishning oldini olishga qaratilgan bir qator choralar ko‘rilgan. Ko‘plab qo'shni davlatlar bilan xavfsizlikni ta ’minlash sohasida bir qator bitim lar ratifikatsiya qilingan. Bu bitimlar ekstremizm va terrorizm bilan kurash, shuningdek, jinoyatchilarni tutib berishga aloqador qoidalarni qamrab oladi. Bundan tashqari, Jazoirda teraktlardan aziyat chekkan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash qurboni bo‘lganlarga tovon puli to‘lash masalalariga bag'ishlangan hujjatlar qabul qilingan.
Biroq hali ham xalqaro terrorizm tushunchasining mohiyati, huquqiy tabiati va uni sodir etganlik uchun javobgarlikni belgilovchi yagona universal kelishuv ham , xalqaro terrorchilik xurujlarini xarakterlovchi to‘la ro‘yxat ham yo‘q.
Xalqaro bitimlarni tahlil qilish:
- elchixonalar, xalqaro tashkilotlarning missiyalari yoki vakolatxonalari shtab-kvartiralarini portlatish;
- mulkka zarar yetkazish yoki yo‘q qilish, odam larni jarohatlash va o‘ldirish maqsadida ko‘chalar, aeroportlar, vokzallar, madaniyat markazlari, sanoat inshootlari, savdo-sotiq va kasbiy faoliyat uchun mo'ljallangan binolarda sodir etiladigan qo'poruvchilik harakatlari;
- yuk, banderol, xat va pochta orqali yuboriladigan boshqa narsalaiga portlovchi moslamalami o ‘matib, qasddan foydalanish;
- jamoat binolariga nisbatan sodir etilgan har qanday qo‘poruvchilik harakati;
- xalqaro terrorchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida fitna uyushtirish va uning har qanday ko‘rinishida ishtirok etishni xalqaro terrorchilik xurujlari qatoriga qo'shish imkonini beradi.
Boshqa m anbalarda esa, odamlarni garovga olish, qaroqchilik, fuqarolar aviatsiyasiga qarshi yo'naltirilgan hodisa, shuningdek, yadroviy xom-ashyolarni noqonuniy qo‘lga kiritish va ishlatish kabilar ham xalqaro terrorchilik amaliyotlari qatoriga kiritilgan.
Xalqaro terrorizm katta xavf tug'dirishi, keng tarqalgani va amalga oshirish shakllarining xilma-xilligi tufayli ham davlatlar unga qarshi kurashish uchun maxsus konvensiyalar qabul qilishda davom etmoqdalar va bunday xurujlarni xalqaro jinoyat deb ta’rif bermoqdalar.
Kishilik jamiyati rivojining hozirgi bosqichida terrorizm, jumladan, diniy-siyosiy mohiyatga ega ekstremizm va terrorizmning globallashuvi, ularning tobora xalqaro miqyosdagi voqelikka aylanib borayotgani dunyo ham jam iyatining m azkur m uam m oga b o ‘lgan e ’tiborini yanada oshirmoqda, unga b oigan munosabatini tubdan o ‘zgartirmoqda.
Mazkur muammoning BMT, YEXHT, NATO kabi nufuzli xalqaro institutlar faoliyatidagi o ‘rni uzluksiz oshib bormoqda. Terrorizmga qarshi kurashni faollashtirish, uning samarasini oshirishga qaratilgan o‘nlab huquqiy hujjatlar, shartnom alar, bitimlar, konvensiyalar qabul qilinmoqda, tashkilotlar hamda ijro tizimi yaratilmoqda. Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining oxirgi yillarda qabul qilingan 1368, 1373 va 1377-qarorlari mazkur m uam m oning turli qirralarini qamrab olgan bo‘lib, dunyoning mutlaq ko‘pchilik davlatlari tomonidan qizg‘n qo'llab-quvatlanmoqda. Ularda belgilangan maqsadlarga erishishning amaliy yo‘llari izlanmoqda. MDHning Aksilterror markazi hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilmalari shunday institutlardan bo‘lib, ularning yaratilishi va bugungi faoliyati, ko‘p jihatdan, O‘zbekiston Respublikasi tashabbuslari samarasidir.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling