Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"


Download 103.16 Kb.
bet9/17
Sana27.02.2023
Hajmi103.16 Kb.
#1233914
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
2 мавзу Milliy dinlar

Brahmanlik (Brahmanizm). Brahmanlik – qadimgi hind dini, uning nomi Vedalar kitobida zikr etilgan hind oliy tabaqa vakillari-brahmanlar nomidan olingan.
Brahmanlik Vedalar dini asosida miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida vujudga kelgan. U mohiyatdan vedalar dinining rivojlangan shaklidir.
Brahmanlik veda dinlarining bir bo‘lagi hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan vedalardagi qo‘shiqlar nafaqat ommaga, hatto ruhoniylarga ham tushunarsiz bo‘lib qoldi. Bu qo‘shiqlar hali o‘zgarishga uchramay, muqaddas til va muqaddas matnlar paydo bo‘ldi. Nihoyat, bu tilni o‘rganish uchun kishilar alohida guruhlar tuzib, buning uchun maxsus vaqt ajratdilar. Dinga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri–ilohiy tilni o‘zgartirib bo‘lmasligidir. Tilning eskirib amaldan qolishi va faqat muqaddas tilga aylanib qolishi mazkur dinning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillardan biridir. Shu tufayli o‘z hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini o‘rganish, murakkab marosimlarni o‘tkazish va xalq ruhoniy hayotini boshqarishga bag‘ishlagan brahmanlar tabaqasi, ya’ni, kasta vujudga keldi.
Brahmanlikning asosiy belgilaridan biri brahmanlar va vedalarga tegishli sutralardir. Sutralar san’atning sanskrit tilida yozilgan alohida ko‘rinishidir. Unda mavjud vaziyatga alohida e’tibor qaratilgan holda ma’lum tabaqaga yuqori o‘rin beriladi.
Brahmanlikda uch xudo tilga olinadi: –Brahma – koinotni yaratuvchi, unga jon ato etuvchi, – Vishnu – tabiatni saqlovchi, – Shiva –tabiatni vayron etuvchi xudolardir. Bosh xudo – Brahma hamma olamni, barcha tirik va notirik mavjudotni yaratgan. Hinduiylik ta’limotga ko‘ra, dastlab, olamda faqat tartibsizlik hukm surgan. Atrof qorong‘ulikdan iborat bo‘lgan. Keyinchalik ana shu tartibsizlikdan suv paydo bo‘lgan. Suvdan esa olov hosil bo‘lgan. So‘ng issiqlikning ulug‘ qudrati Oltin Tuxumni yaratgan. Tuxum qirg‘oqsiz va tubsiz okeanda suzgan. Bir yildan so‘ng Tuxumdan Brahmaning ajdodi vujudga kelgan. Shu tariqa bosh xudo Brahma paydo bo‘lgan8.
Brahmanlikda hayvonlar: sigir, maymun, ayrim o‘simliklar muqaddaslashtiriladi.
Bu dinda butun borliq jonli narsalar, inson ham qayta tirilish xususiyatiga ega deb qaralgan. Brahma xudosi belgilangan hayot me’yorlari, qonunlarining bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab inson axloqiga baho berilgan. Kambag‘al mehnatkashlar, mazlumlarning qiynalib yashash hayot me’yori hisoblangan. Ularning ahvoli og‘irligiga o‘zlari, o‘zlarining niyatlari, xislatlari, yomon xatti-harakatlari, axloqi sababchidir deyiladi.
Brahmanlik brahmanlarga so‘zsiz itoat etishni, shoh hokimiyatini ilohiylashtirishni, o‘z hayot me’yorlari qonun-qoidalarini bajarishni, diniy marosimlarga qat’iy amal qilishni talab qiladi, bu esa insonga qulay “karma” (“qayta tug‘ilish”) yaratib, yanada yaxshiroq bo‘lib qaytadan tug‘ilishga, pirovard natijada oliy, mutlaq yaratuvchi xudo Brahma bilan qo‘shilib ketishga olib keladi deb ta’lim beradi. Bu talablarni buzish qayta tug‘ilganda baxtsiz bo‘lib tug‘ilishga sabab bo‘ladi deb uqtiriladi. Keyinchalik, miloddan avvalgi XI-V asrlarda buddaviylik brahmanlikka qarshi kurash olib bordi. Bu kurashda brahmanlik dini bevosita buddaviylik ta’siri ostida asta-sekin hinduviylik diniga aylanib ketdi.
Hinduizm – hozirgi Hindistonda tarqalgan din shaklidir. U eramizdan oldingi dinlar – brahmanizm va vedizmning evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o‘rtalariga kelib shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hozirgi vaqtda Hindiston aholisining 80%dan ortiqrog‘i hinduizmga e'tiqod qiladi. Qolganlari – Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri-Lankada, shuningdek, Janubiy Afrikada, Janubi- Sharqiy Osiyoda yashaydi.

Download 103.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling