Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"


Download 103.16 Kb.
bet10/17
Sana27.02.2023
Hajmi103.16 Kb.
#1233914
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
2 мавзу Milliy dinlar

Hinduiylik (Induizm) murakkab din bo‘lib, u ijtimoiy tashkilot, turli dinlar qorishmasidir. U kastachilik asosiga qurilgan. Brahmanlik bilan buddaviylik o‘rtasida kasta ta’limoti bo‘yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. Bu dinga Hindiston aholisining 83% e’tiqod qilib, uning asosiy sharti Hindistondagi kasta tizimini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olingan:

  1. Vedalarning muqaddasligi;

  2. Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi;

  3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish;

  4. Sanskrit muqaddas til ekanligi;

  5. Sigirning muqaddas ekanligi tan olingan.

Hinduiylikda brahmanlar asosiy o‘rin egallab, kengroq “Mahob-xorat” muqaddas yozuvlar qatoriga qo‘shilgan. Brahmanlar eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini ko‘rgach, yangi qonun -qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik brahmanlikdan farq qilib, unda “Mahobxorat” va boshqa she’riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy hind tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda brahmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bo‘lishi mumkin.
Hinduizm politeistik din bo‘lib, unda ko‘p xudolilik elementlari saqlangan. Hinduizmda trimurti (uchlik) – Brahma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy xudolar sanalib, Brahma ularning eng kattasi – dunyoni yaratgan xudo hisoblanadi. Biroq hinduizmda faqat Vishnu va Shivagagina sig‘inadilar. Shunga binoan, hinduizm ikki asosiy oqimga bo‘linadi: Shivaga sig‘inuvchilar va Vishnuga sig‘inuvchilar.
Shiva oddiy xalq ommasi – kambag‘allarning ilohi hisoblanadi. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Rudra nomi bilan zikr etilgan. Atxarva vedada Rudraning roli oshib boradi. Yajur vedada Rudra Ashi timsolida berilgan. U Ishana, Ishvara, Maxadeva (buyuk xudo) nomlari bilan ham ataladi. Hindistonda shivaizmning o‘n uchga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Shivachilar orasida asosiy oqim sifatida tridaidinlar (uchta yoqlilar) vasmirtlar (smriti so‘zidan – haqqoniy rivoyatlar)ni aytib o‘tish mumkin. Tridaidinalarning markazi Varanasi bo‘lib, unda tarki dunyochilikda hayot kechiradilar. Smartlarning bir qismi rohiblikda, yana bir qismi – dunyoviylik holatida yashaydilar. Ushbu oqimlaring har ikkalasi ham faqat brahmanlarnigina o‘z saflariga qabul qiladilar. Dandilar, ya’ni zohidlar oriylarga xos bo‘lmagan ba’zi marosimlarni o‘tkazadilar. Jumladan, shu oqimga kirayotgan paytda oyoqlarining pastki qismidan qon chiqaradilar. O‘lganlarni yerga dafn qiladilar yoki muqaddas daryolardan biriga topshiradilar. Shivaizmning kattao qimlaridan yana biri lingachilar bo‘lib, ular bo‘yinlariga linga osib yuradilar. Kimdir uni oltin, kumush qutida olib yuradi. Ibodat vaqtida uni chap qo‘llarida tutib turadilar. Lingachilar bir necha urug‘larga bo‘linib, o‘zaro “qudachilik” qilmaydilar.
Vishnu – hozirgi Hindiston panteonida birinchilik uchun kurasha-yotgan ikkinchi ilohadir. Rigvedada tabiatga jon ato etuvchi quyosh xudosi Vishnu birinchi darajali ilohadir. Unda Vishnu juda saxiy qilib tasvirlangan. Ibodat paytida uni Savitar, Roxita, Surya, Aditanomlari bilan ham ataydilar. U butun koinotni uch qadamda bosib o‘tishi va havoda muallaq yura olishi xususiyati bilan tavsiflanadi. Yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon Krishna Vishnuga qo‘shilib ketgan, deb tasavvur qilinadi. Maxabxorata va Ramayana dostonlarida avatara, ya’ni insonning Vishnuga qo‘shilib ketishi haqida so‘z yuritiladi. Vishnu gohida to‘rt qo‘lli qilib tasvirlanadi. Vishnuning ommaviy ibodat marosimlari ba’zan juda murakkablashib, uzoq vaqt davom etadi. U hech qachon inson yoki hayvonni qurbonlik qilishni talab qilmagan.
Krishna – («qora») o‘zining tabiiy kelib chiqishiga ko‘ra juda murakkab obrazdir. U haqida olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh bilan bogliq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi. Uurushda ham, sevgida ham yengilmas bahodir, ammo juda ayyor tabiatga ega. Xalq orasida u erotik iloh hisoblanadi.
Hinduizm ta'limotida xudoning uch xil ko‘rinishida tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi.Bu xristianlikdagi uch yuzli xudoga uxshaydi.
Hinduizm ta'limoticha, olam paydo bo‘lib, yemirilib, yuq bo‘lib turadi, ya’ni olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr olamning yuksak rivojlangan chopqqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yuqoladi.
Hinduiylikda jannat va do‘zax tushunchalar ham bor.
Bularning barchasi hinduiylikning muqaddas kitobi – Vedada qonunlashtirib qo‘yilgan. Veda Hindistondagi kastachilik tartibini mus-tahkamlagan. Bu tartibga ko‘ra, hindlar quyidagi 4 kasta (toifa)larga bo‘lingan:1) brahmanlar (ruhoniylar); 2) kshtariylar (jangchilar); 3) vayshiylar (savdogar, dehqon va hunarmandlar); 4) shudriylar (past tabaqalar).
Veda ta’limotiga ko‘ra, brahmalarni xudo Brahma o‘z og‘zidan yaratgan. Shuning uchun faqat brahman xudo nomidan gapria olgan. Brahma o‘z qo‘llaridan kshatriylar (jangchilar)ni yaratgan. Bosh jangchi podshodir. Brahma o‘z sonlaridan vayshiylarni, loyga botgan oyoqlaridan esa shudriylarni yaratgan. Brahmaning o‘g‘li brahman, kshtariyning o‘g‘li kshtariy, shudriyning o‘g‘li shudriy, vayshiyning o‘g‘li vayshiy bo‘lib tug‘ilgan.
Odam qaysi toifada tug‘ilgan bo‘lsa, umr bo‘yi o‘sha toifada qolgan. Hinduiylik ta’limoti bo‘yicha odamlarning hayotdagi maqsadi to‘rtta. Bular:
1) dharma – oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish; 2) artha – foydali ishlar qilish, zarur materiallarga ega bo‘lish; 3) kama- muhabbat tuyg‘ulariga erishish, his-tuyg‘ularni qondirish; 4) moksha–qayta tug‘ilish zanjiridan butunlay xalos bo‘lish9.
Vishnuizm va Shivaizm oqimlarining vakillari o‘z xudolariga bag‘ishlab minglab katta-kichik ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar «muqaddas joylar», daryolar va boshqa har-xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga e'tiqod qilsh keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar–hukiz, sigir, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar.
Hinduiylik ko‘ra murda ko‘milmaydi, balki kuydiriladi. Dafn marosimida muqaddas hisoblangan Gang sohillarida tumonot xalq yig‘iladi. Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, go‘yo Gang daryosi qirg‘og‘ida kishi hayotdan ko‘z yumsa, narigi dunyodagi hayoti ancha yengillashar, jannatga yul olar degan diniy fikr bor. Kishilar dafn marosimidan qaytishlarida Gang suvidan idishlariga olib keladilar va marhumning dafn marosimiga o‘z vaqtida etib kelaolmagan yaqinlariga bu suvdan ulashadilar. Hinduiyzm diniga e'tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham muqaddaslashtirishgan.

Download 103.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling