Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli "tasdiqlayman"


Borliq; 2) Chiqish; 3) Loviy; 4) Sonlar; 5) Ikkinchi qonun


Download 103.16 Kb.
bet7/17
Sana27.02.2023
Hajmi103.16 Kb.
#1233914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
2 мавзу Milliy dinlar

Borliq; 2) Chiqish; 3) Loviy; 4) Sonlar; 5) Ikkinchi qonun.

Borliq” kitobi (Ibtido) – bu, olamning va insonlarning xudo tomondan yaratilganligi, jannat, unda dastlabki odamlarning hayoti, ularning gunoh ishlari va shu tufayli jannatdan haydalganlari; insoniyatning ko‘payishi va qadimgi tarixi; butun dunyo suv toshqini, undan Nuh oilasining qutulib qolishi; yahudiy urug‘ boshliqlar (Ibrohim, Ishoq, Ya’qub, Yusuf) hayoti, yahudiylarning Misrga ko‘chib borishi haqidagi kitobdir.
“Chiqish” kitobi – yahudiy qonunshunosi Musoning hayoti va faoliyati, uning yahudiylarni Misr qulligidan ozod etishi, shuningdek, xudoning Musoga bergan 10 vasiyati haqidagi kitobdir.
“Loviy” – oilaviy hayot haqidagi kitob.
“Sonlar” kitobi – qonunchilik va yahudiylarning Misrdan olib chiqib ketilgan davrdan to Falastinni bosib olgunlariga qadar bo‘lgan tarixiga bag‘ishlangan.
“Ikkinchi qonun” – bu, diniy qonunlar kitobidir.
Bu besh kitob bitta nom bilan - “Tora” (Qonun) deb ham ataladi. U yahudiylik diniy ta’limotining asosi hisoblanadi. “Qadimgi Ahd”ning ikkinchi va uchinchi qismlari “Payg‘ambarlar” va “Yozuvlar” nomi bilan ham ma’lum.
Yahudiylikning ikkinchi kitobi “Talmud”dir (“O‘rganish”).
“Talmud”ning yozilishiga nima sabab bo‘lgan?
Ma’lumki, milodning boshlarida nurab borayotgan qadimgi Rim imperiyasi hududida yangi din - xristian dini zo‘r kuch bilan yoyila boshlagan. Bu hol yahudiylar oldiga o‘z dinlarini saqlab qolish va shu orqali bu xalqning o‘zligini saqlab qolish vazifasini qo‘ygan.
Bu vazifani birgina Tavrot kuchi bilan hal etib bo‘lmas edi. Shu tariqa Tavrotning yangi sharoitdagi-ham diaspora, ham xristianlik tarqalayotgan sharoitdagi talqini-Talmud yaratilgan. Bu kitobda yahudiylik dinining aqida va marosimlari, urf-odatlari bayon etilgan bzlib, odatda Talmud “Og‘zaki Tora” deb atalgan. Talmudda 613 ta qoida bo‘lib, ularning 365 tasi man etish va 248 ruxsat berish xarakteriga ega. Qoidalarning barchasi Toraga asoslangan5.
Yahudiylik ta’limoti to‘rt asosga tayanadi:
1.Olamlarni yaratuvchi yagona xudo–Yahvаga imon keltirish. Yahvа so‘zi «rabb, parvardigor» ma’nosini bildiradi. Tavrotning «Chiqish» kitobida xudoning Musoga aytgan ushbu so‘zi keltiriladi: «Yahvа–ota-bobolaringiz Ibrohim, Ishoq, Ya’qublarning parvardigori, u meni sizga yubordi».
3). Mil. av. VI asr oxirlarida yahudiy ruhoniylari oddiy xalq hurmatini pasaytirib qo‘ymasliklari uchun Yahvа so‘zini ishlatishni man etib, uning o‘rniga murojaat uchun «Adonay» («Rabb, Xoja») so‘zini qo‘llashni buyurganlar. Shundan so‘ng faqat ruhoniylargagina ibodat vaqtida Yahvа nomini tilga olishlariga ijozat berilgan.
Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, Yahvа olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shu sabab yahudiylik dinida shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, hech bir ishga qo‘l urilmaydi.
2. Yahudiylar yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u «dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi» ekanligi. Ular o‘zlarini xudo tomonidan saylangan, muqaddas xalq ekanini, yahudiyning ruhi xudoning bir qismi hisoblanishini da’vo qiladilar.
3. Messiya – xaloskorning kelishi haqida. Unga ko‘ra, oxirzamonda Yahvа yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi; 2) butun yahudiylarni Sinion atrofida to‘playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolaydi.
4. Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar, asosan Talmudda bayon etilgan. Unga ko‘ra, Yahvаga chin e’tiqod qilganlar oxiratda mukofotlanadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo oladilar.
Yahudiylikda ilohiy qahramon, xaloskor, milliy qahramon haqida ta’limotlar ham mavjud. Unga ko‘ra, ilohiy qahramon bir kun bo‘lmasa, bir kun kelib yahudiylarni chet elliklar zulmidan xalos etadi.
Ayni paytda, yahudiylikda kelgusi asr haqidagi ta’limot ham mavjud. Bu ta’limot asosida mustaqil yahudiy davlatini tiklash g‘oyasi yotadi.
Yahudiylikdagi oqimlarga: saduqiylar, farziylar, yesseylar kiradi6.
Yahudiylik xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini o‘ziga xos ruhda hal etgan.Yahudiylikga e’tiqod qiluvchi har bir erkak har kuni xudoga xudo uni ayol qilib yaratmaganligiga shukr qiladi. Ayol kishi esa o‘z duosida o‘zini eriga itoat etuvchi qilib yaratganiga shukr qiladi. Yahudiy ayolning boshqa dindagi kishiga turmushga chiqishi taqiqlanadi.
Yahudiylikda ovqatlanishda qat’iy cheklovlar (kosher qoidalari) bor. Yahudiylikga e’tiqod qiluvchilar tuya, chuchqa, quyon go‘shtini yemaydilar. Ular yeydigan hayvon go‘shtlarida qon dog‘i bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham yahudiylarda mollar o‘z ishiga usta bo‘lgan qassoblar tomonidangina diniy qoidalarga rioya etgan holda so‘yiladi. Buning uchun yahudiy diniy ta’lim muassasalarida alohida kurslar tashkil etilgan. Uni tamomlaganlar “Shoxet(qassob)” deyiladi. So‘yish qonun-qoidalarini “Shxita” deyiladi. Unga ko‘ra so‘yilgan hayvonning to‘rt a’zosi sog‘lom bo‘lishi shart:
-terisi turli qo‘tir, tullash kabi kasalliklardan xoli bo‘lishi;
-o‘pkasiga suv quyib tekshirilganda undan suv chiqib ketmasligi, ya’ni teshiklari bo‘lmasligi;
-jigarida tosh yoki qurt bo‘lmasligi;
-qorni yorib ko‘rilganda uning ichida o‘limga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan tosh, temir va oynak kabi jismlar bo‘lmaligi shart7.
Yahudiylar erkaklarining kiyimlari bir xil matodan tikilgan bo‘lishi, boshi hatto uyqu paytida ham biror narsa bilan bekitilgan bo‘lmog‘i lozim, diniy marosim bajarilayotganda kiyimning ustidan albatta yo‘ping‘ich tashlanishi shart.
Shanba bayramini o‘tkazish qattiq talabga bo‘ysundirilgan. Bu kuni hech qanday yumush bilan shug‘ullanilmaydi, ovqat pishirilmaydi, olov yoqilmaydi, qo‘lda narsa ko‘tarib yurilmaydi, pulga qo‘l tekkizilmaydi.

Download 103.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling