Kichik va katta guruhlar psixologiyasi


Download 21.35 Kb.
bet4/4
Sana09.05.2023
Hajmi21.35 Kb.
#1447754
1   2   3   4
Bog'liq
Xurshidbek Psixologiya

Jamoadagi moslik.
Shaxs boshqa kishilar bilan munosabatga kirishar ekan, u o`zining fe`l - atvori va xatti -harakatlarini boshqalarning xatti - harakatlari bilan uyg`unlashtirib olib borishi, ya`ni har bir shaxs jamoa a`zolari bilan sig`ishishi kerak. Buning uchun shaxs boshqa a`zolarni chug`ur o`rganishi lozim. Jamoadagi shaxslararo munosabatlarni, ya`ni shaxslarning bir - birlariga yordam berishlarini, do`stlashishi, janjallashishi, yarashishlarini o`rganib chiqish kerak bo`ladi. Jamoadagi munosabatlarni o`rganish rahbarlik qilish imkoniyatini tug`diradi. Shaxs jamoada boshqalarga mos keladigan bo`lsa, uning xulq - atvori va harakatlari boshqalarda ijobiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan bo`lsa, uning fe`l - atvori, harakatlari boshqalarda salbiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan kishilar jamoada uzoq vaqt qololmaydilar. Shaxsning jamoa bilan moslasha olmasligiga bir necha sabablar bo`lishi mumkin. Masalan: yagona bir maqsadning bo`lmasligi, shaxsda salbiy xislatlarning bo`lishi, takabburlik, ezmalik, o`zini tuta olmaslik kabilar. Guruh ongi bilan guruhiy moslik bir - biri bilan bog`liq tushunchalardir. Jamoa va guruhiy moslik fiziologik , psixologik bo`lishi mumkin.


Xulosa:
Shaxsning turli vaziyatlarda o`z xulqni namoyon etishida guruhning o`rni va ta’siri mavjud bo`lib, guruxlarning o`zi ikki turli: katta va kichik toifalarga bo`linadi.
Ushbu mavzuda shaxsning ijtimoiy munosabatlarda mavqei, roli, talablar tizimi, ijtimoiylashuvi xususiyatlari, muloqot davomida namoyon bo`ladigan turli toifalari to`g`risida ma’lumot va tushunchalar berilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

  1. Maxmudov I.I - “Boshqaruv psixologiyasi.” 2006 y.

  2. Andreyeva G.M - “Sotsialnaya psixologiya.” 2003 y.

  3. Karimova V.M - “Ijtimoyi psixologiya va ijtimoyi amaliyot.” 1999 y.

Download 21.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling