Kichik va katta guruhlar psixologiyasi
Download 21.35 Kb.
|
Xurshidbek Psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik guruhlar
Kichik guruhlarning hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni odatda "diada" ikki kishidan tortib 30-40 kishi ya'ni maktab sharoitidagacha bo'lishi mumkin.Ikki kishilik guruh diyilganda avvalo oila-yangi shakillanga oila ko'proq nazarda tutiladi. Lekin samarali o'zaro ta'sir nazarda tutilganda 2-7 kishi nazarda tutiladi. Bunda guruh turli ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar uchun ham, ijtimoyi-psixalogiya trening o'tkazish uchun ham qulay hisoblanadi. Guruhning o'lchami qanchalik katta bo'lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi yani, shaxsning ko'pchilikdan iborat guruhdan o'zini tortish va uning normalarini buzishga moyilliga ortib boradi. Guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o'zaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida masuliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari ularning o'rtasidagi aloqalarda doimo aniqlik bo'lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar, yani nomutanosibliklar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Agar guruh a'zolarining soni toq bo'lsa, ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar juft bo'lgan holdagidan ancha yaxshi bo'ladi. Boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi. Shaxsning guruh tazyiqiga berilishi va boysunishi ham guruh a'zolarining soniga bog'liq. Guruh soni 4-5 kishi bo'lgunga qadar, uning tasiri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta'sirchanlik kamayib boradi. Ko'chada sodir bolgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, masuliyat hissi pasayib boradi
Kichik guruhlarning turlari (R.S.Nemov bo'yicha) Shartli (nominal) Real (haqiqiy) tabiiy Formal (rasmiy) Kuchsiz rivojlangan Labaratoriya tipli Noformal (norasmiy) Kuchli rivojlangan Korporotsiyalar Jamoalar Referent Noreferent. Odatda kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bolib(E. Meyo taklifi) o'rganishadi. Rasmiy (formal) guruh deganda – guruhdagi har bir azolarning rasmiy ro'llarga egaligi, mavqeining va tutgan o'rning aniqligi tushuniladi. Rasmiy guruhlarda munosabatlar asosan ''vertikal" tarzda ro'y berib, guruhning bir yoki bir necha a'zosida ''hokimiyat" bo'lganligi uchun ham, ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruq, rasmiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega bol'adilar. Download 21.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling