Felpsning “оltin qоidasi” mоhiyatinit tushuntirib bering.
1961 yilda amerikalik iqtisodchi E. Felps jamg’arishning “oltin qoidasi”ni keltirib chiqardi. Umumiy holda bu qoidani quyidagicha ifodalash mumkin: jamiyatning eng yuqori iste’molini va iqtisodiyotning chidamli holatini ta’minlovchi kapitalni jamg’arish darajasi kapitalni jamg’arishning “oltin darajasi” deb ataladi.
Optimal muvozanatli o’sishning birinchi belgisi kapitalning o’sish sur’ati kapitalning chekli unumdorligiga teng bo’lganda iste’molning o’rtacha me’yori o’zining maksimal darajasiga erishadi.
Optimal muvozanatli o’sishning ikkinchi belgisi agar muvozanat holatida kapitalning o’sish sur’ati daromadning o’sish sur’atiga mos kelsa (https://hozir.org/mavzu-undalmalarda-tinish-belgilarining-ishlatilishi.html), chekli unumdorlik nazariyasidan kelib chiqqan holda daromadning o’sish sur’ati daromad va kapital o’zgarishlari o’rtasidagi nisbatga teng bo’ladi.
E. Felps jamg’arishning “oltin qoidasi” deb atagan iqtisodiyotni muvozanatli o’sishining uchinchi belgisi agar jamg’arish me’yori kapital bo’yicha ishlab chiqarish hajmi elastikligiga teng bo’lsa, iqtisodiyot iste’mol me’yorini maksimallashtiruvchi muvozanatli sur’atda o’sishini anglatadi.
IS-LM mоdeli qanday maqsadga xizmat qiladi va unga ehtiyojni qanday asоslab berish mumkin?
IS-LM modeli birinchi marta 1937-yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949- yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan soʻng keng yoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi. IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat oʻrnatilishi mexanizmini xarakterlaydi
IS-LM mоdelining asоsi bo’lgan tenglamalarni sanab bering va ularga tavsif bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |