Kichik yoshdagi o’quvchilarga dasturlashni o’rgatish muammolari mansurova Nodira Narzuloyevna


Download 324.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi324.3 Kb.
#1513610
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mansurova Nodira Narzuloyevna



KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILARGA DASTURLASHNI 
O’RGATISH MUAMMOLARI 
 
Mansurova Nodira Narzuloyevna 
TerDu 2-kurs magistr 
Annatatsiya: Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarni dasturlashga o’rgatish 
haqida bo’lib, unda o’quvchilarga pedagogik-psixologik o’ndashuvlar hamda 
algoritimlarni o’rganishda o’quv ijrochilarning bilishlari mumkin bo’lgan talablar 
keltirilgan. eng muhimi o’quvchilarni bu dasturga qanday qilib qiziqtirish va o’rgatish 
yo’llari haqida.
Kalit so’zlar: o’quv ijrochi, algoritmlar, kompyuter texnologiyalari, lego dasturiy 
taminot, vizual dasturlash, maktablar.
 
Kirish. Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilariga sifatli ta’lim berishda 
axborot va kommunikatsiyon texnalogiyalaridan foydalangan holda ilm berish dolzarb 
ijtimoiy talab qilinadigan jarayon, aslida boshlang’ich ta’limning o’zgaruvchan 
paradigmasining eng muhim elementidir. Boshlang’ich sinfning ta’lim standartida shu 
kunga qadar sentyabrdan 1-sinfda informatika fanini o’rganishni boshlash g’oyasi e’lon 
qilinmagan, ammo maktab o’quvchilariga informatika fanini o’qitishning kichik 
sinflarga qisqartirish tendentsiyalari bugungi kunda nafaqat ko’plab mamlakatlarda 
amalga oshirilmoqda. ilmiy tadqiqotlar shuningdek, uslubiy va ma’muriy hujjatlarda 
ham. Maktablarda informatika o’qitishning ikkita vazifasi bor: o’quvchilarning fikrlash 
uslubini shakllantirish va alohida fan usullarini takomillashtirish. Shu bilan birga, 
tafakkurni shakllantirish maktabning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, o’quvchilarning 
tafakkuri boshlang’ich sinflardan shakllana boshlashligini ta’kidlamoqchimiz. 
Hozirgi vaziyatdagi eng katta qarama-qarshilik shundan iboratki, birinchi sinfga 
kelgan boladan mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning yuqori darajasi darhol talab 
qilinadi, bu dasturni muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun zarurdir. Shu munosabat bilan, 
ko’pincha so’nggi yillarda, kelajakdagi birinchi sinf o’quvchilari maktabga tayyor 
bo’lganda, ular birinchi sinfga qabul qilish jarayonida mantiqiy fikrlashning rivojlanish 
darajasi uchun tekshiriladi. Ushbu rivojlanishning past darajasi bolani boy ta’lim 
dasturlari bo’lgan sinflarga, gimnaziya sinflariga qabul qilishni rad etishga olib kelishi 
mumkin. Sababi, birinchi sinf o’quvchisining mantiqiy sohasining o’qishning birinchi 
yilida yetarli darajada rivojlanmaganligi uning o’qishida katta qiyinchiliklar tug’diradi 
va keyingi sinflarga o’tish bilan bu qiyinchiliklar kamaymaydi, aksincha kuchayadi. 

Download 324.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling