Kim qanday uxlaydi?” mavzusiga 1-soatlik ochiq dars ishlanmasi 2022-2023-o‘quv yili Dars sanasi
Har doim izg‘irin shamoldan keyin qor yog‘adi
Download 427.62 Kb.
|
1 2
Bog'liqkim qanday uxlaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xurrak otar
- Xudoyberdi Komilov
III. Yangi mavzu bayoni: Sh’er muallifi Xudoyberdi Komilov haqida audiomatn orqali ma’lumot beriladi. Audio eshittirilgach o’quvchilarga ovoz chiqarmay she’rni mustaqil ravishda o’qib chiqish vazifasi topshiriladi. Keyin o’qituvchi baland ovozda bir marta o’qib eshittiradi. KIM QANDAY UXLAYDI? Sen uxlagan chog‘ingda Yumshoqqina to‘shakda, Mushukchang yotog‘ingda Xurrak otar burchakda. Tunda iting uy qo‘rib, Na yotib, na uxlaydi. Kunduzlari o‘ysurib, Uychasida mudraydi. Musichalar butoqda Pinak qilsa shu ko‘yi, Ayiqpolvon ovloqda Tush ko‘radi qish bo‘yi. Gul bag‘rida kapalak Mizg‘igandayozilib, Xilvatda ko‘rshapalak Uxlar shiftga osilib. Qurtlar pilla so‘rida Orom olsa besh mahal, Qushlar qo‘noq, mo‘rida Dam oladi galma-gal. Mayliga, kim bo‘lmasin, Umri bo‘lsin ziyoda, Uyqusi buzilmasin, Tinchlik bo‘lsin dunyoda. Xudoyberdi Komilov She’r o’qib eshittirilgandan so’ng har bir guruhdan bir nafardan o’quvchi xattaxtaga chaqiriladi va har biriga hayvonlar aks ettirilgan rasmlardan ikkitadan beriladi. Ularning har biri galma-galdan qo’llaridagi hayvon rasmlarini ko’rsatishadi. O`quvchilar qaysi hayvon rasmini ko’rishsa, shu hayvon haqida yozilgan qatorni topib o’qishlari kerakligi tushuntiriladi.O’quvchilarning topqirligi va she’rni ifodali o’qishi shu usul yordamida tekshiriladi va baholanadi . IV. Mustahkamlash. Mashq daftari bilan ishlash. O’quvchilarga jonivorlar qanday holatda uxlashini she’rdan aniqlab yozish vazifasi topshiriladi . Dam olish daqiqasi. Barmoqcham, barmoqcham , Yozishni sen tez o’rgan. O’rganmasang yozishni, Deyman seni lapashang! Darsni yakunlash Dars yakunida o’quvchilarning ballari yigiladi, va darsga faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Uyga vazifa “Kim qanday uxlaydi” she’rini ifodali o’qib, o’rganib kelish. Download 427.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling